Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: - podsholik davri 5 yoshgacha qullik davri (6-12 yoshgacha) O‘rtoqlik do‘stlik davri deb tutgan.
- Podsholik davrida bolaning
- bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda
- bajarilishini, bola o‘zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishni e’tiborga oladi. 6-12 yoshgacha bo‘lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki bu davrda bolani xulq atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy an’analarimizga sadoqatli bo‘lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
- Do‘stlik davri esa bolaga do‘stlarga munosabatda bo‘lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo‘lish lozimligini nazarda tutadi.
- Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta e’tibor berilgan. Jumladan Shveytsariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab:
- sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);
- operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha)
- aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha);
- rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.
- Fransuz olmi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri- 0-6 oygacha, xis- tuyg‘u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish
- va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga
- to‘g‘risida ko‘pgina materiallar to‘plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
- go‘daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o‘tishdagi inqiroz davri (3 yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
- kichik maktab davridan o‘smirlik davriga o‘tishi (balog‘atga yetish inqirozi
- davridir)
- Bu ikki davr o‘rtasida juda katta farq va o‘xshashliklar mavjud. Jumladan xar
- ikkala davr ham o‘zining mustaqilligi va kattalar bilan o‘zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
- Rus psixologlari P.P.Blonskiy va L.S.Vigotskiylar bolalikni davrlarga
- ajratishda bolaning yashash sharoitini o‘zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarini o‘zgarishini ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida e’tiborga olish
- lozimligini ko‘rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o‘zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. Shuningdek L.S. Vigotskiy aqliy taraqqiyotni ikki bosqichini: uzoq o‘sish bosqichi va eng yaqin o‘sish bosqichini ajratadi. U yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni
- vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib bolalikni bosqichlarga ajratadi.
- Chaqaloqlik davri -2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
- Go‘daklik davri -2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri. Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
- Maktabgacha davr -33 yoshdan 7 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr. Maktab yoshi davri -8-12 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr.
- Pubertat (jinsiy yetilish) davri -14-18 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri. Keyinchalik, rus psixologi D.B.Elkonin bolalikni psixik taraqqiyot va bola faoliyati xarakteriga qarab 3 asosiy guruhga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |