Boshning sochli qismida venoz to`rning kengayishi gidrotsefaliyaga, orqa yelkaning yuqori qismidagi bu holat esa bronxopulmonal limfa tugunlari kattalashishi uchun xosdir. Ko`krak qafasidagi yaqqol venoz to`r surunkali bronx o`pka kasalliklarida, qorin old devoridagi “Meduza boshi” jigar sirrozida esa darvoza venasida qon dimlanishi uchun xarakterlidir. Teleangiektaziyalar- mahalliy kapillyarlarning ortiqcha kengayishidir. Ular rivojlanish anomaliyasi yoki ayrim patologiya (ionlovchi nurlanishdan keyingi qon aylanish etishmovchiligi) belgisi bo`lishi mumkin. Teri kapillyarlari qon toimr yulduzchalarini hosil qilishi mumkin (5-30 rasm). Ko`pincha ularni surunkali jigar etishmovchiligi bilan kasallangan bolalarda kuzatish mumkin. Bunda teri yulduzchalari ko`pincha kizg`ish kaft yoki tovon bilan birgalikda keladi. - Boshning sochli qismida venoz to`rning kengayishi gidrotsefaliyaga, orqa yelkaning yuqori qismidagi bu holat esa bronxopulmonal limfa tugunlari kattalashishi uchun xosdir. Ko`krak qafasidagi yaqqol venoz to`r surunkali bronx o`pka kasalliklarida, qorin old devoridagi “Meduza boshi” jigar sirrozida esa darvoza venasida qon dimlanishi uchun xarakterlidir. Teleangiektaziyalar- mahalliy kapillyarlarning ortiqcha kengayishidir. Ular rivojlanish anomaliyasi yoki ayrim patologiya (ionlovchi nurlanishdan keyingi qon aylanish etishmovchiligi) belgisi bo`lishi mumkin. Teri kapillyarlari qon toimr yulduzchalarini hosil qilishi mumkin (5-30 rasm). Ko`pincha ularni surunkali jigar etishmovchiligi bilan kasallangan bolalarda kuzatish mumkin. Bunda teri yulduzchalari ko`pincha kizg`ish kaft yoki tovon bilan birgalikda keladi.
TERI QON TOMIRLARIDAGI O`ZGARISHLAR
Teri namligini buzilishi Teri namligi bola qizib ketganda (ayniqsa erta yoshli bolalar), yuqori xaroratda, jismoniy va ruhiy zo`riqishda, gipoglikemiyada va tireotoksikozda buziladi. Gipergidroz. Qo`ltiq osti sohasi va kaftlar gipergidrozi vegetativ nerv boshqaruvining buzilishi oqibatida yuzaga chiqadi (bu ko`pincha o`smir yoshidagi bolalarda uchraydi). Teri quruqligi ter ajralishini kamayishi (gipogidroz) yoki teri yog`ini ajralishini kamayishi (kseroz) natijasida bo`lishi mumkin. Gipogidroz suvsizlanganda, kseroz esa surunkali intoksikatsiyalarda, distrofiyada, A va PP gipovitaminozlarda, ixtiozda va gipotireozda uchraydi. - Teri namligini buzilishi Teri namligi bola qizib ketganda (ayniqsa erta yoshli bolalar), yuqori xaroratda, jismoniy va ruhiy zo`riqishda, gipoglikemiyada va tireotoksikozda buziladi. Gipergidroz. Qo`ltiq osti sohasi va kaftlar gipergidrozi vegetativ nerv boshqaruvining buzilishi oqibatida yuzaga chiqadi (bu ko`pincha o`smir yoshidagi bolalarda uchraydi). Teri quruqligi ter ajralishini kamayishi (gipogidroz) yoki teri yog`ini ajralishini kamayishi (kseroz) natijasida bo`lishi mumkin. Gipogidroz suvsizlanganda, kseroz esa surunkali intoksikatsiyalarda, distrofiyada, A va PP gipovitaminozlarda, ixtiozda va gipotireozda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |