Ta’lim tili
Bolalar soni
Nutqni egallash darajasi
YUqori
O‘rta
Past
1. Rus tili
38
7
(18,42%)
19
49,91%)
12 (31,67%)
2. O‘zbek tili
38
-
20 (52,6%) 18 (47,43%)
Rus tilida «R», «L» tovushlaridagi fonetik buzilishlar (noto‘g‘ri talaffuz) 3 nafar
bolada kuzatildi. Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bunda bolalar bir so‘z
o‘rniga boshqasini qo‘lladilar, masalan,
pustil strelu
o‘rniga
strelnul;vstretil
o‘rniga
vstretilsya;jila babka s dedom
o‘rniga
jila baba s detkoy.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iboratki, bunda bolalar so‘zlarni
rodda noto‘g‘ri moslashtirdilar (
vstretilsya kolobok lisu
), gap bo‘laklari ham
noto‘g‘ri joylashtirilgan (inversiya): -
A doktora tam ne bыlo, a volk tolko bыl; I
navstrechu emu vstretilsya zayas
va boshq.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tadqiq etish natijalarini sifat
jihatdan tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p fikr bildirishlar hajmi sevimli
ertaklarni aytib berish hissasiga, eng kami esa, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib
chiqib, hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keldi.
Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zahirasini,
balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan
tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob’ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat
bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur
va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi.
Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan ESA, VA kabi
bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar
ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat
gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar
o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya’ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga
oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.
Hikoya qilib berishda so‘z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi
kuzatildi
- eganing kesim bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi:
prishyol lisa
;
- aniqlovchining aniqlanuvchi so‘z bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi:
vstretilsya medved,
vstretilsya lisa;
- kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar:
mы s mishkoy xodili na
zoopark.
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning nutqida aniq ma’noli otlar
ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro‘y beradi:
bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini
o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi.
Ularning nutqida qiyosiy daraja mavjud emas. Maktabgacha yoshdagi katta
bolalarning ravon nutqini tadqiq etish natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:
- 18 nafar bola ertakni mustaqil aytib bera oldi; 20 nafar bola esa kattalar
yordamida aytib berdi.
Ertakni aytib berishda bironta ham bola o‘z nutqida nutqning ifoda vositalaridan
foydalanmadi. Nutqning bir maromdaligi faqat 15 nafar bolada kuzatildi, 23 nafar
bolada esa, u mavjud bo‘lmadi.
Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo‘llanilayotgan so‘zlar soni 19 dan 65
tagacha etdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy,
ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi.
Suratga qarab mustaqil ravishda hikoya tuzishni 11 nafar bola eplay oldi, 15 nafar
bola esa uni kattalar yordamida (yo‘naltiruvchi savollar bilan) tuzishdi, 12 nafar
bola esa faqat sinov o‘tkazuvchining savollariga javob berishdi, xolos.
Hikoya qilib berishda 17 nafar bolada mantiqiy ketma-ketlik qayd etildi, 21 nafar
bolada esa u mavjud bo‘lmadi. Suratga qarab hikoya qilishda so‘zlarning soni 6-46
tani, gaplar soni esa 3-9 tani tashkil etdi.
«Alvon gul» ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola, «SHolg‘om» ertagini 14
nafar bola, «qurbaqa malika» ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola,
«Bo‘g‘irsoq» ertagini 15 nafar bola, «g‘ozlar-oqqushlar» ertagini (qisqacha
mazmunini) 4 nafar bola, «Etti echkicha» ertagini (qisqacha mazmunini) 1 nafar
bola aytib berdi.
SHaxsiy tajriba haqida 10 nafar bola mustaqil ravishda, 28 nafar bola esa kattalar
yordamida hikoya qilib berishdi; sevimli o‘yinchog‘i haqida 17 ta bola, dam olish
kuni haqida 15 ta bola, hayvonlar haqida 2 ta bola hikoya qilib berishdi; 5 nafar
bola esa sevimli o‘yinchog‘i va dam olish kuni haqida bitta hikoya tuzishdi.
Bolalar hikoyalaridagi so‘zlar soni 11-54 tani, gaplar soni esa 4-12 tani tashkil
qildi. Bolalar asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar. Bolalarning
ravon nutqidagi kamchiliklar quyidagilardan iborat edi: ortiqcha so‘zlarni qo‘llash
27 nafar bolada kuzatildi. SHu o‘rinda qayd etish lozimki, o‘zbek millatiga mansub
bolalar ruscha nutqda ortiqcha so‘zlarni o‘zbek tilida qo‘lladilar (yana, emas va
boshq.).
O‘zbek tilidagi nutq madaniyatini tadqiq etish natijalari shundan dalolat
bermoqdaki, o‘rganilayotgan bolalarning artikulyasiya apparatlarida biron-bir
organik kamchiliklar qayd etilmagan (qisqa qizilo‘ngach, dislaliya – tinglash
qobiliyati normal bo‘lgani holda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va
boshq.). 3 nafar bolada yashirin rinolaliya (ovoz tembri va tovush talaffuz
qilishning buzilishi) – ya’ni, poliplar tufayli burundan havo o‘tmasligi aniqlangan;
4 nafar bolada disfoniya – haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‘shiq aytish,
o‘yin paytida qichqirish) natijasidagi zo‘riqish sababli ovozning zaiflashib, xirillab
qolishi kuzatildi.
Bolalar nutqida nutqiy nafas olishning shakllanmaganligi, bolalarning nutqiy nafas
chiqarishni so‘zlanayotgan jumlaning uzunligiga mos ravishda taqsimlay
olmaganliklari tufayli pauzalar kuzatildi.
Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar kerakli so‘zlar o‘rniga ushbu
vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so‘zlarni qo‘lladilar.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar gapda
so‘zlarni noto‘g‘ri joylashtirdilar (inversiya).
Axborot tusiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat
bo‘ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol
yoki undov ovoz bilan ta’kidlanmaydi,
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o‘zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq
qilish natijalari og‘zaki matnni so‘zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap
doirasida, yoki 13-45 ta so‘zdan iborat bo‘lishini aniqlash imkonini berdi. Eng
ko‘p jumlalar hajmi ertakni aytib berish, suratga qarab hikoya tuzish hissasiga
to‘g‘ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda sayoz bo‘lib, ularda sifat,
fe’lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar faqat sanab
berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so‘zlar va ifodalar mavjud emas, o‘z
fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali
emas.
Bolalar hikoyalarida so‘zlar soni 11-26 tani, gaplar soni esa 2-6 tani tashkil qildi.
Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi. 29 nafar bolada
ortiqcha so‘zlardan (keyin, yana, emas va boshq.) foydalanish, shuningdek
takrorlashlar kuzatildi; 9 nafar bolada fonetik nuqsonlar (noto‘g‘ri talaffuz,
tushunarsizlik, so‘zlarning oxirini yutib yuborish) qayd etildi.
13 nafar bola ertakni o‘zi aytib bera oldi, 15 nafar bola esa pedagog yordamida
aytib berishdi, 10 nafar bola esa ertaklarni bilmasliklarini bahona qilib, uni aytib
berishdan
bosh
tortishdi.
Bolalar
amalda
nutqda
ifoda
vositalaridan
foydalanmadilar. Ravon bayon qilish faqat 11 nafar bolada kuzatildi, 27 nafar
bolada esa bunday holat umuman kuzatilmadi.
Hikoya qilish chog‘ida bolalar tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar 13-45 tani, gaplar
esa 4-10 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan
foydalandilar.
«Bo‘g‘irsoq» ertagini (qisqacha mazmunini) bor-yo‘g‘i 5 nafar bola aytib berdi,
«SHolg‘om» ertagini 6 nafar bola, «Ona echki» ertagini esa 2 ta bola aytib berdi.
Shaxsiy tajriba haqida 7 nafar bola mustaqil ravishda hikoya qilib berishdi, 21
nafar bola esa pedagog yordamida (yo‘naltiruvchi savollar bilan) hikoya qilishdi.
Sevimli o‘yinchoq haqida 11 nafar bola, dam olish kuni haqida 13 nafar bola,
hayvonlar haqida 9 nafar bola hikoya qilishdi, 5 nafar bola dam olish kunini
qanday o‘tkazganliklarini eslay olmasliklarini bahona qilib, hikoya qilib berishdan
bosh tortdilar.
Yuqorida bayon qilinganlar bolani har tomonlama rivojlantirish omili sifatida ona
tiliga o‘qitishning umumiy muammolarini tadqiq etish zarurligidan dalolat
bermoqda.
Nutqning barcha jihatlarini rivojlantirish bolaning turli janrlarda – ertaklar,
hikoyalar tuzish, she’r to‘qishda namoyon bo‘ladigan mustaqil so‘z ijodkorligi
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |