TERIDA KO‘PINChA UChRAYDIGAN O‘TKINChI
HOLATLAR.
Chaqaloq tug‗ilganda terisi oq-qo‗l rangidagi pishloqsimon moyli modda
(vcrnex caseosa) bilan qoplagan bo‗lib, bu o‗z tarkibida yog‗, epidermisdan
to‗kilgan epitelalar, hamda holesterin, va ko‗p mikdorda glikogen tutadi. Bu
94
pishloqsimon qoplama gigienik sharoitda olib tashlanganda chaqaloq terisi
biroz oqirinqiragan, shishgandek ko‗rinishda bo‗ladi. Keyin bu oqarishlik
yengil ko‗kish rang aralashgan reaktiv qizarishlik bilan almashinadi. Bu
kapillyar qon tomirlarning kengayishidan hosil bo‗lib, b o‗nga fiziologik
qizarishlik" (erithema neonatorum) deyilib, odatda bu 1-2 kun davomida
saqlanadi. Chala tug‗ilgan bolalarda bu fiziologik qizarishlik ko‗proq
intensivroq bo‗ladi va uzoq vaqt davom etadi. Fiziologik qizarishlik teri
muguz qavatining plastinkasimon yoki kepaksimon ko‗rinishga ega bo‗lgan po‗st
tashlashi bilan almashinadi.Tug‗ilishning 2-3 kunlarida 80% chaqaloqlarda
terining, skleraning, shilliq pardalarining sarg‗ayishi kuzatilib, b o‗nga fiziologik
sarg‗ayish (icterus neonatorum) deyiladi. Sarg‗ayish darajasi biroz sarg‗ayishdan
(subekterichiost) to to‗q sariq ranggacha bo‗lishi mumkin. Sariqlik ikki-uch kunda
o‗zining eng yuqori darajasiga yetib, so‗ngra asta-sekin rangsizlana boshlaydi va 7-10
kunda bo‗tunlay yo‗qoladi. Ayrim hollarda terining sariqligi 3-4 haftagacha davom
etadi, ammo axlat va siydikning rangi o‗zgarmaydi. Chala tug‗ilgan, gipotrog‗riq
bolalarda, kasal ayollardan tug‗ilgan bolalarda sariqlik juda rivojlanib, 6-8
haftagacha davom etishi mumkin. Bu holatning zamirida eritrotsitlarning
gemolizi yotib, bu o‗z navbatida bilirubinemiyaga (qonda bilirubinning
ko‗payishiga) olib keladi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bu belgilarni kelib
chiqishi jigarning yaxshi rivojlanmaganligi bilan tushuntiriladi. Terini o‗tkinchi
sarg‗ayishini kelib chiqishida ona suti ta‘siri ham sabab bo‗lishi mumkin
dyog‗an fikrlar mavjud. Uzoq davom etgan sarg‗ayish qo‗shimcha laborator
tekshiruvni talab etadi.
Mongolloid dog‗i - bu och kulrang yoki havo rangdagi bir necha sm
kattalikdagi dog‗ bo‗lib, ko‗pincha bolaning dumbasi, son, boldirning orqa
sathida, orqasi va yelkasida kuzatiladi. Bu dog‗larni teri qavati chuqurdagi
pigmentlar hosil qiladi. Bu dog‗lar birinchi yil davomida paydo bo‗lib, ba‘zan 5-6
yoshlarda yo‗qolib ketadi. Ba‘zan yetilmay tug‗ilgan chaqaloqlar terisi
marmarsimon ko‗rinishda bo‗lib, bunda normal rangdagi teri sohasi pushti-qizg‗ish
yoki ko‗kish jimjimador to‗rsimon ranglar bilan almashinib turgan ko‗rinishda
bo‗ladi. Bu holat qon tomirlar boshqaruvining takomillashganligidan
dalolat beradi. Chaqaloq rivojlanishi bilan bu holatlar yo‗qolib ketadi. Erta
yoshdagi bolalarni ko‗pincha issiqlatib kuyish oqibatida tana terisida va yuzida
mayda qizg‗ish papula yoki ichida tiniq suyuqlik tutgan pufakcha holidagi
teri toshmasi (sudamina) paydo bo‗lishi mumkin. Bolaga sifatli parvarish
ko‗rsatilsa, toshma tezda yo‗qolib ketadi. Ayrim chaqaloqlarda ensa suyagi
terisida, pyoshonasida, ayrim hollarda qoshida, yuqori qovog‗ida, kamdan-kam
tanada har xil kattalikdagi notekis qizg‗ish ko‗kimtir dog‗lar-teleangioektaziya
uchraydi. Bu vena qon tomirlarining tug‗ma mahalliy kengayishi bo‗lib,
davolashni talab etmaydi, o‗z-o‗zidan o‗tib ketadi. Ba‘zan chaqaloq boshining
terisida, qon‘yuktivasida mayda nuqtali qon quyilishi yoki boshni yumshoq
qismida tug‗ilish shishi kuzatiladi. Ko‗pincha tug‗ilish shishi bola tug‗ilganidan
so‗ng 2-3 kunda qaytadan so‗rilib ketadi. Ko‗pincha chaqaloqlarda ularning
jinsidan qatiy nazar ko‗krak bezlarining kattalashuvi kuzatiladi. Qizlarda jinsiy
organlaridan shilimshiq va qonsimon suyuqlik ajraladi. Bolalardagi ko‗krak
95
bezining kattalashuvi ko‗pincha tug‗ilishning birinchi, ikkinchi kunlari
boshlanib, 8-10 kun davom etib, so‗ng qaytadan o‗z holiga qaytadi. Ularning
kattaligi noxotday yoki o‗rmon yong‗og‗idan bo‗ladi. Kattalashgan bez ustidagi
teri o‗zgarmay, ayrim hollarda qisman qizarishi mumkin: ko‗krak bezi
siqilsa, (bu mumkin emas) og‗iz sutni eslatuvchi suyuqlik ajraladi. Bu holat
onadan homilaga garmonlarning yo‗ldosh orqali o‗tishi oqibatida sodir bo‗ladi. Chala
tug‗ilgan bolalarda ko‗krak bezining kattalashuvi ko‗pda ko‗zga tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |