Axloqiy tarbiya. Axloq, xulq va atvor arabcha so’z bo’lib, ular o’zbek tilida
ham o’z ma’nosida ishlatiladi. Ayrim adabiyotlarda axloq kishilarning har bir
jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa, boshqalarida esa, ijtimoiy ong
shakllaridan biri, sosial tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning
istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish
funksiyasini bajaradi deyiladi.
Axloq normalari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat normalariga yaqin
turadi. Huquq normalariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |