Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Organizmda  asosiy  elektrolitlarning  roli  va  moxiyati



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Organizmda  asosiy  elektrolitlarning  roli  va  moxiyati.  Natriy  asosan 
hujayra  tashqi  suyuqligida  va  suyaklarda  yig‗ilgan.  Natriy  qonsentratsiyasi  qon 
plazmasida  bolaning  yoshiga  qarab  kam  o‗zgaradi  va  310-350  mg%  yoki  142 
mmol/l  atrofida  bo‗ladi.  Natriy  taksimlanishiga  qarab  faqatgina  hujayra  tashqi 
suyuqligining  osmotik  bosimini  bir  xilligini  saqlab  turadi,  shu  bilan  glyukoza, 
mochevina  va  boshqalardan  farq  qiladi.  bu  moddalar  osonlik  bilan  hujayra 
membranalaridan  o‗tadi,  shuning  uchun  hujayraning  ichida  ham  tashqarisida 
moddalar  yig‗ilishi  bilan  osmotik  bosim  oshadi.  Bunda  suvning  siljishi  yuz 
bermaydi. Natriy kiritilganda esa osmotik bosim hujayra tashqarisidagi suyuqlikda 
ortishi  kuzatiladi,  bu  esa  suvning  hujayradan  hujayra  tashqarisi  bo‗shlig‗iga 
siljishiga  sabab  bo‗ladi.  Natriy  ionlari  kislota  asos  muvozanatini  boshqarishda, 
nerv  to‗qimalaridan  impulslarni  o‗tkazishda,  qon  tomirlar  tonusini  boshqarishda 
ishtiroq  etadi.  Xlor  anionlari  natriy  kationlari  bilan  hujayra  tashqi  suyuqligida 
joylashgan.  Qon  zardobida  xlorning  miqdori  92-107  mmol/l  yoki  326-380  mg% 
atrofida bo‗ladi. Xlor miqdorining o‗zgarishi faqatgina suv va tuz almashinuvining 
buzilishida  emas,  balki  mukovitsidoz  kasalligida  ham  kuzatiladi.  Bunda  xlorning 
miqdori terlaganda ajraluvchi suyuqlik tarkibida ancha ko‗payadi. 
 Hujayra  tashqarisidagi  kaliyning  osmatik  bosimni  saqlab  turilishidagi  roli 
uncha  katta  emas,  chunki  plazma  va  interstitsial  suyuqliklari  tarkibida  uning 
miqdori kam 4-5,5 mmol yoki 16-22 mg%, bunga qaramasdan kaliyning organizm 
uchun  ahamichti  katta.  Kaliy  atsetilholin  hosil  bo‗lishini  stimulyatsiya  qiladi, 
demak  kaliyning  bo‗lishi  nerv  sinapslarining  normal  faoliyati  uchun  juda  kerak. 
Kaliy  ionlari natriy  ionlari bilan  birgalikda  nerv impulslarini o‗tkazishda  ishtiroq 
etadilar.  Kaliy  adenozintrifosfatazani  aktivlashtiradi  va  keratininfosfat  tarkibiga 
kiradi,  demak  energiyaning  organizmda  yig‗ilishi  va  ajralishi  kaliy  ionlarining 
ishtiroqida yuz beradi, ya‘ni bu mushaklar, ayniqsa mioqard faoliyati uchun juda 
kerakdir.  Bundan  tashqari  oqsilning  sintezi,  glikogenning  yig‗ilishi  kaliy  bilan 
bog‗liqdir.  Uglevod  almashinuvining  fermentativ  protsesslari  organizmda  kaliy 
kamayishi natijasida to‗xtab  qolishi  mumkin.  Kaliy  kislota  va  asos  muvozanatini 
saklanishida  ham  ishtiroq  etadi.  Kaliy  va  natriy  boshqa  faktorlarga  qaraganda 
suvning organizmda holati va taksimalanishiga kuchliroq ta‘sir ko‗rsatadi. 
Kalsiy  ionlari  nerv  mushak  qo‗zg‗alishiga  ta‘sir  ko‗rsatadi,  masalan,  qon 
zardobida  kalsiy  miqdorining  kamayishi  alkoloz  holatida,  asab  mushak 
qo‗zg‗alishini  keskin  oshishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  kalsiy  ioni  qon 
qo‗yilish  sistemasining  asosiy  komponenti  hisoblanadi.  Kalsiyning  kapillyar 


 
362 
membranalarining  qattiqlashtira  olish  xususiyati  davolash  maqsadida  tomir 
o‗tkazuvchanligining  buzilishida  ishlatiladi.  Normada  kalsiy  miqdori  ko‗krak 
yoshidagi bolalarda qon zardobida 2,25 – 2,75 mmol/l atrofida bo‗ladi. Agar kalsiy 
miqdori qon zardobida 2 mmol/l dan kamayib ketsa gipoqalsemiya deyiladi. Bunda 
asab-muskul  to‗qimalarining  qo‗zg‗aluvchanligi  ortib,  kliniko-tonik  tirishishlar 
holigacha olib kelishi mumkin. 
Magniyning miqdori hujayra tashqi suyuqligida uncha ko‗p emas, va barcha 
yoshdagi  bolalar  uchun  0,66-0,99  mmol/l  ni  tashqil  qiladi.  magniy  biologik 
jixatidan kalsiy bilan o‗ta bog‗liqdir. Ikkala elektrolit  asab-mushak qo‗zg‗alishini 
boshqaradi.  Magniyning  miqdori  0,5  mmoldan  kamayganida  ich  ketish  holati 
kuzatiladi. 
Magniy 
fosforli 
birikmalarning 
almashinuvida 
(ATF 
ning 
parchalanishi)  ishtiroq  etadi.  Bundan  tashqari  xar  xil  fermentlar,  masalan, 
geksoqinaza,  fosfoglyukomutaza,  limon  kislotasi  siklidagi  fermentlar  tarkibiga 
kiradi.  Magniy  holesterin  sintezida  kerak  bo‗lib,  nukleotidlar  almashinuvining 
asosiy komponenti hisoblanadi. Gipermagniy holati katta dozada vitamin D olgan 
bolalarda kuzatiladi. 
Suv va  tuz  almashinuvi  bolalarda  o‗zgaruvchanligi  bilan xarakterlanadi, bu 
esa  suv  va  tuz  amashinuvining  boshqaruvchi  sistemalarning  to‗la 
rivojlanmaganligiga  bog‗liq.  Suv-tuz  almashinuvini  boshqarish  bir  qancha 
faktorlar  ta‘siri  ostidadir:  masalan,  markaziy  nerv  sistemasi  (subtalamik  oblast), 
vegetativ-endoqrin  sistemasi  (gipofizning  orka  qismi,  kalqonsimon  va  oshqozon 
osti bezlari, buyrak usti garmonlari, shuningdek aldosteron vazifasi natriyni ushlab 
kolish).  Suv  almashinuvini  boshqaruvchilar  hisobiga  kapillyar  tomir  turlari  ham 
kiradi. Lekin shuni yana ta‘kidlab o‗tish zarurki, bu sistemalarning yetarli darajada 
rivojlanmagani  tuz-suv  almashinuvini  bolalarda  bir  xil  saklanmasligiga, 
o‗zgaruvchanligiga olib keladi. 
Bolalar  amaliyotida  suv-tuz  almashinuvining  buzilishi  xar  xil.  Amalda  suv 
miqdorining  o‗zgarishini  elektrolitlar  almashinuvini  buzilishisiz  tasavvur  qilib 
bo‗lmaydi, lekin ko‗rgazmali bo‗lishi uchun biz ularni alohida o‗rganib chikamiz. 
Ko‗pincha  elektrolitlar  almashinuvining  o‗zgarishi  natriy  va  kaliy 
kationlarining  kamayishi  yoki  ko‗payishi  bilan  ifodalanadi.  Kachonki  qon 
plazmasida  natriy  miqdori  150  mmol/l  dan  ko‗paysa  gipernatremiya, 
giperkalemiya  deyiladi.  Gipernatremiya  bolalarda  gripp,  dizenteriya,  kolienterit, 
toqsikozli  pnevmoniya,  virus  infeksiyalarida,  bolani  issik  qiyintirganda  bo‗lishi 
mumkin. Bundan tashqari bolalarga, ayniqsa erta yoshdagilariga keraksiz hollarda 
natriy  xlorning  eritmasini  yuborish  gipernatriemiya  holatini  vujudga  kelishiga 
sabab bo‗ladi. 
Plazmadagi  giperkalemiya  holati  suv  tuz  almashinuvining  buzilishida  ro‗y 
berib,  bunda  suvning  yo‗qolishi  tuzning  yo‗qolishidan  ortib  ketadi  va  kachonki 
bola suvdan ko‗ra ko‗proq tuz qabul kilsa. Bu ayniqsa erta yoshdagi bolalarda ro‗y 
beradi, ularda buyrak tuzining ko‗payib ketishiga qarshi turish xususiyati pasayadi. 
Gripp,  dizenteriyada  gipernatriemiya  holati  suvning  yo‗qolishi  bilangina  bog‗liq 
bo‗lmay,  balki  hujayralarda  modda  almashinuvining  buzilishiga  ham  bog‗liqdir. 
Hujayra  tashqi  suyuqligida  natriy  miqdorining  oshishi  hujayra  ichidagi  osmatik 
bosimning  ko‗tarilishiga  javob  sifatida  uning  suyakdan  ajralib  chiqishiga  sabab 


 
363 
bo‗ladi,  bundan  tashqari  hujayra  ichida  suvning  xarakati  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Lekin 
hujayrada  osmatik  bosim  yuqoriligicha  saklanadi,  shuning  uchun  miyaning 
shishishi, mioqardit hollari kuzatiladi. 
Klinikada  giperkalemiya  holati  bolaning  bezovtalanishi,  umumiy  kliniko-
tonik titrash, chankash, yuqori temperatura bilan xarakterlanadi. 
Giponatremiya  holatida  esa  qon  zardobida  natriyning  miqdori  137  mmol/l 
dan  315  mg%  kamayib  ketadi.  Bu  holat  bolalarda  oshqozon  ichak  kasalliklarida, 
buyrak  kasalliklarida,  diuretik  modddalarni  qontrolsiz  ishlatilganda,  buyrak 
kasalliklarida  uzoq  vaqt  tuzsiz  parxez  kilinganda  uchraydi.  Giponatremiya  holati 
birgina  tuz  yo‗qotilganda  yoki  tuzni  kam  yuborilganda  emas,  balki  ko‗proq 
suyuqlik  berganda  ham  uchrashi  mumkin.  Bunda  suv  hujayra  ichiga  to‗planadi, 
chunki  unda  osmatik  bosim  oshgan.  Bu  hollarda  hujayrada  yuborilgan 
suyuqlikning 2/3 qismi to‗planadi. Bunday holat suv intoqsikatsiyasi deyiladi. Suv 
intoqsikatsiyasi  hujayrani  shishishi,  modda  almashinuvini  buzilishi,  kaliyni 
hujayradan  tashqariga  chikishi  bilan  ifodalanib,  bunda  ayniqsa  asab  sistemasi 
hujayralari zararlanadi.  
Klinikada  kaliyning  almashinuvini  katta  ahamiyatga  ega  bo‗lib, 
gipoqalemiya  holati ich  ketganda,  qusganda, kaliyni  organizmga  kam  kiritilganda 
uchraydi. Gipoqalemiya holati ko‗p mikdorda glyukoza tuz eritmasini organizmga 
kiritilganda  ham  uchrashi  mumkin,  kaliyning  organizmda  kamayib  ketishi 
natijasida uglevod almashinuvi buzilishi, fosforlanish protsessini pasayishi, muskul 
gipotoniya holati bo‗lishi mumkin. Gipoqalemiyada yurak qon tomir sistemasining 
ishi,  mioqard  funksiyasi  buzilib,  qon  bosimi  kamayadi.  Qon  zardobida  kaliyning 
miqdori  5,5  mmol/l  dan  yuqori  bo‗lsa,  giperkalemiya  deyiladi,  lekin  bu 
gipoqalemiyadan kam uchraydi. Agarda kaliyning miqdori qon zardobida 10 mmol 
dan ortib ketsa, yurak urishi to‗satdan to‗xtaydi. 
Suv  almashinuvining  buzilishi  organizmda  suv  xajmini  o‗zgarishi  bilan 
xarakterlanadi.  Degidratatsiya  holati  (suvning  kamayishi)  eksikoz  hujayra 
tashqarisida  yoki  hujayra  ichida  bo‗lishi  mumkin.  Hujayra  tashqarisidagi 
degidratatsiya  holati  ko‗pincha  tuzning  yo‗qotish  natijasida  bo‗lib,  ikkilamchi 
xarakterga ega. Natriy yetishmasligi hollarida hujayra tashqarisidagi degidratatsiya 
holi  yuz  beradi.  Bu  turdagi  degidratatsiya  yosh  bolalarda  oshqozon  ichak 
kasalliklarida,  katta  yoshdagi  bolalarda  surunkali  buyrak  kasalliklarida,  qandsiz 
diabetda uchraydi. 
Hujayra degidratatsiya holati kasallik tufayli bola organimiga kam mikdorda 
suvning  kelishi  bilan  baholanadi.  Suvning  defitsiti  operatsiyadan  so‗ngi  davrda 
uchraydi,  agarda  parenteral  suvning  kelishi  kam  bo‗lsa.  Oshqozon  ichak 
kasalliklarida suvning yo‗qolishi tuzning yo‗qotilishidan ko‗proq bo‗lishi mumkin, 
suvning  yo‗qotilishi  nafas  organlarining  kasalliklarida  (giperventelyatsiya), 
poliuriya hollarida ham uchrashi mumkin. 
Degidratatsiyaning klinik belgilari: 
Tana og‗irligini 5% va undan ko‗proqka kamayishi. 
Terini qurishi, ko‗zning cho‗kishi, terining elastikligi kamayishi. 
Yurak  qon-tomir  sistemasi  faoliyatining  o‗zgarishi,  sababi  aylanuvchi 
qonning xajmi kamayadi, yurak toni o‗zgaradi. 


 
364 
Bundan 
tashqari 
gipergidratatsiya 
holati  ham  bo‗lishi  mumkin. 
Gipergidratatsiya hujayra tashqarisidagi, hujayra ichkarisidagi bo‗lishi mumkin. 
Hujayra  tashqarisidagi  gipergidratatsiya  holati  bu  bolalarda  ko‗pgina 
kasalliklarda,  xususan  glomerulonefrit,  nefrotik  sindrom,  revmatizmda  qon 
aylanishining  buzilganda,  jigarni  og‗ir  jaroxatlarida,  distrofik  hollarida  yuz 
beradigan  shishish  sindromlaridir.  Bu  holatning  eng  asosiy  sabablari: 
gipoproteinemiya,  tomir  ichida  onkotik  bosimning  pasayishi,  interstitsial 
bo‗shliqda tuzning qonsentratsiyasini ortishi va xakazo. Katta yoshdagi bolalarda 
esa  venoz  qon  bosimining  oshishi,  aldesteronning  ajralishini  ko‗payishi, 
glomerulonefrit hollaridir. 
Hujayra 
ichidagi 
gipergidrotatsiya 
hujayraning 
shishishi, 
hujayra 
tashqarisidagi  suyuqlikning  osmatik  bosimining  pasayishi,  bunda  suv  hujayra 
ichida  to‗planadi,  tuz  esa  kamayadi.  Hujayraning  birlamchi  shishishi  yuqumli 
kasalliklarda (gripp, dizenteriya) bo‗lishi mumkin. Bu xodisaning asosida hujayra 
ferment sistemasining bloqada kilinishi natijasida energiyaning buzilishi yotadi, bu 
energiya  esa  oqsidlanish  protsessida  ishtiroq  etishi  zarurdir.  Oqsidlanish 
fosforlanish  protsesslarining  buzilishi,  osmatik  bosimning  hujayra  ichidagi 
suyuqlikda  oshishiga  olib  keladi,  natijada  suvning  hujayra  ichida  yig‗ilishiga 
sharoit yaratiladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish