Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati. Mtmda nutqni rivojlantirish vazifalari va mazmuni Reja: K. D. Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari



Download 39,59 Kb.
bet5/5
Sana17.07.2022
Hajmi39,59 Kb.
#816388
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati. Mt

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari
• maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
• bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
• uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
– tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
– o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
– muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
– suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutqdialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish
ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar
shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun
yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon
etadi.
Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola
monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan «noqulaylik»ni his etadi.
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillarMaktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariSo‘z zaxirasi
Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati.
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pcdagogik talablar Tarbiyachi uchun namunaii nutqni egallash — bu uning o kz kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalami o n a tiliga o ‘rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha m ashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bogkchada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan nam u n a tarbiyachi (bog‘bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g‘oyat samarali va nihoyatda kuchli ta ’sir k o ‘rsatadigan h a m m a narsalarni o kzida birlashtiradigan b o ‘lishi kerak. Bog‘bonning tili bekam-u kokst, adabiy talaffuzning h a r qanday nuqsonlaridan xoli bo‘lishi lozim“ . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o ‘z nutqidagi nuqsonlami aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so‘ngra ularni bartaraf etish b o ‘yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak. H ar bir tarbiyachi-pedagog nutqiga q o kyilgan talablami juda yaxshi bilgan holda o ‘z nutqidagi kamchiliklarm bartaraf etib borishi kerak. Tarbiyachi nutqiga q o kyi!adigan asosiy talablar quyidagilardir: /. N utq tovush tomonining to'g'riligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo‘lsa, jumlalami, so‘zlarni va har bir tovushni aniq talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli o ‘zlashtira oladilar. Ko‘p hollarda, ayrim tarbiyachilar tovushlarni noaniq talaffuz etadilar, so‘zning tarkibidagi ayrim tovushlarni tushirib ketadilar, tovushlar o‘rnini almashtiradilar. 2. Adabiy til normalariga muvofiq to'g'ri talaffuz. Tarbiyachi adabiy til normalariga amal qilishi, o ‘z nutqida turli mahalliy sokzlarni ishlatmasligi, so‘z urg‘ularini to lgkri ishlatishi lozim. 3. N u tq n in g in to n a ts io n -ifo d a v iy vo sita la rid a n t o ‘g ‘ri foydalanish. N utqda fikrlar, his-tuygkularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat so ‘zlar yordam idagina emas, balki nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan: o \o z kuchi, tem p, to kxtam, ritm, urg‘u va hokazolardan foydalanish orqali erishiladi. Tarbiyachining she’r, ertak va hikoyalar o kqib berayotganda ushbu vositalardan o'rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go‘zaIligini his etishlariga yordam beradi. Tarbiyachining bir xil ohangdagi nutqi kichkintoylami zeriktiradi, asar mazmuniga bo‘lgan qiziqishini susaytiradi. Bunday nutqni eshitishdan zerikkan bola boshqa narsalarga chalg‘iydi, so'ngra tarbiyachining nutqiga butunlay quloq solmay q o kyadi. 4. Tarbiyachi nuiqining j o ‘shqin, intonatsiyaga boy bolishi. Shoshilib gapirish so‘zlar tarkibidagi tovushlarni noaniq talaffuz etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bolalar bilan nutqiy muloqotda bolganda shoshilmasdan, o‘rlacha tempda (tezlikda) gapirish kerak. Bunday tem pda gapirish nutqning aniq boklishini t a ’minlaydi, aksincha, tez tem p n u tq n in g buzilishiga sabab bo‘ladi, uni idrok qilishni qiyinlashtiradi. Tarbiyachi ovozdan to kg*ri foydalanishi lozim. Haddan tashqari baland gapirish bolalarni charchatadi. Agar ovoz past va kuchsiz bo'lsa, bolalar mashg'ulotda zerikadilar. 5. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bo ‘lishi, fik rla r izchiliik bilan bir-biriga bog'la n ib , tu sh u n a rli ifo d a la n ish i. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va so‘zlarni to ‘gkri talaffuz etish n i o krganibgina q o lm a s d a n , balki tin g la g a n ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini so‘zlab berishga, o kz fikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishga ham o krganadilar. Nutqda biidiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli, qiziqarli, bogklangan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi. Tarbiyachi fikrini ketma-ketlik bilan bayon etishi, o'z nutqini tushunarsiz sokzlar, murakkab va uzun junilalar bilan qalashtirib tashlamasligi kerak. Agar tarbiyachining nutqi qisqa jumlalardan iborat boklsa, uni bolalar oson o'zlashtiradilar. Aksincha, nutqdagi jumlalar uzundan uzoq b o klsa, nutqning m azm unini tushunib olish juda qiyin b o kladi. 6. Tarbiyachi lug'atining boy bolishi. Tarbiyachi o ‘z nutqida sokzlami to‘gkri va aniq ishlata olsa, u holda uning nutqi bolalarga tushunarli bokIadi. 0 ‘zbek tilining Iug‘ati ju d a h am boy, u doimo yangi so‘zlar bilan to'ldirib boriladi, iste’m o ld an chiqqan sokzlar y o kqolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nu tq iy m uloqotda b o ‘lganda, ularning yoshini hisobga olib, o n a tilining lugkat boyligidan keng foydalanmogki lozim. So‘zlarni to ‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodali, mazmunli bo'lishim t a ’minlaydi. Yangi so‘z!arni ishlatishga juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Bunda ushbulami hisobga olish lozim: — birinchidan, bolaning yoshini hisobga olib so‘z tanlash; — ikkinchidan, doimo yangi so‘zlami lug'atiga kiritish, lug‘atida bor bo‘lgan so'zlarni faollashtirish, ularning ahamiyatini tushuntirish. Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining hikoyasi to ‘liq, chiroyli, so‘zlari t o ‘g ‘ri tanlab olingan, gram m atik tom ondan t o ‘g‘ri shakllangan, m azm unli va ifodali, mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi hikoya qilib berishda sinonimlardan, o ‘xshatish va hikoya so‘zlardan foydalanishi zarur. Bu tarbiyachi nutqining ifodali, jozibali, m azm unan boy bolishini ta ’minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi o ‘z nutqida xalq og‘zaki ijodidan (maqol, matai, tez aytish, topishmoq va h.k.), frazeologik so‘zlardan o'rinli foydalanishi kerak. 7. Tarbiyachi nutqining sam im iy bo'lishi. Tarbiyachi bolalar bilan ishlash jarayonida nutqining quyidagi jihatlariga e ’tibor berishi lozim: 1. O na tilidagi ham m a tovushlarni to lgkri talaffuz etishi, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishi. 2. Sof, aniq-ravshan nutqqa ega bolishi, ya’ni diksiyasi yaxshi bolishi. 3. N utqida adabiy talaffuzdan (so'zlardan) foydalanishi, ya’ni orfoepik normalarga rioya qilishi. 4. Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan (ovoz kuchi, tempi, urg‘u, to ‘xtam, ritm, temp, ohang) t o ‘g ‘ri foydalanishga harakat qilishi. 5. Bolalar bilan nutqiy muloqotda bolganda yengil, sekin tempdagi, o ‘rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi. 6. Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim , om onim lardan va kinoya so’zlardan, xalq og‘zaki ijodiyotining namunalaridan foydalanishi. 7. N utqning grammatik tomoniga e'tibor bergan holda fikrini izchillik bilan, bir-biriga bog‘lab bayon etishi. 8. Bolalar bilan so'zlashganda baland tonda gapirmaslik, q o ‘pol so‘zlardan (adabiy til normalariga to ‘g‘ri kelmaydigan, mantiqsiz so ‘zlardan) foydalanmaslik.

Xulosa:
– Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.
– Ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.
– Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.
– Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish kerak.
– Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketmaket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.
– Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
– Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan ntonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
– Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq–dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Download 39,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish