Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish


NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI BOSH OG’RIG’I



Download 412,07 Kb.
bet3/5
Sana20.02.2023
Hajmi412,07 Kb.
#913105
1   2   3   4   5

NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI BOSH OG’RIG’I Bosh og’rig’i turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zo’riqish yoki o’z his-tuyg’ularni bostirish (masalan g’azabni) hollarida paydo bo’ladi. Bundan tashqari, bosh og’rig’i gallyutsinator (psixalgiya) bo’lishi mumkin. VEGETOTOMIRLI DISTONIYA Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo’ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o’laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a’zolari va tizimlari faoliyatini ta’minlaydi. Xavf tug’ilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va o’zining xavotirini bostirishga majbur bo’lsa, shuningdek, xavfli bo’lmagan ko’p vaziyatlar unda qo’rquv hissini uyg’otsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bo’lsa), avtonom asab tizimi noto’g’ri ishlay boshlaydi, xatolar to’planib boradi va muvozanatning yo’qolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli a’zolar ishining buzilishiga sabab bo’ladi. PANIK BUZILISHLAR, FOBIYA, TASHVISH HISSI Turli xavotirli buzilishlar (panik xujumlar, fobiya, doimiy tashvish) odatda nevroz bilan birga kechadi.

NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH Nevrozlarni davolashning ko’p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko’plab yo’nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo’lib, o’zlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta’sir ko’rsatadi) turlarga bo’linadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani o’z ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo’naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bo’lib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo’ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bo’lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan-kam hollarda, inson shaxsiyatining o’sishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yo’qolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bo’lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi. Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi o’rindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qo’llash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli o’laroq, kam isbotlangan. KXT — bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida o’tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka o’rgatish qo’llaniladi — bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta o’rnashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yo’qotadi va xavotirning pasayishiga sabab bo’ladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv o’qitish davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’rnashib qolgan fikrlardan chalg’ish yoki saqlanishga o’rgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz o’ylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: ba’zi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zo’riqtiradigan ta’sir ko’rsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu sa’y-harakatlar fikrlarning o’rnashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bog’liq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab bo’ladi.


Download 412,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish