Bolalarda Candidali tashqi otitni davolashda 1% klotrimazol eritmasi yoki 1% naftifin eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi



Download 15,1 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi15,1 Kb.
#438296
Bog'liq
davolash 2 qism


Bolalarda Candidali tashqi otitni davolashda 1% klotrimazol eritmasi yoki 1% naftifin eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Mahalliy zamburug`larga qarshi davoni tanlash labaratoriyada qo`zg`atuvchining zamburug`ga qarshi preparatlarga chidamliligi natijalariga asoslanadi.
1% li klotrimazol eritmasidan quloqni yuvish va kuniga 2 marta 10 daqiqadan turunda quyishda foydalaniladi. Davolash kursi 1 oyni tashkil etadi.
1% li naftifin eritmasidan quloqni yuvish va kuniga 2 marta 15 daqiqadan turunda quyishda foydalaniladi. Davolash kursi 1 oydan kam bo`lmagan muddatda.
Quloq suprasi va quloq oldi sohalarining kandidali zararlanishida, bolalarda 1% li klotrimazol kremini qo`llash xavfsiz va samarali xisoblanadi. Zararlangan teri sohasiga 1 kunda ko`pi bilan 2 mahal surtiladi. Davo muddati 10 kundan kam bo`lmasligi tavfsiya etiladi. Mog`or va dimorf zamburug`lar keltirib chiqargan tashqi otitni mahalliy zamburug`ga qarshi davolashda, naftifinning 1% li eritmasi samarali va xavfsiz dori hisoblanadi. Kandidozli yallig`lanish kabi, dori quloqni yuvish va kuniga 2 marta 15 daqiqadan turunda quyishda foydalaniladi. Davolash kursi 1 oydan kam bo`lmagan muddatda. 6yoshdan katta tashqi eshtuv yo`li kandida-bakterial infeksiya bilan zararlangan bemorlarda, uzida antibakterial, zamburug`ga qarshi, yallig`lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va mahalliy anestetiklarni tutuvchi kombinirlangan preparatlardan foydalanish ruxsat etiladi. Mamlakatimizda ro'yxatdan o'tgan kombinirlangan mahalliy preparatlarga: levomitsetin, klotrimazol, beklometazon dipropionat, lidokain gidroxlorid monohidrat, glitserin va propilen glikol kiradi. Preparat Gram-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga qarshi yuqori faollikka ega, uning tarkibida keng spektrli antibiotik- Levomitsetin a. bor.
Preparat kandida avlodiga zamburug`ga qarshi faol aktivlikka ega sababi uni tarkibida tasir ko`rsatuvchi modda –klotrimazol bor. Preparat quloq tomchilari shaklida ishlab chiqariladi. Davo muddati 7-10 kunni tashkil etadi. Preparat tashqi eshtuv yo`lining jarohatlangan qismiga 4-5 tomchidan tomiziladi, kun davomida ko`pi bilan 3-4 marta foydalanish mumkin.
Bolalarda mog`or zambrug` va bakteriya shtamlarining zambrug`-bakteriya assotsatsiyasi aniqlansa tashqi otitni davolash uchun xlornitrofenol preparatini qo'llash tavsiya etiladi. Preparat 1% li eritma shaklida ishlab chiqariladi. Zambrug`larning turli shtammlariga fungitsid ta'siridan tashqari, xlornitrofenol gram-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga qarshi faol ta`sir ko`rsatadi. Preparat quloqni yuvish va kuniga 2 marta 15 daqiqadan turunda quyishda foydalaniladi. Davolash kursi-1 oy.
Bolalarda zambrug`li tashqi otitni davolashda odatda sistemali zambrug`ga qarshi preparatlarni buyurish tavfsiya etilmaydi. Mahalliy zambrug`ga qarshi vositalar bilan davolash yetarli. Tashqi otitni davolashda, patogen turidan qat`iy nazar turli guruhlarning mahalliy ta`sirli preparatlarini qo`llash maqsadga muvofiq. Kandidozli tashqi otitda klotrimazolning 1% eritmasi va naftifinning 1% eritmasi kombinatsiyasini 10-14 kun davomida
kuniga 2 marta 5-10 daqiqa davomida surtiladi. Davolash klinik belgilar kamaygandan keyin 14 kun davomida yoki 3 marta ketma ket salbiy laboratoriya tekshiruvi olgancha davom etadi. Kandidomikozni bifonazol, mikonazol, natamitsin, ekonazol yoki oksikonazol bilan ham davolash mumkin.
Mog'or zambrug`lari keltirib chiqaradigan tashqi otitlarni mahalliy davolashda xlornitrofenol va naftifinning 1% eritmasi tanlangan dorilar bo'lib, ular tashqi eshitish yo'li terisiga kuniga 2 marta 5-10 daqiqadan 10-14 kun foydalaniladi. Shuningdek, klinik belgilar pasayganidan keyin 14 kun davomida yoki 3 marta salbiy laboratoriya natijasini olguncha davolashni davom ettirish kerak.
Download 15,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish