Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti. Reja



Download 133,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.12.2022
Hajmi133,32 Kb.
#882959
  1   2
Bog'liq
1-Mavzu



1-Mavzu. 
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti.
 
Reja: 
1. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining rivojlanish tarixi.
2. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti.
3. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo'lib, u turli yosh davriari bola 
psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish 
qonuniyatlarini o‘iganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik 
davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta' 
kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi 
rivojlanib, olamni aks ettiiish qobiliyati go‘daklikdan yetuklik davrigacha muiakkablashib va 
takomillashib boradi. Ushbu jaiayonning o'ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar 
psixologiyasi tadqiq etadi. 
1.
Fanning asosiy kategoriyalari
 
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar 
kiradi: “ yosh “bolalik”, “taraqqiyot”, “o'sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. 
Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar 
jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa 
bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg'or 
tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o‘rganish 
ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o'zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar 
psbcologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to'xtalib o‘tamiz: 
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o'smirlikkacha 
bo'lgan davrni belgilash uchun) qo'llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga 
ko‘ra bolalik — go‘daklik (tug
1
Ugandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), 
maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 
yoshgacha) davrlami o‘z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir. 
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o'tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o'zgarishi 
natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.Psixika taraqqiyoti — tug'Ugandan boshlab yosh 
davrlari o'tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat 
tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib 
borishi jarayonidan iborat. 
Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo'lgan bosqichi. Psixik 
taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o'zgarishlar 
kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson 
tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik 
rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi 
odamlar uchun mo'ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning 
xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o'ziga xos ko'rsatkichi — intellektual 
rivojlanish koeffitsientini hosU qUadi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari 
orqali belgilanadi. 
2.
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
 
Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar — anatomiya, fiziologiya, oliy nerv 
faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o'iganadi. Tug‘Ugandan etuklik 
davrigacha bola psixik taraqqiyotini o'rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi - bolalar 
psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti 
qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi 
fandir. 


L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o'zgarib 
boigan. Bugungi kunda bolalar pixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixUc 
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davrlari, bir yosh davridan boshqasiga o'tish 
sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalaming jismoniy salomatligi bilan shug'ullansa, 
bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g ’ri rivojlanayotgani va faoliyat 
ko'rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo'lsa, uni nimaning hisobiga kompensatsiyalash 
mumkinligini o'iganadi. 
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu 
hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o'rganish natijasida ro‘ 
уbermoqda. 
3.
Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Download 133,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish