YANGI MAVZU BAYONI:
Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtkisi
ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ixtiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, rejalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu
keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexosdan bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga
ega bo‘ladi. Lekin yuqorida tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshirilgan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qilinmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning
ishtirok etishini ko‘rsatadi.Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi.
Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsadga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishining qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakatlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining
o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ataladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajarilishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bilan
shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayllardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kiradi. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yengib
aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi. Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir. Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iroda oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yengishga
to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi.
Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi, yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi: 1) yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubiyat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch; 2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «tavakkalchining
tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin. Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuliya– qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning
mavjud emasligi, harakat qilish, amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya – (yunon. apraxiya – harakatsizlik) miya tuzilishining shikastlanishi
tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir. Irodaning nerv-fiziologik asoslari I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xattiharakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyinchalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshiriladi.
Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqulay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi.
Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avvalgi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda
ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan
bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish kiritmasdan
amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda muskullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat
a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana signallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu
jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, harakatlar izchilligi va hokazolarning
paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘I osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq
bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) manbai hisoblanadi. Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalga
oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayoti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining
ustunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni to‘xtatib qolishda,yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik,
sabot-matonat, mustaqillik kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |