Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Yog‘ almashining o‘ziga xosligi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Yog‘ almashining o‘ziga xosligi. 
Yog‗lar  organizm  hujayralari  tarkibini  asosiy  qismi  bo‗lib,  hujayra 
membranalari  tarkibiga  kiradi.  Ular  kam  issiklik  o‗tkizish  xususiyatiga  ega, 
shuning  uchun  organizmni  sovub  kolishdan  saklaydi.  Yog‗lar  organizmga  yog‗da 
yeruvchi vitaminlar A,D,Ye,K  ni  yetkazishda katta  rol o‗ynaydi.  Yog‗  kislotalari 
eng  kerakli  energiya  manbai  hisoblanadi,  va  organizmning  sutka  davomida 
energiyaga bo‗lgan talabini 30-60 % mikdorda koplaydi. 
Katta  yoshdagi  bolalar  qon  zardobida  yog‗  kislotalarining  miqdori 
quyidagicha:  palmitn  37  %,  stearin  13,24  %,  olein  28  %,  linolin  17,88  %. 
Bolalarda chaqaloqlik davrida linolin va linoen kislotasining miqdori kamdir. 
Yog‗  to‗qimalarida  xar  xil  triglitseridlarning  nisbati  bolaning  yoshi, 
ovqatlanish xarakteri, modda almashuvining o‗ziga xosligigiga bog‗liq. 
Yog‗  to‗qimalarining  kimeviy  strukturasi  ravojlanashini  homilada, 
chaqaloqlarda va ko‗krak yoshidagi bolalarda 3-ta davrga bo‗lish mumkin. Homila 
va  chaqaloq  bolalarda  hayotining  birinchi  kunlarida  yog‗  to‗qimalarida  neytral 
yog‗lar,  holisterin,  efirlari,fosfatlar  va  erkin  yog‗  kislotalari  aniklanadi.  Bir  oylik 
bolalarda neytral yog‗lar va holisterin efirlari aniklanadi, fosfatlar bo‗lmaydi.  5-6 
oylikda esa holisterin efirlarining miqdori juda pasayib ketadi. 
Bolaninng  yog‗  to‗qimalari  katta  yoshdagilar  yog‗  to‗qimalaridan  farq 
qiladi.  Bolaning  yog‗  to‗qimalarida  suyuk  yog‗  kislotalari  olein.  Qattiq  yog‗ 
to‗qimalaridan ko‗pdir.Bu ayniqsa chaqaloqlik davrida yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Yog‗lar  surilganda  ichakning  limfatik  bo‗shlig‗iga  tushadi,  u  yerga 
vorsinkalar  orqali  tushishi,  ovqat  lipemiyasi  deyiladi.Bolalarda  bu  holat  ko‗p 
bo‗ladi. Lipemiya holati ko‗krak bilan boqilayotgan va sun‘iy ovqatlantiralayotgan 
bolalarda 3 soatdan keyin aniklanib, 8-9 soat davom etadi. Ishlatilgan yog‗larning 
5-10% axlat orqali chiqariladi. Xar xil yoshda sutkadagi kaloriyaning 30-50% yog‗ 
hisobiga qoplanadi. Yog‗larning almashinuvida jigar katta ahamiyatga ega. Jigarda 
yog‗larning  parchalanishi,  yog‗  kislotalari  va  neytral  yog‗larning  sintezi,  keton 
tanachalarining hosil  bo‗lishi, to‗yingan  yog‗ kislotalarining to‗yinmagan holatga 
o‗tishi, fosfolipidlarning hosil bo‗lishi yuz beradi. Bundan tashqari oshqozon osti 
bezining sekretor funksiyasi jigar tomonidan aktivlantiriladi. Jigarning anatomik va 
funksional  rivojlanishi  bola  tug‗ilgandan  so‗ng  davom  etadi  va  bola  8  yoshga 
yetgandagina tugaydi. 
Yog‗larning eng muhim fraksiyalarining miqdori xar xil yoshdagi bolalarda 
xar  xil:  bola  hayotining  birinchi  yarmida  yog‗larning  miqdori  katta  yoshdagi 
bolalarnikidan kam, chunki bu yoshda yog‗lar ko‗p ishlatiladi. 


 
358 
Bola  kattalashgan  sari  umumiy  lipidlardan  tashqari,  uning  fraksiyalari  ham 
ko‗payadi,  ya‘ni  betta  lipoproteidlar,  fosfolipidlar,  holesteri  va  x.k.yog‗ 
kislotalarining  parchalanishi  natijasida  hujayra  yog‗  tanachalari  hosil  bo‗ladi, 
bularga bette oqsimoy kislota atsetoatsetat kislota va kiradi. Jigar keton tanachalari 
hosil bo‗ladigan asosiy organdir. Jigardan qonga tushgan keton tanachalari Krebs 
siklida  oqsidlanadi.,  bu  oksidlanish  muskul  ,  o‗pka  va  buyraklarda  yuz  beradi. 
Shuning uchun normada ularni qonda va siydikda kam mikdorda aniklanadi. Lekin 
keton  tanachalarining  miqdori  ovqatda  ketogen  moddalarning  ko‗p  tushishi 
natijasida  ko‗payishi  mumkin.  Ketogen  moddalarga  ko‗pchilik  kism  yog‗lar  va 
oqsillar,  aminoqislotalar  kiradi.  Agar  ovqat  asosan  yog‗  va  oqsillardan  tashqil 
topgan  bo‗lsa,  ketoz  rivojlanadi  va  buning  natijasida  atsetonomik  qusish  deb 
nomlanadigan kasallik uchraydi, bunda kusukda, nafas olganda va siyganda atseton 
xidi keladi. Qusish 1-2 kun davom etishi mumkin va to‗satdan to‗xtashi mumkin. 
Yog‗ almashinuvining tug‗ma buzilishida quyidagi kasalliklar kelib chiqishi 
mumkin: 
Plazmatik  lipoidoz  holati  –  bu  irsiy  kasallik.  Bunda  qonda  neytral  yog‗lar 
ko‗payadi.  Giperlipedemiya,  terida  ksantomalar  aniklanadi.  Jigar  va  taloq 
kattalashadi. Bunday bemorlar hayvon yog‗ini kam iste‘mol qilishlari kerak. 
Niman  Pik  kasalligi  –  irsiy  kasallik.  Bunda  sfingomielin  almashinuvi 
buziladi.  Bunda  moddalar  miyada,  jigarda,  retikuloendotelial  sistemalarda 
to‗planadi.  Kasallik  yomon  kechadi,  gepatosplenomegaliya,  gipotrofiya, 
gipotoniya,  ruxiy  rivojlanishni  buzilishi.,  ko‗r  va  kar  bo‗lish  kuzatiladi.  Kasallik 
davolanmaydi. 
Goshe  kasalligi,  tug‗ma  irsiy  kasallik.  Bunda  serebrolizin  nerv  va 
retikuloendotelial  sistemada  to‗planadi.  Kasallik  o‗tkir  va  surunkali  kechadi. 
Klinikada  bolaning  jismonan  v  ruxan  o‗sishining  sustligi  aniklanadi.  Qorin 
kattalashadi,  gepatosplenomegaliya,  terining  sarg‗ayishi,  qon  kuyilishlar 
kuzatiladi. Kasallikni effektiv davolash metodi yo‗q. 
Amavratik  idiotiya  /Tey  –  Saks  kasalligi/.  Kasallik  irsiy.  kasallik  asosida 
yog‗larni  MNSda  to‗planishida  kuzatiladi.  Ko‗rish  qobiliyati  pasayishi,  bolaning 
aklan rivojlanmasligi kuzatiladi. Ko‗zning tubida qizg‗ish dog‗lar aniklanadi. Ko‗z 
nervi atrofiyaga uchraydi. Kasallikni effektiv davolash metodi yo‗q. 
 
SUV VA TUZ ALMAShINUVINING O‗ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI, 
ULARNING BUZILIShI SINDROMLARI 
Organizmning  hayot  faoliyatida  suvning  roli  hammaga  ma‘lum.  Hayotni 
suvsiz  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Suv,  turli  ko‗rinishda  organizmning  barcha 
to‗qimalari  tarkibiga  kirib,  organik  va  neorganik  moddalarning  erituvchisi 
hisoblanadi,  fiziologik,  kimyoviy,  fizik-kimyoviy,  kolloid  va  enzim  xarakteridagi 
protseslarda ishtiroq etadi. Organizmdagi ichki muxitning bir xil holatda saklanishi 
ma‘lum  mikdordagi  suvning  borligi  bilan  bog‗liqdir.  Chaqaloqlarda  suv  miqdori 
tana  og‗irlishining  75-80  %  ni  tashqil  qiladi  va  bolaning  to‗g‗ilish  davridagi 
rivojlanganlik darajasiga bog‗liq. Bolalarda suvning miqdori bir yoshga tulguncha 
ancha kamayadi va 1 yoshda 60%, 5 yoshda esa 65% va keyinchalik bola o‗sishi 
davomida bolaning yoshi va jinsiga 60-65% atrofida bo‗ladi. 


 
359 
Organizmda  suyuqlik  uchta  oralikda  joylashgan:  hujayra  ichidagi  (hujayra 
tashqarisidagi),  intenstitsial  va  tomirlar  ichidagi  suyuqlik.  Intenstitsial  suvga 
limfadan  tashqari  plevra,  qorin  bo‗shlig‗idagi,  perikarddagi,  orka  miyadagi 
suyuqliklar  kirib,  ular  bir-biridan  ajralib  turmaydi,  ular  orasida  doimo  suv 
almashinib  turadi  va  biror bo‗shliqning suvsizlanishi boshqa bo‗shliqlar  orasidagi 
modda  almashinuviga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Ayniqsa  tomir  ichidagi  va  interstitsial 
suyuqliklar  orasida  yaqin  bog‗liqlik  bo‗lib,  tomir  ichidagi  plazmaning  miqdori 
kamayganda,  bu  kamchilik  interstitsial  suyuqlik  bilan  to‗ldiriladi.  Hujayra 
tashqarisidagi suyuqlik hujayralar uchun eng kerakli muxit bo‗lib, xajmi va tarkibi 
jixatidan  hujayra  ichki  suyuqligidan  farq  qiladi.  hujayra  tashqi  suyuqligining 
umumiy  miqdori  bolaning  yoshiga  qarab  o‗zgarib  turadi,  chaqaloqlarda  tana 
og‗irligining  50%  ni,  1  oylik  bolalarda  36,1  %ni,  1-3  oylikda  –  33,4%  ni,  6-12 
oylikda 26-30% ni, 5 yoshda 22 %ni va kattalarda 2015% ni tashqil qiladi. 
Demak,  bola  qancha  katta  bo‗lsa,  hujayra  tashqi  suyuqligi  shuncha  kam 
bo‗ladi.  Hujayra  tashqarisidagi  suyuqlikning  xajmi  fiziologik  sharoitda  ayniqsa 
bolalarda  o‗zgaruvchandir,  ko‗krak  yoshidagi  bolalarda  hujayra  tashqarisidagi 
suyuqlikning  asosiy  qismini  plazma  va  limfa  tashqil  qiladi,  lekin  birlashtiruvchi 
to‗qimadagi  suvning  miqdori  ko‗p  emas,  shuning  uchun  bir  yoshgacha  bo‗lgan 
bolalarda  barcha  hujayra  tashqarisidagi  suyuqlik  to‗qimalar  bilan  bog‗lanmagan 
bo‗lib, xarakatchandir. Shu sababli bolalar suvni tez yo‗qotib va yana tez to‗play 
oladilar  –  bu  xususiyat  yosh  bolalarga  "gidrolabillik"  deyiladi.  Bolalarda  xar  xil 
endogen  va  ekzogen  faktorlar  ta‘sirida  suv  almashinuvi  tezgina  buziladi.  Xujayra 
ichki suyuqligining xajmi yoshiga qarab ko‗paya boradi: chaqaloqlarda 30-40% ni, 
1-6  oylikda  30%  ni,  1  yoshida  35%  ni,  1-5  yoshida  35-40%  ni,  kattalarda  40-45 
%ni tashqil qiladi. 
Degidratatsiya holatida bolalarda  faqat hujayra tashqi suyuqligi emas, balki 
hujayra ichki suyuqligining miqdori ham kamayadi. Gidrotatsiya holati gemotoqrit 
darajasining o‗zgarishi bilan baholanadi: chaqaloqlarda 10-14 kunligida gemotoqrit 
miqdori  –  58,1  %ni,  4-10  yoshida  37  %ni,  10-14  yoshida  39  (30-50)  %ni  va 
kattalarda 41 (36-48) %ni tashqil qiladi. 
Organizm  suyuqlikning  shu  miqdorini  bir  xil  holatda  tutish  uchun 
tashqaridan suv olishi kerak, ya‘ni ovqat orqali. 
Suyuqlikning taqsimlanishi va  uning  elektrolit  tarkibining bir xilda bo‗lishi 
neyrogumoral  mexanizmlar  tomonidan  boshqariladi.  Lekin  neyrogumoral 
mexanizmlarning  boshqarish  faoliyati  suv  va  tuzning  yetarli  mikdorda  kirishi, 
shuningdek tashqariga chikarilishiga bog‗liq. Bolaning tez o‗sishi natijasida suv va 
elektrolitlar almashinuvining o‗ta tarangliklari ortadi. Bolalarga tana og‗irligining 
1  kg  ga  kattalarga  qaraganda  ko‗proq  suv  talab  kilinadi:  bolaning  suvga  talabi 
birinchi  yarim  yillikla  130-150  ml/kg  og‗iriligini,  bir  yoshga  yetganda  120-140 
ml/kg,  5  yoshda  90-100  ml/kg  ni  tashqil  qiladi.  Keyinchalik  bolaning  sutkadagi 
suvga  talabi  sekin  asta  kamayib  boradi  va  faqat  12-13  yoshlarida  kattalarnikiga 
yaqinlashib boradi, ya‘ni 40-60 ml/kg. O‗g‗il bolalarda suvga talab kiz bolalardan 
ko‗proqdir. Demak, bola qancha yosh bo‗lsa, qanchalik tez o‗ssa, shunchalik suvga 
talab  ko‗proq  bo‗ladi.  Organizm  tomonidan  qabul  kilingan  suv  bola  ichagida 
kattalarnikiga  qaraganda  tezroq  so‗riladi.  Suvning  miqdori  bolalarda,  ma‘lum 


 
360 
aylanishlardan  so‗ng  40%  buyrak  orqali,  52  %  teri  va  o‗pka  orqali,  6  %  ichak 
orqali ajralib chikadi va faqatgina 1-2 % organizmda koladi. 
Ayniqsa  suvning  teri  va  o‗pka  orqali  ajralishi  katta  e‘tiborga  loyikdir. 
Suvning o‗pka orqali ajralishi nafas olishning tezligiga bog‗liqdir, shuning uchun 
bu holat kichik yoshli bolalarda uchraydi, bola qancha yosh bo‗lsa, nafas olish soni 
ko‗p bo‗ladi. Bolalarda bu turda suvning ajralishi kattalarga qaraganda 2 marotaba 
ko‗pdir. O‗pka orqali toza suv ajralgani uchun, o‗pkadagi giperventilyatsiya holati 
giperelektrolitemiyani  rivojlanishi  hujayra  tashqarisidagi  suyuqlikning  osmotik 
bosimini oshishiga olib keladi. 
Teri orqali suvning ajralishi tashqi muhitga, ya‘ni temperaturaga bog‗liqdir. 
Organizmda issiklik ajralishini kuchayishi, yana suyuqlikning ko‗proq ichilganda, 
teri orqali suv ajralishi kuchayadi. 
Bolalarda kattalardan farqliroq suvning organizmga ko‗proq kirishi diurezni 
oshirmaydi,  ortiqcha  suv  o‗pka  orqali  ventilyatsiyaning  kuchliligi  tufayli  va  teri 
orqali chikarib tashlanadi. 
Organizmning normal hayot faoliyati uchun suyuqlikning faqat miqdorigina 
emas,  balki  sifati  ham  ahamiyatga  ega,  chunki  shu  suyuqlik  orqali  hujayralar 
kurilish va ozuqa materiallari oladilar, bu suyuqlik hujayra faoliyati uchun kerakli 
bo‗lgan  fizik-kimyoviy  sharoitni  ta‘minlaydi.  Hujayra  hayot  faoliyati  uchun  eng 
asosiy shartlardan biri qonning interstitsial va hujayra ichki suyuqligining osmotik 
bosimining doimiyligidir. 
Organizmning  biologik  suyuqliklariga  tuz  va  kolloid  eritmalar  ham  kiradi. 
Suv  va  tuz  almashinuvida  organizmda  fizik-kimyoviy  protsesslar  ahamiyatga  ega 
bo‗lib,  bulardan  asosiy  faktorlar  osmotik,  onkotik  bosim  va  elektrolitlarning 
dissotsiatsiyalanish  darajasi  hisoblanadi.  Osmotik  bosim  deganda  eruvchi 
moddaning  eritmada  hosil  kilgan  bosimi  tushuniladi  va  yarim  o‗tkazgich 
membrana yog‗damida aniklanadi. Bu yarim o‗tkazgich membrana erigan moddani 
o‗tkazmay,  eritmani  toza  erituvchidan  ajratadi.  Osmotik  bosimni  darajasini 
aniqlovchi asosiy ionlarga natriy va xlor kiradi. 
Tana suyuqliklarida boshqa elektrolitlar ham bor – bular kationlardir. 
Biologik  suyuqliklarda  ionlar  qonsentratsiyasi  grafiklarda  tasvirlanadi, 
ularni  ionogrammalar  deyiladi.  Bunda  elektrolitlarning  normal  qonsentratsiyasi  u 
yoki  bu  patologiyadagi  elektrolitlar  miqdori  bilan  solishtiriladi.  Ionogramma 
tekshirilayotgan  suyuqlikda  elektrolitlarning  miqdorini  tezlik  bilan  baholashga, 
kerakli  komponentlar  nisbatini  aniklashga  yog‗dam  beradi.  Ionogrammani  tuzish 
uchun qon zardobida laboratoriyada natriy va kaliy  miqdorini aniklash kerak – bu 
kation  ustuni  hisoblanadi.  Kationlarga  kalsiy,  magniy  ham  kiradi,  lekin  ularning 
miqdori  natriy  va  kaliynikiga  nisbatan  kamdir,  shuning  uchun  ularni  miqdorini 
laboratoriyada  aniklamaslikka  ruxsat  berilgan,  kationlar  ustunida  kalsiy  va 
magniyning  normal  mikdorlarigina  belgilanadi.  Anionlar  ustunida  pastda 
oqsillarning  soni  (bular  m-ekv  da  ifodalanadi),  so‗ngra  bikarbanatlar  va  xlor  soni 
belgilanadi.  Kationlar  anionlar  tomonidan  bir  xil  holatda  ushlab  turilgani  uchun, 
kationlar  va  anionlar  ustuni  kattaligi  jixatidan  bir  xil  bo‗lishi  kerak. 
Ionogrammalarni  kuzatganda  kationlar  va  kaliyning,  anionlar  va  xlor, 
bikarbonatlarning  egallagan  maydoniga  e‘tibor  beriladi.  Kationlar  yig‗indisi 


 
361 
anionlar  yig‗indisiga  teng  bo‗lib  koladi.  Plazma  tarkibida  u  yoki  bu 
elektrolitlarning  miqdori  kamaygan  holda  ham,  ya‘ni  patologiya  holida  ham.  U 
yoki bu elektrolitlarning miqdorini kamayishi yoki ko‗payishi boshqa elektrolitlar 
miqdoriga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa bikarbonat ionlari xarakatchanligi bilan 
ajralib  turadi,  bikarbonat  ionlarining  kamayganida  ularning  o‗rnini  xlor,  organik 
kislotalar  egallaydi;  xlor  miqdorining  kamayganida  esa  bikarbonat  anionlar 
defitsitini  koplaydi.  Agarda  ionogrammada  bikarbonat  maydoni  kamaysa,  kislota 
qoldig‗i  maydoni  ko‗paysa,  gipoxloremik  atsidoz  haqida  gapiriladi.  Bikarbonat 
maydonining  kamayishi  boshqa  anionlar  maydonining  kengayishiga  olib  keladi 
(ko‗pincha bu xlor ionlaridir) va bu holat giperxloremik atsidoz deyiladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish