Bolalarni monologik nutqqa o’rgatish


Go‘daklik yoshi (0-1 yosh)



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana21.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#395931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
a minira mus ish

Go‘daklik yoshi (0-1 yosh)

 

Bola  hayoti  kattalarning  hayoti  va  faoliyatiga  qo‘shilib  ketgan.  Lekin  shunga 

qaramasdan,  ayni  paytda  bola  ularga  ta’sir  ko‘rsatishning  o‘ziga  xos  insoniy 



vositalarining  birontasiga  ham  ega  emas.  Bu  esa  rivojlanishning  ushbu 

bosqichidagi  asosiy  irsiy  (genetik)  vazifani,  ya’ni  kichkintoylarda  kattalar  bilan 

muloqot  qilishning  metod  va  vositalarini  shakllantirish  vazifasini  belgilab  beradi. 

Emotsional-vositasiz muloqot – ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. 

Bolani  ajratib  qo‘yish,  kattalar  bilan  emotsional  aloqalarning  kamligi  bola 

hayotning birinchi oylaridan boshlaboq uning etarli darajada rivojlanmasligiga olib 

kelishi mumkin.  

Go‘daklik  yoshida  bolaning  ayniqsa  kattalar  bilan  muloqoti  jadal  rivojlanadi, 

dastlabki  mehr  qo‘yish  shakllanadi,  ijtimoiy  kutishlar  vujudga  keladi  (bola 

kattalardan  muayyan  hayotiy  vaziyatlarga  mos  keluvchi  harakatlarni  kutadi),  bola 

bilan  kattalar  o‘rtasidagi  sherikchilikning  ilk  ko‘rinishlari  shakllana  boshlaydi. 

Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini 

boshqarishni  o‘rganadi.  Bu  hol  unda  nutqning  hali  mavjud  emasligidan  qat’iy 

nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari va imo-ishoralargina 

mavjud. 

Dastlabki  so‘zlar  emotsional  ifodaliligi,  vaziyatga  mosligi  va  kommunikativ 

yo‘naltirilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Bunday  nutq  avtonom  yoki  vaziyatga  oid 

nutq  deb  ataladi,  u  faqat  bola  atrofidagi  muhit  bilan  yaxshi  tanish  bo‘lgan 

yaqinlarigagina tushunarlidir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul 

qilish  bilan  uyg‘unlashgandir.  Ilk  so‘zlar  muayyan  narsalarga  taalluqli  bo‘lib, 

umumlashtiruvchi  xususiyatga  ega  emas  (soat  deganda  faqat  devorda  osilib 

turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi 

va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda 

bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).  

Ilk  so‘zlarning  paydo  bo‘lishi  bolani  rivojlantirishning  ijtimoiy  vaziyati 

o‘zgarganidan  dalolat  beradi.  Endi  bolaning  o‘zi  o‘z  istak-xohishlarini  ma’lum 

qilishi  mumkin,  kattalar  esa  og‘zaki  ko‘rsatmalar  yordamida  uning  xulq-atvorini 

yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar.  

Bolaning  bu  yoshda  o‘zini-o‘zi  anglab  etishini  unga  nisbatan  kattalarning 

munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat – shahsning 

normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga  nisbatan salbiy  munosabat esa 

–  bolaning  ilk  yoshda  kattalar  bilan  emotsional-ijobiy  muloqoti  kam  bo‘lganligi 

natijasidir.  

Bola bilan  muloqot  u bilan  hamkorlik asosiga qurilishi  lozim. Doimo kattalarning 

biron  narsani  majburlashlari  bolada  faol  tadqiq  etish  va  bilishga  intilishni  emas, 

balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi. 

 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish