JUN IPLARIDAN BAJARILADIGAN APPLIKATSIYA.
Jun iplaridan bajariladigan applikatsiyalar uchun esa rangli qog'oz (fon uchun), eski to'qilgan kiyimlarning iplari, jun iplar, rangli kitobchalar, «PVA» yelimi, qaychi, qora flomaster, kalka qog'oz, qora qalam bo'lishi zarur. Eski kiyimlarning iplarini qaychi bilan maydalab qirqishda bolalar ham ishtirok etsalar bo'ladi. Ular ertak qahramonlarini yoki mazmunli mavzuda tanlangan tasvirda kerak bo'ladigan ranglarni iplardan tanlashga va alohida iplarni maydalab qirqib solishga yordam berishlari mumkin. Navbat tanlangan tasvirni rangli qog'ozga kalka qog'oz orqali qora qalamda tushirib olishga. Fon tanlashda iloji boricha ochiq ranglardan foydalaniladi. Tasvir tushirib oldingach, qora flomaster ustidan yurgizib chiqiladi va «PVA» yelimi surtilib jun iplarning rangini o'z joyiga moslab bostirib chiqiladi. Yelim qalinroq surtilsa, jun iplar yaxshiroq yopishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |