Болалар ва ўсмирлар спортидаги долзарб масалалар 5



Download 0,6 Mb.
bet10/31
Sana22.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#572530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
3.1.Jismoniy-tarbiya-nazariyasi-va-uslubiyati-2021

Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida kuyidagi ta’limiy vazifalar xal etiladi:
-harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
-jismoniy sifatlar (chakkonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, kuz bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni ustirish;
-to‘g‘ri qaddi-qomat,gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash;
-jismoniy tarbiya xaqidagi bilimlarni uzlashtirish.
Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, changida yurish, velosipedda sayr kilish.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko‘nikmalari tashki muxit bilan alokani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab uzini kiziktirgan narsalarga yakinlashadi va ular bilan tanishadi; changida yura oladigan; velosipedda sayr kila oladigan bolalar kor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chogida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, buginlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir kiladi.
YOsh guruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining xajmi «Ilk qadam» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashkari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga o‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni utirgan, turgan xolatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlangich ko‘nikmalari (kul yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoklar, xonalarni) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi xaqidagi jismoniy mashqlarning axamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi xaqidagi, harakatli o‘yinlar xaqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda kismlarining nomini, harakat yunalishi (yuqoriga, pastga, oldin-ga, orka-ga, ung-ga, chap-ga, tula aylanish), jismoniy jixozlarning nomi va kay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustakil foydalanish imkonini beradi.
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya kilish, jismoniy mashqlar bilan xar kuni shug‘ullanish extiyojini xosil kilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustakil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni uz tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, akliy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kungilchanlik) va ahloqiy fazilat (xalollik, urtoklik xissi, uzaro yordam, topshirikni ma’suliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, kat’iylik, uz kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon kilish uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning akliy usishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshka organ xamda tizimlarning normal faoliyati uchun kulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshirok idrok etish va eslab kolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol...) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, takkoslash, analiz, sintez, umumlashtirish.) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchakchak kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir kiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavkni xis kilish va idrok etish, guzallikni,xaraklarning ifodaliligini, kaddi- komatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jixozlari, tevarak-atrofning guzalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jixatdan ma’qul xulqga intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda kupollikka murosasiz bulishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida mexnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustaxkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mexnat kilish uchun zarur bulgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jixozlash (sakrash uchun kum tuldirilgan uralar, qor uyumlari, sirganish uchun muz yo‘lkalar) qurish, jismoniy tarbiya jixozlarini yasash va ularni tuzatish (uloktirish uchun kopchalar yasash, nishonlarni buyash), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jixozlarni, atributlarni, o‘yinchoklarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy maqsadlari quyidagilardir sanaladi:

  • bolalarning salomatligini mustaxkamlash;

  • bolalarni jismonan baquvvatlashtirish;

  • bolalarning axloxiy sifatlarini tarbiyalash.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismonan tarbiyalashning asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:
- 1-vazifa. Bolalarni maqsadga to‘g‘ri yunaltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya xonalarini, maydonchalarini kerakli jixozlar bilan etarli xilib ta’minlash.
- 2-vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, o‘rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda o‘chish, oyoq, qo‘l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish;
- bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish