«bolalar pedagogikasi» fanidan «pedagogik jarayonni tashkil etish» mavzusidagi


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni



Download 244,32 Kb.
bet13/18
Sana05.07.2022
Hajmi244,32 Kb.
#741817
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Omonova Kurs ishi

Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini
tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. O'qitishning har bir boTimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi.
Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa boTimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulqatvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga
doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi, Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan boliq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning
muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta'lim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'limtarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada
tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.

Download 244,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish