282
esa sut bezlarining bosh chikaruv yo‗llari paydo bo‗ladi. Shunday qilib homila
tug‗ilganda 1 sut bezlarining faqat bosh chikaruv kanali shakllanadi holos.
Neonatal davrdagi jinsiy kriz (gormonal) hisobiga bo‗ladigan o‗zgarishlarni
nazarga olmaganda ko‗krak bezlari jinsiy rivojlanish davriga qadar o‗sishdan
to‗xtaydi. Kiz bolalar -10-12 yoshga kelib, ularda gonadotrop gormonning ajralishi
follikulalar shakllanishi kitiklashi natijasida follikulalardan esterogenlar ajralib,
ular o‗z navbatida sut bezlarini o‗sishini, hamda sut yo‗llari shakllanishini
stimullaydi. Bu davrda ya‘ni 12-13 yoshga kelib so‗rg‗ich atrofi aylanasi ham
kattalashadi. Demak, pubertat davrining dastlabki 2-3 yilida sut bezlarining
shakllanishi asosan esterogen gormoni ta‘siri ostida kechsa, ularning kiz bolalar
o‗smirlik davridagi shakllanish darajasiga esa shu jumladan so‗rg‗ich oldi
pigmentatsiyasi darajasi ham esterogen va progesteron gormonlarining birgalikdagi
ta‘siri ostida kechadi. Lekin faqat homiladorlik davridagina ko‗krak bezlari sut
sintez qilish darajasiga qadar to‗liq shakllanadi. Hozirgi paytda laktatsiya
jarayonining 4 bosqichi farq qilinadi, ya‘ni: 1. Mammogenez.
2.Laktogenez (sutni sekretsiya qilish davri).
3.Galaktopoez (sekretsiya kilingan sutni yig‗ilish davri)
4.Sut bezlarining avtomatik (o‗z-o‗zidan) tarzda faoliyat ko‗rsatish bosqichi.
Mammogenez bosqichi xomiladorlikning birinchi 2 g‗3 oyligida kuzatiladi.
Sut
bezlarining
parenximasi
dastlab
sekin,
keyin
tezda
gipertrofiyalanadi.Atsinuslarga epitelial xujayralarni ko‗chishi, sut yo‗llarini
cho‗zilishi va dixotomik yo‗l bilan bo‗linishi hisobiga 2 va 3 tartibli sektor
kanallari hosil qiladi.Sut bezlarini rivojlanishi estrogen va progestron garmonlari
ta‘siriga amalga oshadi. Estrogen garmoni sut yo‗llari rivojlanishiga,progestron
atsinuslarni kattalashiga va proliferatsiyani ta‘minlaydi. Mammogenez bosqichiga
gipofiz garmonlari(prolaktin, samototrop, adrenokortikotrop, tireotrop garmonlar),
oshqozon
osti
bezi(insulin)
va
yo‗ldosh(xorial
gonodotrop,
xorial
somatomammotrop garmonlar) garmonlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Bu bosqichda sut
hosil bo‗lmaydi, chunki xomilador ayol organizmidagi estrogen va progestron
garmonlari galaktopoezni tormozlaydi. Progestron latoza sintezini tormozlaydi,
atsinuslarni laktogen garmonlariga sezgirligini kamaytiradi, prolaktin ishlab
chiqshini tormozlaydi.
Laktogenez(atsinus hujayralarini golomerokrin sekretsiyasi) epitelial
hujayralari ko‗chishi kuzatiladi. Apikal qismidan hujayralar ko‗chadi va ekskretor
kanalga tushadi. Xomidorlikning 4 oyligida atsinus epitelial hujayralari sut sekreti
to‗plangani, apikal qismidan hujayralar ko‗chagani bilan, uning sut yo‗llari sut
tushishi tuqqandan so‗ng kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: