Bolalarni monologik nutqqa o’rgatish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana21.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#395931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
a minira mus ish

Ilk yosh (1-3 yosh)

 


Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojlanishiga oid ijtimoiy vaziyat 

sezilarli  darajada  o‘zgaradi.  O‘z  yaqinlari  bo‘lmish  kattalar  bilan  birgalikda 

bolaning  muloqot  doirasiga  birinchi  navbatda  kichkintoyning  diqqat-e’tibor  va 

g‘amxo‘rlikka  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirishi  lozim  bo‘lgan  boshqa  kattalar 

(maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xodimlari,  tarbiyachi  yordamchisi)  ham  kirib 

kela  boshlaydilar.  Bunday  sharoitda  ilk  yoshdagi  bolalarda  kattalar  bilan  narsalar, 

o‘yinchoqlar  va  ular  bilan  bajarilishi  lozim  bo‘lgan  harakatlar  xususida  muloqot 

qilishga ehtiyoj rivojlanadi. 

Bola  uchun  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga  qatnay  boshlagan  dastlabki  kunlar 

va  oylar  juda  murakkabdir  –  chunki  bolaning  onasi  o‘rniga  boshqa  notanish 

kattalarning  paydo  bo‘lishi,  u  o‘rganib  qolgan  odatiy  turmush-tarzini  izdan 

chiqaradi.  Bu  ko‘pchilik  bolalarda  salbiy  emotsiyalar,  qo‘rquvni  vujudga  keltirib, 

ushbu  holat  butun  organizmni  qamrab  olishi  va  uning  rivojlanishini  anchagacha 

susaytirib  qo‘yishi  mumkin.  Bunday  paytda  uyquning,  ishtahaning  buzilishi, 

tozalik  ko‘nikmalarini  vaqtincha  esdan  chiqarish,  emotsional  kechinmalar 

(yig‘loqilik,  qo‘rquv,  hujumkorlik,  o‘jarlik  va  boshq.),  sustlik,  o‘zi  mustaqil 

ravishda  ovqatlanishdan  bosh  tortish  holatlari  kuzatiladi.  Agarda  pedagog 

xushmuomalali  va  sabr-toqatli  bo‘lsa,  bu  holatlar  3-6  haftada  o‘tib  ketadi,  ayrim 

bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.  

Bu  yoshdagi  bolada  kattalar  bilan  emotsional  va  amaliy  aloqalar  o‘rnatish 

qobiliyati  rivojlanadi,  bu  unga  yangi  hayotiy  shart-sharoitlarga  moslashishga: 

so‘zlar,  iltimoslarni  baholovchi  fikrlarni  va  boshqa  kishilarning  emotsional 

munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi.  

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola – katta yoshli 

odam»  munosabatlar  tizimidagi  emotsional  aloqalariga  «bola  -  tengdoshlar» 

munosabati ham qo‘shiladi.  

Bola  hayotning  uchinchi  yilida  kichkintoylar  bir-birlariga  faol  taqlid  qila 

boshlaydilar,  o‘zlarini  ko‘rsatishga  intiladilar  va  shu  bilan  birga  o‘ziga  nisbatan 

munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. 

Ilk  yoshdagi  bolalarda  bolalar  jamiyati  endigina  shakllana  boshlaydi.  Ular  bo‘sh 

vaqtlarining  ko‘p  qismini  bir-birlariga  yaqin  turgani  holda  asosan  yolg‘iz 

o‘yinlarda  o‘tkazadilar.  Bolalar  tashabbusi  bilan  vujudga  keladigan  o‘yin 

jamiyatlari – diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas.  

Bolaning  o‘ziga-o‘zi  baho  berishi  emotsional  jihatdan  yorqin  buyoqlarga 

bo‘yalgan  bo‘lib,  u  yaxshi  bola  bo‘lish,  kattalarning  talablariga  javob  berish, 

ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog‘liqdir. 

Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni 

beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.  




Uch yoshga kelib «Men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («Men 

Kamillaman»,  «Men  Timurman»)  o‘zining  qaysi  jinsga  mansubligi  haqidagi 

tasavvurlarini  (o‘g‘il  bola,  qiz  bola),  ma’qullash,  tan  olishlariga  («Men 

yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («Men o‘zim») o‘z ichiga oladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  moslashish  davrining  yaxshi  o‘tishi  uchun 

tarbiyachi  guruhda  bolalar  uchun  emotsional  jihatdan  qulay  muhitni  ta’minlashi 

zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu 

bilan  bolani  yaxshi  ko‘rishini  va  uning  uchun  qayg‘urishini,  uning  tashvishlariga 

sherik  bo‘lishga  tayyor  ekanligini  tushunishga  undaydi.  Bolaning  ham  ijobiy 

(quvonch,  zavq-shavq  va  boshq.),  ham  salbiy  (qo‘rquv,  tashvish,  arazlash  va 

boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.  

Ijtimoiy  xulq-atvor  va  muloqotning  ahloqiy  negizi  bolaning  emotsional  sohasi 

orqali shakllanadi. 

Tabiiy  ravishda  vujudga  keladigan  va  ataylab  yaratiladigan,  katta  yoshli  odam 

bolaning  yordami,  g‘amxo‘rligi  va  diqqat-e’tiboriga  muhtoj  bo‘ladigan  turli 

vaziyatlardan  foydalanish  zarur.  Bunday  vaziyatlarda  katta  yoshli  odam  o‘z  his-

tuyg‘ularini  samimiy  ravishda  namoyon  qiladi,  bolaga  ham  ijobiy,  ham  salbiy 

emotsiyalarni ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.  

Uyushtirilgan  birgalikdagi  harakatlarda  pedagog  har  bir  bolaga  erishilgan 

muvaffaqiyatlardan  xursand  bo‘lish,  zavqlanish  imkoni  beradi,  bolaning  har  bir 

mustaqil  sa’y-harakatlarni  qo‘llab-quvvatlaydi  va  rag‘batlantiradi,  bola  qiynalib 

qolsa  unga  sezdirmasdan  yordam  beradi,  ayni  paytda  unga  salbiy  baho  berishdan 

o‘zini tiyadi. 

Salbiy  baholar  bolaning  boshqa  bolalar  bilan  o‘zaro  munosabatlariga  ta’sir  qiladi 

va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.  

Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning  har qanday  yaxshi  harakatlariga 

ijobiy baho berib borishi darkor. 

Katta  yoshli  odam  bolada  o‘ziga  nisbatan  qiziqish,  birgalikdagi  faoliyatda, 

o‘yinlarda  ishtirok  etish  istagini  hosil  qilishi  zarur.  Ushbu  maqsadda  u  sevimli 

ertaklar,  badiiy  adabiyotlar,  she’rlardan  olingan  holatlarni  o‘yin  vaziyatlariga 

qo‘shadi.  

Bolalar  bilan  bunday  mazmunli  muloqotda  ular  bilan  tarbiyachi  o‘rtasida 

ishonchga  asoslangan  munosabatlar  shakllana  boshlaydi  va  bolalarda  unga  taqlid 

qilish istagi vujudga keladi. 

Uch  yoshga  kelib  bola  ijtimoiy  rivojlanishning  quyidagi  ko‘rsatkichlariga  ega 

bo‘ladi:  




- vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi; 

- kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;  

- tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega; 

- eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;  

- o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi. 

Uch  yoshli  bolalardagi  markaziy  yangilik  –  «MEN  tizimining»  paydo 

bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-

atvor  elementlarinii  vujudga  keltiradi.  «MEN  tizimining»  shakllanganligi  o‘ziga-

o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo 

bo‘ladi.  

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish