Bolalarga yil fasllari haqida ma’lumot berish 210-guruh talabasi: Mannonova Ozoda Bolalarga yil fasllari haqida ma’lumot berish - Bolalar dunyoga kelganidan boshlab dunyoni faol o'rganishadi. Har bir yangilikning o'z vaqti bor. Masalan, chaqaloqqa 1-1, 5 yoshdagi gullar haqida, 2-3 yoshida kattaligi va shakli haqida gapirib berish kerak. Fasllar, oylarning nomlari haqida batafsil ma'lumot, maktabgacha yoshdagi bolalar bosqichma-bosqich o'rganishadi-3-4 yoshda, 6-7 yoshda maktabga yaqinroq. Bolalar uchun mavsumlarning maxsus rasmlari yordamida darslarni qanday qiziqarli va esda qolarli qilish mumkin,
- Siz bolalar bilan yil fasllari haqidagi bilim darslarini erta, 3-4 yoshda boshlashingiz kerak. Bu vaqtga kelib, bolalar yil davomida bir necha bor ob -havoning o'zgarishini ongli ravishda kuzatgan, ular iliq, sovuq, bulutli, qor, yomg'ir nima ekanligini tushunishadi.
Yil fasllari
1
2
3
4
- Bahor mavsumi kalendar hisobi bo‘yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahorning kelishi har yilda turlicha bo‘ladi. Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining oxirgi o‘n kunligida ko‘pincha qor yog‘ib, ertasigayoq erib ketadi.
- Mart oyida dalalar «ko‘klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi.
Yoz fasliga tavsifnoma - Birinchi iyun kalendar hisobi bo‘yicha yozning birinchi kuni hisoblanadi. 22- iyun yoz faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o‘tgan kuni bo‘lib, bunda eng uzun kun va eng qisqa tun bo‘ladi O‘zbekistonda haqiqiy yoz may oyidan boshlanadi. Yoz fasli O‘zbekistonda birmuncha cho‘ziladi. Bahorda boshlangan bu jarayon o‘simliklardagi meva va urug‘larning pishib yetilishi bilan tugallanadi. Bog‘larda o‘rik, olcha, erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. Qushlarning ovozi jaranglaydi. Ayniqsa, bulbul ko‘p sayraydi. Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar — qushchalar chiqadilar. Iyun oyida suv havzalaridagi itbaliqlar yosh qurbaqacha va cho‘l baqalariga aylanadilar. Qurbaqalar suv havzalarining o‘zida yashayveradilar, cho‘l baqalari esa qirg‘oqqa chiqadilar, ekin maydonlari va bog‘larga joylashadilar.
Kuz fasliga tavsifnoma - Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O‘zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq bo‘ladi. Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning natijasida o‘simlik va hayvonot dunyosi hayotida o‘zgarish hamda susayish ro‘y beradi (o‘simlik barglari sarg‘ayadi, to‘kiladi, ba’zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo). Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko‘rish mumkin: g‘urraklar g‘urullay boshlaydi, to‘rg‘aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba’zi bir hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. Bog‘larda kechki olmalar, kechki uzumlar, yong‘oq pishib yetiladi, shuningdek, O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan behi, anor pishadi, yovvoyi do‘lana, olcha va na’matak hamda bolalarning eng sevimli mevalaridan biri — jiyda pishadi. Gulxonalarda gultojixo‘rozlar, xrizantemalar gullaydi, floks va boshqa gullar esa so‘liy boshlaydi.
Qish fasliga tavsifnoma - Kalendar bo‘yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Aslini olib qaraganda, qish ba’zi hollarda ilgariroq boshlanishi ham mumkin, chunki xalq maqolida aytilganidek: «Yil yilga to‘g‘ri kelmaydi». Yerning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan dara Dekabr oyida sovuq tushib, tez-tez shamol esib turadi. Yanvar oyida odatda qor yog‘adi, lekin tez erib ketadi. Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko‘tariladi, kun ancha uzayadi. Fevralning birinchi o‘n kunida odatda kun iliq, quruq bo‘ladi. Qishda daraxtlar «yalang‘och» holda bo‘ladilar va nisbiy osoyishtalik holatida yashaydilar. Qish vaqtida o‘simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda bolalarning diqqat-e’tiborini qushlar hayotiga va holatiga jalb etish mumkin. Qish vaqtida o‘simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda bolalarning diqqat-e’tiborini qushlar hayotiga va holatiga jalb etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |