BIR YoShDAN KATTA BOLALARNI OVQATLANTIRIShNING
ZAMONAVIY USULLARI.
Modda almashinuvida ishtiroq etuvchi xazm va ferment sistemasini yetilishi,
nerv sistemasini ryog‗ulyator funksiyasini tiklanishi, 1 yoshdan keyin bolalarni
doimiy ovqatlantirishga o‗tkazishga imqon beradi.
Keyingi yillarda bolalarni ovqatlantirishda maxsulotlar xilma-xilligi
kengayib bormoqda, ularda yarim fabrikat va qonservalar nisbati ortib bormoqda.
Shuning uchun vrach pediatr faoliyatida 1 yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish
tartiblarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Ovqatlantirishni tuzishda jismoniy, jinsiy, psixik rivojlanishni tezlashishi,
ya‘ni akseleratsiyani hisobga olish kerak. Keyingi yillarda aniklanishicha,
bolalarda energiya sarfi keskin oshib bormoqda, bunda bir xil mexnat faoliyatida
o‗g‗il bolalar qizlarga nisbatan ko‗p energiya sarf qiladilar, ayniqsa usmirlik
davrida. Bundan tashqari, bolaning tarbiyasi va uqishidagi o‗zgarishlar (jismoniy
mashklarni erta boshlash, jismoniy mexnatga o‗rgatish, bilishi kerak bo‗lgan
axborotlarni ortishi) bolalarga moslashgan ovqatlantirish tuzishni talab qiladi,
ayniqsa maxsus maktab ukuvchilari uchun.
Bolalarga individual va kollektiv tarbiyasi sharoitida ovqatlantirish tuzishda
uni moslashgan bo‗lishiga e‘tibor berish lozim. Maxsus kollektiv tarbiyasida ozuqa
maxsulotlariga bolaning talabi uy sharoiti tarbiyasidagi bolalar talabidan yuqori
turadi. 1,5 yoshdagi bolalarni 5 marta, 1,5 yoshdan katta bolalarni 4 marta
ovqatlantirish maqsadga muvofikdir.
Bolalar ovqatiga yuqori talab qo‗yiladi. U bolani yoshiga qarab kaloriya
miqdorini ta‘minlashi kerak. Ovqatni tashqi ko‗rinishi ishtaxani ko‗zgatishi kerak.
Bir yoshdan katta bolalarda ta‘m bilish kobiliyati differensirovkalashgan bo‗ladi. 3
yoshdan keyin esa bolalarda yoktirmaydigan va yoktiradigan taomlar paydo
bo‗ladi. Chaynov apparati rivojlanishi munosabati bilan ovqat tarkibiga qattiq
ozuqalarni kiritish talab kilinadi.
Ovqatni yaxshilab chaynalishi ovqat lukmasini hosil bo‗lishiga o‗z
navbatida so‗lak yog‗damida xullanishga olib keladi, bu bezlarni fermentativligini
oshiradi. Ovqatni miqdori bolani oshqozon xajmiga to‗g‗ri kelishi kerak. Sutkalik
ovqat ratsioni:
1 ½ - 1000-1100 ml
1 ½ - 3 – 1200 – 1500 ml
5 – 7 – 1600 – 1800 ml
7-11 – 2000 – 2200 ml
11 – 14 – 2300 - 2500 ml
Bolalarga taomnoma tuzishda quyidagi asosiy elementlarga rioya qilish
kerak:ovqat ingridientlariga (ya‘ni oqsil, yog‗, uglevod va kaloriyaga)
turli ozuqa-moddalarini tarkibiga
ovqatlanishni rejalashtirishga
sifatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |