Rasm.Terining tuzilishi. I-epidermis; 1-bazal qavat, 2-tikansimon
qavat, 3-donador xujayrali qavat, 4- yaltiroq, 5-muguzli qavat.II- derma; 6-
surg‘ichsimon kavat; 7- to‘rsimon qavat; 9- soch follikulasi; 10 - yog‘ bezlari.
III- teri osti yog‘ kavati; 8- ter bezlari
Teridagi o‗zgarishlar bolaning o‗sishi, to‗qimalarning takomillashib,
taraqqiy etishi va tashqi muhitning ta‘siri bilan bog‗liqdir. Homilada teri ikki
qavatidan,
ya‘ni
ektoderma(embrionning
tashqi
varag‗idan)
va
mezodermadan (embrionning o‗rta varag‗idan) taraqqiy etadi. Terining ustki
epiderma qavati embrionning tashqi varag‗idan tashkil topadi. Homilalikni
erta davrlarida teri ustki epiderma qavati bir qavat yassilangan hujayralardan
turib, 5-7 haftalaridan esa ikki qavat tuzilishga ega bo‗ladi. Uning ichki bazal
91
qavatidan epidermisning qolgan qatlamlari rivojlanadi. Ustki periderma
qavati homilaning 6 oyligidan ajralib, terini qoplab turuvchi moysimon modda
qismini tashkil qiladi. Homiladorlik davrida teri yosh ko‗rsatkichi bo‗lib ham
xizmat qiladi. Chunonchi, teri burmalari homilapikiiig 32-34 haftasida oyoq
kaftini yuqori qismida ko‗ndalang yo‗nalishlar paydo bo‗ladi. 37 haftasida
burmalar oyoq kaftini 2/3 asosan yuqori qismini, 40 haftalikda esa oyoq kaftini
hamma yuzini egallagab bo‗ladi. 20 haftalik homila badanining hamma
yerini momiqsoch (lanugo) qoplagan bo‗lib, 33 haftalikdan bu oldi yuz,
keyin tana, qo‗l-oyoqdan yo‗qolib borib, 42 haftalikda yelkada biroz
qolganini hisoblamasa, bo‗tunlay yo‗qolib ketadi. Chaqaloqlarda terining muguz
qavati juda yupqa bo‗lib, to‗rsimon tuzilishga ega bo‗ladi. U ikki-uch qator bir-biri
bilan mustaxkam birikmagan hujayralardan turib, bular doimiy ravishda ko‗chib,
to‗kilib turadi. Bazal (asosiy) qavatida epitelial hujayralar qizg‗in bo‗linib
ko‗payishi hisobiga muguz qavatini to‗kilgan hujayralari o‗rnini to‗ldirib
turadi. Bolani olti oyligigacha melanin donachalari miqdorini kamligi kuzatilib,
bu pigment hosil bo‗lishini hali taraqqiy etmaganini ko‗rsatadi.Terining ustki
epiderma qavatining qalinligi ryog‗ionar va o‗ziga xos xususiyatlarga bog‗liq
bo‗ladi.Terining usti epiderma qavatiniig qalinligi yangi tug‗ilgan chaqaloq va
erta yoshli bolalarda 0,15-0,25 millimetrga, katta kishilarda esa 0,25-0,36
millimetrga teng bo‗ladi. Terining ustki qavatining hamda xususiy teri qavati
orasidagi bazal membrana pardasi yaxshi taraqqiy etmagan, juda nozik, mayin
bo‗lib, unda biriktiruvchi elastik to‗qimalar yaxshi rivojlanmaganligi
sababli terining epiderma va derma qavati bir biri bilan juda kuchsiz
birikkan bo‗ladi, shuning uchun ular oson bir biridan oson ajraladi. Katta
kishilarda esa bazal membranasining biriktiruvchi elastik to‗qimalari yaxshi
rivojlanganligi sababli teri qavatlarining bir-biri
bilan
mustaxkam
bog‗lanishi ta‘minlangan bo‗ladi.
Terining xususiy qavatida, yuzada so‗rg‗ichsimon qavat, chuqurroqda to‗rsimon
retikulyar qavat joylashgan bo‗ladi. Teri xususiy qavati asosini biriktiruvchi
to‗qima tashkil qilib, bu homiladorlikda bir-biri bilan zich chatishib
ketgan va egiluvchanligini ta‘minlovchi kollagen va elastik tolalardan
tuzilgan. Homiladorlikda oldin. kollagen tolalar rivojlanib, elastik tolalar
kechroq, homilalikning to‗rt yoki byosh oyligidan avval to‗rsimon keyin
so‗rg‗ichsimon qavatlarida taraqqiy etadi. Bunda bioximik jarayon tezkorlik
sur‘at bilan boradi. Ayniqsa, gialuronidaza va gialuron kislotalar tezkorlik jarayoni
o‗z navbatida yosh bolalarda teri o‗tkazuvchanligini yuqori bo‗lishiga olib
keladi. Homilalikning 6 oyiga kelib biriktiruvchi to‗qimaning kollagen
va elastik tolalari bir-biridan aniq ajralgan holda bo‗ladi. Terining gistologik
tuzilishi 6 yoshda kattalar teri tuzilishiga yaqinlashgan bo‗lsa ham, ammo hali
kollagen tolalari ingichka va elastik tolalar yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi.
Chaqaloqlar terisida qon tomirlari yuzada joylashganligi, kapillyarlar va
ularning o‗zaro to‗r hosil qilib qo‗shilishi ko‗p bo‗ladi. Shuning uchun ham
bir yoshgacha bo‗lgan bolalarda terisi yumshoq, nozik pushti rangda
bo‗lishi kuzatilib, bu kapillyarlarning yuzada ko‗pligi va ularning uzoq vaqt keng
92
holda saqlanishi bilan bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |