Bolalar kasalliklari propedevtikasi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Jinsiy  rivojlanish.  Jinsiy  rivojlanish  fiziologiyasi  odatda  turli  bo‗limlarni 
o‗z ichiga oladi. Bular orasida eng ko‗zga ko‗rinarli, ahamiyatga ega bo‗lganlariga 
quyidagilar  kiradi:  jinsiy  bezlarni  neyrogumaral  boshqarish,  jinsiy  tarakkiyotning 
garmonal xarakteristikasi, ya‘ni jinsiy va jismoniy tarakkiyotning o‗zaro nisbati. 
Shaxsning  jinsiy  yetuk  bo‗lib  tarakkiy  etish  davrini  bir-biridan  ajratib 
bo‗lmagan holda bir necha davrga bo‗lish mumkin: prenatal (homiladagi tarakkiyot 
davri),  bolalik  (bolaning  o‗sishida  onaga  butunlay  bog‗liq  bo‗lgan  davri), 
o‗spirinlik (etuklikka o‗tishdan oldingi davr, bu vaqtda jinsiy  a‘zolarning o‗sishi, 
kattalashishi kuzatiladi) va nixoyat yetuklik davri. 
O‗spirinlik  davri  tushunchasiga  «balog‗atga  yetish  davri»  kiradi,  bu 
o‗spirinlarning  o‗ziga  xos  davri  hisoblanadi.  Balog‗atga  yetish  davri  yoki  jinsiy 
yetilish  davri  bolalarning  tashqi  tuzilishida  o‗zgarish,  jinsiy  tarakkiyotning 


 
346 
ikkilamchi  belgilari  yoki  boshlang‗ich  belgilari  paydo  bo‗la  boshlaydi.  Bu 
davrning oxiriga kelib jinsiy bezlarning modda ishlab chiqishi ortadi. 
Bu  davrga  kelib  jinsiy  a‘zo  o‗ziga  xos  bo‗lgan  modda  ishlab  chikara 
boshlaydi,  undan  yashash  kobiliyatiga  ega  bo‗lgan  jinsiy  hujayra  ajratib  chikara 
boshlaydi.  Bu  hujayralar  ayol  tanasida  homila  paydo  qilish  kobiliyatiga  ega 
bo‗ladi. 
Balog‗atga  yetish  davrining  boshlanganligini  odatda  jinsiy  bezning  ishlab 
chikargan shirasini (garmonni) odam organizmiga ta‘siri natijasida paydo bo‗lgan 
belgilarga qarab baholanadi. Bu shira balog‗atga yetish davrida odatda ko‗payadi, 
tarakkiyot davri bilan bog‗liq bo‗ladi, hamda genetik va tashqi muxit ta‘siri bilan 
bog‗liq bo‗ladi. 
Odamlarda odatda balog‗atga yetish davrining boshlanishi kovukda, qo‗ltik 
ostida,  yuzda  tuklarning  o‗sib  chiqishi  bilan  belgilanadi.  Shu  bilan  birga 
tuxumdon,  ayollarning  jinsiy  bezi  va  jinsiy  a‘zoning  qizlarda  ko‗krak  sut 
bezlarining  kattalashishi  bilan  izoxlanadi.  Qizlarda  xayz  ko‗rish,  o‗g‗il  bolalarda 
jinsiy  a‘zolarning  funksional  holati  va  suyuqlik  ajratib  chikarish  birmuncha 
kechroq kuzatiladi. Bu vaqtda jinsiy rivojlanish bilan birgalikda jismoniy va asabiy 
rivojlanishning o‗ziga xos davri boshlanadi. 
Balog‗atga yetish davrining boshlanishi va uning qancha vaqt davom etishi 
mumkinligini  shaxsning  o‗ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi.  Masalan:  ko‗pchilik 
tekshirish  shuni  ko‗rsatadiki,  10  yoshli  bolalarning  40  %  jinsiy  rivojlangan, 
holbuki boshqa bir kuzatish 14 yoshli o‗g‗il bolalarning 6 % hali jinsiy rivojlanish 
butunlay  boshlanmaganligini  ko‗rsatadi.  Kuzatishlar  shuni  ko‗rsatadiki,  15  yoshli 
bolalarning hammasida u yoki bu darajada jinsiy rivojlanish boshlangan bo‗ladi, 7 
% da to‗liq jinsiy tarakkiyot tugallanganligini ko‗rsatadi. Qizlarning kuzatish ham 
xuddi  shuningdek  shaxsiy  tarakkiyotning  u  yoki  bu  darajada  ko‗rsatadi.  Ko‗p 
mikdorda  kuzatish  natijasida  shu  aniklanganki,  12%  12  yoshli  qizlarda  jinsiy 
tarakkiyot to‗liq tarakkiy etgan bo‗lsa, boshqa bir kuzatish 15 yoshli qizlarning 12 
%  butunlay  tarakkiy  etmaganligini  ko‗rsatadi.  Jinsiy  tarakkiy  etmaganlikning 
o‗rtacha yoshi 13,5 yosh hisoblanadi, bu tarakkiyot 11-16,3 yoshlar orasiga to‗g‗ri 
keladi. Yuqoridagi ko‗rsatkichlar shuni tasdiklaydiki, jinsiy balog‗atga yetish davri 
keng  qo‗lamda  bo‗lib,  uzoq  vaqt  davom  etishi  mumkin.  U  jinsga,  sharoit  va 
yashash  joyiga  genetik  xususiyatlar  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Shunga  asosan 
o‗spirinlik  davrini  uning  jinsiy  balog‗atga  yetishish  davriga  ko‗ra,  erta  yoki 
vaqtlik, o‗rta va kechikib tarakkiy etish davrilariga bo‗linadi. 
Jinsiy  tarakkiy  etganlik  darajasini  baholashda  odatda  Tenner  sxemasidan 
foydalaniladi. Bu sxema asosan ertangi o‗spirinlik davr uning birinchi va ikkinchi 
stadiyalariga  to‗g‗ri  keladi,  o‗rta  tarakkiyot  3-4  stadiyaga,  kechki  tarakkiyot  5-
stadiyaga to‗g‗ri keladi. Bu klassifikatsiyasi (Tenner deyiladi). 
 
 
 
 
 
 


 
347 
O‗G‗IL BOLALARDA JINSIY RIVOJLANISh STADIYaLARI 
(I.M. TENNER BO‗YIChA). 
 
Stadiya

 lar  
 Kovuq tuklarining 
 holati. 
 Jinsiy a‘zo 
 Urugdon 
 1.  
 Bo‗lmaydi. 
Kattaligi 
o‗lchovi 
balog‗atga  yetishdan 
avvalgi  davrga  mos 
keladi. 
Kattaligi balog‗atga 
yetishdan 
oldingi 
davrga mos keladi. 
 2. 
Tuklar 
uzun, 
pigmentlashgan, siyrak 
Biroz kattalashgan 
Biroz 
kattalashgan 
tug‗ilgandagi 
razmeridan  
o‗zgargan. 
 3. 
Tuklar 
nisbatan 
koramtir,  ko‗p  emas, 
jingalak 
bo‗la 
boshlaydi. 
 Uzayadi. 
 Kattalashadi. 
 4. 
Kattalarnikiga 
o‗xshash, 
ammo 
kamroq bo‗ladi. 
Kattalashadi, 
boshi 
kattalashadi,  tanasini 
diametri ortadi. 
Kattalashadi, 
urug‗don 
terisi 
koramtir bo‗ladi 
 5. 
Kattalarnikiga 
o‗xshash  son  ingichka 
qismiga tarkaladi. 
 Kattalarnikidek 
 Kattalarnikidek  
 
QIZLARDA JINSIY BALOG‗ATGA YeTIShISh STADIYaLARI. 
 
Stadiya 
lar 
 Kovuq tukning o‗sishi 
 Ko‗krak sut bezlari 
 1. 
Balog‗atga yetish oldi davri 
Balog‗atga yetish oldi davri 
 2. 
Jinsiy  a‘zo  labining  medial 
qismida 
joylashgan, 
siyrak 
to‗g‗ri pigmentlangan tuk paydo 
bo‗ladi 
Ko‗krak  bezi  va  so‗rg‗ich  tanadan 
biroz  ko‗tariladi,  so‗rg‗ich  atrofi 
zonasini diametri kattalashadi 
 3. 
Tuklar sarg‗ayadi, jingalak bo‗la 
boshlaydi, ko‗payadi. 
Bez 
va 
so‗rg‗ich 
atrofi 
kattalashadi, lekin anik ajralmaydi. 
 4. 
Qattiq,  jingalak  tuklar,  lekin 
kattalarnikidan kamroq. 
So‗rg‗ich  atrofi  va  so‗rg‗ich 
qo‗shimcha do‗nglik hosil qiladi. 
 5. 
Kovug‗  usti  uchburchaksimon 
tuklar bilan qoplangan, asta chot 
orasiga tarkala boshlaydi. 
So‗rg‗ich  yaxshi  tarakkiy  etgan, 
so‗rg‗ich atrofi do‗ngligi bez bilan 
ko‗shilib  bir  butun  do‗nglik  hosil 
qiladi. 
Immun  sistemasi  organizmning  to‗sik  mexanizmi  hisoblanib,  o‗zaro 
makrofaglar, 
leykotsitlar, 
limfotsitlar, 
kompanent 
sistemasini 
jamlagan. 


 
348 
Shuningdek  unga  shikastlanmagan  shilliq  yuzalar  va  ko‗zg‗aluvchan  kiprikli 
epiteliy  kiradi.  Majmuaning  asosiy  vazifasiga  organizmni  infeksion  ta‘sirlardan 
himoya  etish  kiradi.  Biroq  ushbu  himoya  allergiya,  autoimmun  reaksiyalar  va 
transplantatsiya kilingan a‘zolar va to‗qimalar sikib chikarishi bilan amalga oshadi. 
Immun  majmua  hujayralarining  kelib  chiqishi.  Keyinchalik  limfotsitlarga 
aylanuvchi  hujayralar  dastlabki  komponent  birlamchi  hujayralar  sifatida  paydo 
bo‗ladi, ulardan gemopoetik va limfoid majmuaning barcha hujayralari rivojlanadi. 
Homila  rivojlanishini  dastlabki  davrida  birlamchi  hujayralar  asosi  bo‗lib  jigar 
hisoblanadi.  Keyinchalik  hujayralar  suyak  ko‗migida  joylashadi,  hayot  davomida 
birlamchi hujayralar manbai bo‗lib xizmat qiladi. 
Hujayralar yetilishi. Limfoid manba hujayralari T va V hujayralarga aylanib 
himoya ishida turli vazifalarni bajaradi. T hujayralar o‗z nomini o‗zlari yetiladigan 
va uzviy bog‗liq bo‗lgan kalqonsimon bez nomidan, V hujayralari esa jo‗jalardagi 
Fabritsius  sunkasi  va  odamdagi  suyaklar  ko‗migidagi  bog‗liqlik  tufayli  olgan. 
So‗nggi  davrdagi  olingan  ma‘lumotlarga  asosan  odamning  homila  davridagi 
rivojlanishida Fabrius sunkasi vazifasini jigar bajaradi. V hujayralar erta yetilishiga 
bog‗liq  bo‗lgan  ko‗p  o‗zgarishlar  antigen  stimulyatsiyasiga  aloqasi  yo‗q  va 
ularning  alohida  yetuklik  darajasini  uzoqlaydi.  Erta  yetilish  davri  so‗ngida  V 
hujayralar antigen ta‘siriga javob bera oladi va bu immun holatda uni izoxlaydigan 
terminal yetilish deb ataladi. 
Kalqonsimon  bez  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  gormonlar  T  hujayralar 
terminal  yetilishi,  shuningdek  o‗zining  hujayralari  proliferatsiyasi  va  yetilishda 
ham katta ahamiyat kasb etadi. 
 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish