Tarbiyaning
madaniyatga
muvofiqlik
tamoyili.
Tarbiya
madaniylashuvining zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIII asr), fransuz
mutafakkiri Klod Gelvesiy (XVIII asr) va shvesariyalik pedagog Iogann Pestalossi
asarlarida o‘z aksini topgan.
XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan berilgan ta’rifga
ko‘ra, tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik Tamoyili madaniyatning umuminsoniy
qadriyatlar asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlariga va
me’yorlarga mos ravishda bunyod etilishini nazarda tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o‘z oldiga bolalar va
o‘smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli yo‘nalishlari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi. Bunda madaniyatning maishiy,
jismoniy. ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo‘nalishlari nazarda
tutiladi.
Tarbiyaning madaniyashuv tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy
tavsifdagi
madaniy
qadriyatlarning
turli
jamiyatlarda
farqlanishi
sababli
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bizning davlatimizda shahar va qishloq aholisi
o‘rtasida, shaharda esa turli ijtimoiy-kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan
bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni
saqlash tarbiya samaradorligining asosiy shartlaridan biridir.
Tarbiyaning variativligi tamoyili
. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs
ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan belgilanadi.
Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, nik xususiyatlar, shuningdek, mintaqaviy
munitsipial v lokalі sharoitlarni inobatga olib, shaxsiy, yosh, differensial va individual
yondashuvlar asosida ma’naviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda
muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’riflash imkoniyati va zarurati
XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar
sababli vujudga keldi (A. G. Asmolov). Bu o‘zgarishlarni insonning jamoaviy guruhlar
hamda jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda, individual
maqsadlarini tan olishi, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos
qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratilishi kabilar bilan izohlash mumkin.
Ijtimoiy tarbiyaning variativigi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar
zarur
- turli sdagi shaxslarning manfaatlari va htiyojlarini, turli etnik qatlamlarning
ijtimoiy-kasbiy talablarini. hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini
qondirish uchun turli xildagi tarbiya muassasalarini tashkil lish,
- ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va hududiy tizimlarini tashkil etish;
Tarbiyaniag davomiyligi tamoyiln. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik
tavsifidan kelib chiqili. Tarbiyaning davomiyligi tamoy ili inson rivojlanishining har
bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat, deb biladi. Bu tamoyilga ko‘ra, har bir
bola yoki o‘smirning ijtimoiy rivojlanishida doiyu davomiy va tuganmaydigan jihatlar
mavjud bo‘ladi. Chunki balalar dunyo va o‘zi bilan o‘zaro munosabatda bo‘la turib,
doimo o‘zlarining innovatik xususiyatlarini saqlab qolishadi (Masalan, L. Tolstoy u
hayoti davomida unda beshta inson egargan, deb hisoblaydi).
Tarbiyaning davomiyligi tamoyiliga ko‘ra uni shunday tashkil qilish kerakki,
har bir yosh bosqichida inson “qayta nakllanish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
Sanab o‘tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olinishi va ularning
ta’minlanishini ijtimoiy pedagogik faoliyatda ijobiy natijaga erishishning shartlaridan
biri, deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |