Bolalarda moddalar almashinuvi kasalligi



Download 0,77 Mb.
bet2/7
Sana30.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#518522
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bolalarda moddalar almashinuvi kasalligi

I-daraja - yengil turi. Tana vazni normaga nisbatan 10-20 foiz kamayadi, teri osti yog‘ qatlami tananing gavda qismida (qorin, orqa, bel) kamayadi. Bolaning rangi siniqadi, injiq bo‘ladi;
II- daraja - o‘rta og‘ir turi. Tana vazni normaga nisbatan 20-30 foiz kamayib, bo‘yi normaga nisbatan 1-3 sm orqada qoladi. Teri osti yog‘ to‘qimasi tananing orqa-bel, qorin, ko‘krak qismlaridan tashqari qo‘l-oyoqlarda yo‘qoladi. Son, qorin oldi sohasi terisida burmalar hosil bo‘ladi. Bola injiq, uyqusi notinch, lanj, ruhiy jihatdan rivojlanishi ham pasayadi;
III-daraja - og‘ir turi. Tana vazni normaga nisbatan 30-50 foiz kamayadi, bo‘y o‘sishi normaga nisbatan 3-6 sm orqada qoladi. Teri osti yog‘ to‘qimasi tananing hamma qismida va yuz sohasida ham yo‘qoladi. Bolaning yuz terisida keksalarnikiga o‘xshash tirish (ajin)lar paydo bo‘ladi, umumiy ahvoli og‘ir, jismoniy va ruhiy rivojlanishi keskin ortda qoladi, barcha a’zolarning faoliyati buziladi, teri, og‘iz shilliq pardalarida yiringli yaralar paydo bo‘ladi, qabziyat va ich ketishi kuzatiladi. Bola turli xil kasalliklar tez chalinadi, ular og‘ir kechadi.
Tibbiy yordam. 1.Kasallikni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va bartaraf etish.
2.Bolaning ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish.
3.Ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlarni qo‘llash (panzinorm, atsedin-pepsin, mezim, festal kabilar).
4.Vitaminlar: A, B1, B2 ,B6, B12, PP, C, foliy kislota.
5.Gipotrofiyaning I-II - darajalarida bola uyda mahalliy pediatr-shifokor nazoratida davolanadi. Gipotrofiyaning III - darajasida esa bemor bola shifoxonada davolanadi.
Oldini olish. 1.Gipotrofiyaning profilaktikasi ayolning homiladorlik paytidan boshlanishi kerak. Bo‘lajak ona to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishi, hamda kun tartibiga amal qilishi va toza havoda ko‘proq bo‘lishi lozim.Uning ovqatida sifatli oqsil, (go‘sht, tuxum, sut, qatiq, baliq, pishloq kabilar) yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
2.Bola tug‘ilgandan so‘ng, uni ona suti bilan ovqatlantirish yoshiga mos ravishda qo‘shimcha ovqat va meva-sabzavot sharbatlarini o‘z vaqtida berish, parvarishini to‘g‘ri tashkil etish.
3.Bolada, ayniqsa, ichak kasalliklarining oldini olish katta ahamiyatga ega.
4.Gipotrofiya holatidagi bolalar mahalliy pediatr-shifokor nazoratida davolanishlari lozim.
Ekssudativ-kataral diatez. Bola organizmining allergiyaga tug‘ma moyilligi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Sababi. Onaning homiladorlik paytida allergiyani yuzaga keltiradigan shokolad, asal, limon, apelsin, mandarin, xurmo, yong‘oq, sho‘r taomlar, rangli shirin ichimliklarni meyoridan ortiqcha iste’mol qilishi.
Belgilari. Bolaning boshini terisida yog‘li kepak va qazg‘oqlar paydo bo‘lishi;
- qo`ltiq osti, yuz, bo‘yin, chov sohasi terisining qizarishi, achishishi, mayda qizil toshmalarning paydo bo‘lishi.
Tibbiy yordam. 1.Emizadigan ona sho‘r taomlar, shirinliklar, rangli ichimliklar, yong‘oq, asal, sitrus mevalarni iste’mol qilmasligi lozim.
2.Agar bola sun’iy ovqatlantiriladigan bo‘lsa, nordon aralashmalar (biolakt, kefir) beriladi. 2-3 oylikdan meva sharbatlari, 4 oylikdan sabzavot pyuresi, 5-6 oylikdan mol go‘shtidan qiyma qilib dimlab beriladi.
3. Ekssudativ diatezning teridagi ko‘rinishlarini davolash uchun moychechak (romashka), ittikan (chereda) qaynatmasi, permanganat kaliy qo‘shilgan och binafsha rangli suvda cho‘miltiriladi.
4.Terining qizargan sohalariga chuchitilgan o‘simlik moyi, gioksizon, sintomitsin, sinaflan, oksolin, flyutsinar, prednizolon malhamlaridan 2 mahal surtiladi;
5.Bemorning allergik sezuvchanligini kamaytirish maqsadida: demidrol, suprastin, tavegil, pipolfen, (bittasi) – ј, 1/3, Ѕ tabletka 2 marta, bir hafta, kalsiy glyukonat 1/3-1/2 tabletka kuniga 2 marta, bir hafta.
6.Polivitamin (revit, pikovit), askorbin kislota, askorutin kabilar bolaning yoshiga qarab beriladi.
Oldini olish.1.Homilador ayol ratsional ovqatlanish qoidasiga amal qilishi lozim.
2.Bola tug‘ilgandan keyin esa ona suti bilan bovqatlantirish chorasini ko`rish.
3.Gigiyenik rejimga amal qilish, toza havodan ko‘proq foydalanish, terisini parvarishlash, chiniqtirish, massaj, gimnastika mashqlari tavsiya qilinadi.
Allergiya. Atrof muhitning allergenlar, deb ataluvchi ba’zi omillari ta’siriga bola organizmi sezgirligining oshishi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Sababi. Allergenlarning ta`siri. Allergenlarga quyidagilar kiradi:
1.Turli xil bo‘yoqlar hidi, o‘simliklar va gul changlari, hayvon mo‘ynalari, hashoratlar (zambur, bingak, chivin);
2.Oziq-ovqat mahsulotlari: yong`oq, asal, shokolad, xurmo, ikra, sitrus mevalari, rangli ichimliklar, dorilar (antibiotiklar, zardoblar, gammaglobulin, sulfanilamidlar).
Belgilari. Yuqorida ko‘rsatilgan allergenlar ta`sir qilganda allergiyaning quyidagi belgilari yuzaga keladi: teri qizarib shishishi, toshma paydo bo`lishi, qichishi, yo‘talish, nafas qisish.
Tibbiy yordam. 1.Parhez taomlar: sut, qatiq, qaynatilgan va qiymalangan mol go‘shti, mevalar, sabzavotlar, shirguruch, shovla, mastava.
2.Allergiyani yazaga keltiruvchi taomlar (tuxum, baliq, asal, tuzlangan sabzavotlar), rangli ichimliklar, dorilar man etiladi.
3.Tavsiya etiladigan dorilar: antigistamin preparatlar (demidrol, diazolin, suprastin, tavegil), kalsiy xlorid 10 % li eritmasi 2-3 ml vena tomiriga yuboriladi, yoki 5% li eritmasi bir choy qoshiqdan kuniga 2-3 mahal ichiriladi; yoki kalsiy glukanat 10%-1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta ichishga yoki 10%- 2-3 ml, 0,5%-2 ml novokain qo‘shib muskul orasiga, adrenalin 0,1% li - 0,2-0,5 ml teri ostiga, (muskul orasiga) askorbin kislota poroshogi 0,1-0,2-0,3 ichishga yoki 5% li -1-3 ml muskul orasiga.
Oldini olish. Yuqorida bayon etilgan sabablarni bartaraf etish.
Bolalarda gijja kasalliklari (gelmintozlar). Odamda va hayvonlarda tekinxo‘rlik qilib yashaydigan gijjalarning 250 dan ortiq turi mavjud.
Gijjalar asosan ichaklarda tekinxo‘rlik qiladi. Ularning ayrim turlari odam tanasining muskullarida, jigar, o‘pka, miya va boshqa a’zolarida ham yashab, parazitlik qiladi.
Gelmintozlar 3 guruhga bo‘linadi:
1. Biogelmintozlar (opistorxoz, diorillobotrioz, exinokokkoz, teniarinxoz).
2. Geogelmintozlar (askaridoz, gimenolepidoz).
3. Kontagioz gelmintozlar (enterobioz).
Gijjalarning tuxumlari yaxshi yuvilmagan meva-sabzavotlar, qaynatilmagan suv, bemor foydalangan buyumlardan, yaxshi pishirilmagan baliq, qoramol va cho‘chqa go‘shtidan yuqadi.
Exinokokkoz-surunkali kechadigan gijja kasalligi bo‘lib, asosan jigar, o‘pka to‘qimalarining zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni mayda, uzunligi 2-6 mm bo`lgan tasmasimon gijjalar yuzaga keltiradi. Yetuk exinokokning uzunligi 0,5 sm. Hayvonlar axlati bilan ajralgan exinokokk tuxumlari tuproq, suv, o‘t, sabzavotlarga tushib, bir necha oy saqlanadi.Ifloslangan oziq-ovqatlar va suv orqali odamga yuqadi.Odam me`dasiga tushgan exinokokk tuxumining qobig‘i erib, ichidagi lichinka ichak devorlarini teshib, qonga o‘tadi, u orqali jigar, o‘pka, charvi, bosh miya hamda boshqa to`qima a’zolarga tarqaladi va o`rnashib olgan to`qima-a`zoda exinokokk pufakchalarini hosil qiladi.Bu pufakcha kattalashib, a’zolar va to‘qimalarni siqib, ular faoliyatini buzadi.Ba‘zan pufakchalar yorilib, ichidagi gijjalari atrofdagi a’zolarga tarqalishi mumkin. Exinokokk pufakchalarining ayniqsa miyaga va yurak muskuli orasiga joylashuvi bemor hayoti uchun o‘ta xavflidir.
Belgilari. Exinokokkning qaysi a’zoda joylashishi, pufakchalarining katta-kichikligi, to‘qimalarning zararlanish darajasiga ko‘ra, kasallik belgilari turlicha bo‘ladi. Jigar exinokokkozida bemor holsizlanib ozadi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik sezadi, jigar kattalashadi, ba’zan teri sarg‘ayadi.
Agar exinokokk o‘pkada rivojlansa, bemorni yo‘tal, nafas qisishi bezovta qiladi.
Kasallikni aniqlash va tashxis qo‘yish uchun teri orasiga sinama qo‘yiladi, rentgen va ultratovush tekshiruvlaridan o`tkaziladi.
Tibbiy yordam.Kasallik jarrohlik usuli bilan davolanadi.
Oldini olish.Uy hayvonlari, itlarni veterenariya nazoratidan o‘tkazish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirib iste‘mol qilish, bolalarga it, mushuk bilan o‘ynashga ruxsat bermaslik.
Askaridoz. Surunkali kechadigan kasallik bo‘lib, askarida gijjalari tarqatadi. Askaridalar ingichka ichakda parazitlik qilib yashaydi, tuxumi najas bilan tashqi muhitga ajraladi.Gijja tuxumlari meva va sabzavotlar, suv, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi.
Belgilari. Bemorda darmonsizlik, yo‘tal, ba`zan isitma ko‘tarilishi, badan terisining qichishi, uyqu buzilishi, toshma toshishi, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh aylanishi, nafas qisishi, qorinda og‘riq bo‘lishi, ozish kuzatiladi.
Asoratlari. Mexanik sarg`ayish, ichak tugilishi, enterokolit, xoletsistit, peritonit, kamqonlik.
Aniqlash. Najasni laboratoriya usulida tekshirilganda askarida tuxumlarining topilishi.

Tibbiy yordam. 1.Askarida gijjasiga qarshi dekaris, vermoks, kombantrin, piperazin, medamin kabi dorilar qo‘llanadi.


2.Allergiya yuzaga kelsa demidrol, tavegil, shuningdek, polivitaminlar (revit, pikovit, oligovit va boshqalar) qo‘llanadi.
Oldini olish. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish.
Entrerobioz. Surunkali kechadigan kasallik bo‘lib, uni yumaloq gijjalar- ostritsalar qo`zg`atadi. Ko‘proq bolalar kasallanadi. Ostritsalar yo‘g‘on ichakda parazitlik qiladi.
Yuqish yo‘llari. O‘yinchoqlar, idishlar, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavotlar, ifloslangan suv orqali.
Belgilari. Asosiy belgisi orqa chiqaruv teshigi atrofida qichishish, uyqu buzilishi, uyqusida bolaning siyib qo`yishi (enurez) kuzatiladi.
Aniqlash. Najasni laboratoriyada tekshirish, shuningdek, orqa chiqaruv teshigi atrofidan surtma olib mikroskopda tekshirish orqali gijja tuxumlari borligi aniqlanadi.
Tibbiy yordam. 1.Dekaris, vermoks, medamin, piperazin kabi dorilar qo‘llanadi.
2.Ichimlik sodasi (1 stakan suvga 1/2 choy qoshiq soda) bilan tozalovchi klizma qilinadi.
Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, bolalar orasida tushuntirish ishlarini olib borish.
Lyamblioz - lyambliyalar, ya’ni sodda tekinxo`r jonivorlar paydo qiladigan kasallikdir. Ular ingichka ichakda, o‘t pufagida joylashib, parazitlik qiladi. Lyambliya sistalari tashqi muhitga bemor najasi bilan tushadi va zararlangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabsazavotlar, ifloslangan qo‘l va ro‘zg‘or buyumlari orqali odamlarga (bolalarga) yuqadi.
Belgilari. Kasallik belgilari asta-sekin boshlanadi, ko‘pincha me’da-ichak faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Lyambliya quyidagi turlarda kechishi mumkin:
1) lyambliya tashuvchilik, 2) ichak turi, 3) jigar turi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish