1.2 MAKTABGA TAYYORLOV GURUH BOLALARNI MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA HIKOYANING MAXSUS VAZIFASI
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoqlangan qo’shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu mashg’ulotlarda bolalarga qo’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi.
Hikoyaga oid mashg’ulotlarda doimo taniqli she’rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.
Monologik nutqqa oid mashg’ulotlarni real ob’ektlarga (quyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mexnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chiqish jarayonida o’rganadilar.
Statik suratlar - bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar - (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshq.) - bayon qilish uchun didaktikmateriallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun “nima uchun?” (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki “qanday vaziyatda?” (narsa u yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’qmi?) degan savol to’g’ri qo’yilsa bo’ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro munosabatini aniqlash ham osondir (“Biz o’ynayapmiz”, “Uy xayvonlari”, “YOvvoyi xayvonlar”, “Yil fasllari” va boshq.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi. Bolalarga yaxshi tanish bo’lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o’rgatish uchun ayniqsa, juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko’p marta tomosha qiladilar, uning titrlari o’qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra titrlarni o’qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavxalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi.
Monologga o’rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o’z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida qayg’uradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’qima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyoq bilan o’ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni o’zlari to’qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya1 tuzadilar, qahramon nomidan (1 -shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va x.k.; o’zlari ertak hamda hikoyalar to’qiydilar.
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
suratlar asosida ijodiy to’qima;
badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar;
ertaklar, hikoyalarni erkin to’qish.
Surat asosida ijodiy to’qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo’lishi mumkin.
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o’zlarini o’z sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo’yib ko’radilar, uning harakatlarini o’zlashtiradilar, muallifni “tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. Nutqni rivojlantirish uchun - monologni o’rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining iltimosi bilan rag’batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o’zlarini badiiy asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar.
Yaxshilik va go’zallikka qarama-qarshi qo’yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Hikoya to’qish - kombinatsiyani o’rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki hikoyaning muayyan lavxasini bu xuddi uning o’zi bilan yuz bergani kabi o’z nomidan aytib berish taklif qilinadi. Pedagog «to’qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o’zini bolaning har so’ziga ishonayotgandek qilib ko’rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada munosib bo’lishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o’rganganlari butun umrga muxrlanib qoladi.
Erkin to’qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo’lishi mumkin bo’lmagan» loflarni to’qish uchun to’liq erkinlik beriladi. To’qishga ataylab o’rgatilmaydi, ammo erkin (mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta’lim muassasasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan bo’lsa, undagi tasavvur va ijodiy qobiliyat shunchalik yaxshi rivojlanadi.
Leksikasi boy, grammatik to’g’ri bo’lgan, eng asosiysi - mantiqiy va ifodali mustaqil ijod qilish olti-etti yoshli bolalarning qo’lidan keladi. Bungacha ularning to’qimalari - o’zlariga tanish bo’lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan so’zlar to’plamidan iborat bo’ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to’qishga qodir emasliklarini me’yordan chekinish, deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo’lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya to’qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi.
Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to’qish borasidagi tayyorgarlik ishi hisoblanadi.
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so’z ijodkorligi hisoblanadi. YUqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to’qima voqealarini hikoya qilishga, o’z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo’naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar berish, o’zining qiziqayotganligini bildirish, o’yin vaziyatlarini hosil qilish (o’yinchoqlar, rasmlar to’plami, qo’g’irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo’llab- quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning extimoliy yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko’rinishiga ega bo’ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. Bunday dialogdan - monolog nutqi tug’iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi. Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo’linib hikoya qilib berishda, o’yin sahnalashtirishlarda yaratiladi.
Maktabgacha katta yosh - bolaning nutqni o’rganishga qizg’in kirishish, til voqeligini eng oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq, obrazli so’zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil faoliyatining muhim shartidir.
Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli so’zli didaktik o’yinlarda modellashtiriladi. SHuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida didaktik o’yinlarni tashkil qilishni bolalarda so’zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Leksik mazmundagi o’yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob’ektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir.
Real ob’ektlar (o’yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va x.) ham va tasavvur qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma’yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-havo, qahramonning voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoyani boshlashdan oldingi lug’at mashqlari bolalar ravon nutqining aniq va obrazli so’zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.
Turli toifadagi so’zli o’yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o’zaro bog’liqligi, ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda qo’yib borish-to’laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning maqbul shakli maxsus nutq mashg’ulotlari hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o’zaro bog’liqlikda xal etiladi.
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni m a'noli og‘zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‘zlarni tanlashga o ‘rgatadi, jonli so‘zni cgallashga yordam bcradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o‘stiradi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga o krgatish saniarali boiishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish uchun matnlarni to’g’ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur bo’lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak.
Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g’oyaviy -mantiqiy yo‘nalishga ega bo’lishi, jo’shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kclishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |