PAPULA (papula) – teri satxidan biroz ko‗tarilib turadigan, 2-3 mm
diametridagi yassi yoki kubbasimon tuzilma bo‗lib, biriktiruvchi to‗qima va
epidermisni proliferatsiyasidan paydo bo‗ladi. Papula dumaloq, poligenal,
qonussimon shaklda bo‗lishi mumkin. Papula ustidagi teri pushti-qizil, kul rang,
bo‗z rangda bo‗ladi. Papula qizamiq, qizilcha, gemorragik vaksulit, sepsisda
kuzatiladi. Qizamiqda esa makula papuloz
toshmasi oldin qo‗loq orqasi, yuzga toshib, keyin 2-3 kun davomida tanaga
va oyoqlarga tarqaladi. Keyin toshma yana 2-3 kun davomida o‗sha tartibda qo‗loq
orqasidan boshlab keyin tana oyoqlarida yo‗qolib, o‗rnida tez o‗tkinchi och jigar
rang pigmentatsiya qoldiradi. Qizamiq toshmasidan keyin qipiqsimon ter to‗kilishi
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |