MUShAK TIZIMINI TEKShIRISh. So‗rash orqali ona yoki bola (katta
yoshda bo‗lsa) tomonidan qilingan shikoyatlarni, ya‘ni ko‗l-oyoq, tana
muskullar gruppasining atrofiyaga uchrashi, qo‗l yoki oyoqning qimirlamay
qolishi yoki uning chegaralanishi, qo‗l-oyoqlarda bo‗shashishliklarning paydo
bo‗lishi, muskullar kuchining kamayishi, yuz mimikasining o‗zgarishlariga e‘tibor
berib, ularni qachon va nimalardan keyin paydo bo‗lishini aniqlash kerak.
So‗rab surishtirilganda bolada tug‗ma jarohatlanish bo‗lmaganligini
tasdiqlash uchun akusherlik tarixini yaxshilab o‗rganish kerak. Shundan so‗ng
bola mushaklarining taraqqiyot darajasini, hajmini, kuchini va harakatlanish
kobiliyatlarini aniqlanadi. Ko‗zdan kechirganda qanchalik mushaklar
taraqqiy etganligi aniqlanadi. Ko‗zdan kechirganda qanchalik mushaklar
taraqqiy etganligi tekshiriladi. Mushaklar hajmi ko‗zdan kechirish va
paypaslash bilan bilan birgalikda uning tashqi tuzilishi, simmetrik taraqkiy
etganligi ham aniqlanadi. Yosh bolalarda teri osti yog‗ qavatining yaxshi
rivojlanganligi sababli mushaklarning taraqkiy etganligi darajasini aniqlash qiyinroq
bo‗ladi. Normada 5-6 yoshli bolalarda barcha guruh muskullar yaxshi rivojlangan
bo‗ladi. Mushaklarning tinch holatda tana va ko‗l-oyoqda ko‗zga gashlanib
turishi, taranglashganda tortilgan muskul releflari yaqqol paydo bo‗lishi,
mushak tizimining yaxshi rivojlanganligini ko‗rsatadi. Kuchsiz rivojlapishda esa
tana va oyoq-qo‗l muskullari vazni kamayib, tonuslari pasaygan bo‗ladi.
Mushaqlar tonusining bir necha usulda baholash mumkin. Bola gavdasini
tutishi va ko‗p oyoqlari holatlarini ko‗rishni o‗zi mushak tonusi xaqida tax.minan
tushuncha 6epajin. Mushak tonuspni tekshirish xatto xomilaning yoshn
to‗grisida ham tushupcha berishi mumkin. 27-30 haftalik chala tug‗ilgan bola
orqasi bilan stqizmlganda qo‗l-oyog‗ini cho‗zib yotadi, 30 haftada oyog‗ini son va
tizza bo‗ginlarmda buksa ham 34 haftagacha qo‗li cho‗zilgan holatda bo‗ladi. 36-38
haftada qo‗l-oyoq bo‗ginlarida buqilgan bo‗ladi, ammo qo‗li yozib ko‗rilganda
omsongina cho‗zilish holatda qoladi. 40 haftalik bolani qo‗li yozib
ko‗rilganda, shu on yana o‗z holatiga qaytadi.
122
Sog‗lom .bola tug‗ilganda qo‗li tirsakdan buqilgan, tizza, soni qoringa
tortilgan holatda bo‗ladi. Agar chaqaloq qo‗l-oyog‗ini cho‗zgan holatda yotsa,
mushak tonusi pasaygan (gipotoniya) hisoblanadi.
Mushak tonusi oshganda, (gipertoniya) qo‗l-oyoqlari tarang o‗zatilgan,
barmoqdar musht holida yig‗ilgan, boshi orqaga tortilgan bo‗ladi.
Mushaklar tonusi haqida qo‗l va oyoqni passiv harakati vaqtida
qarshilik ko‗rsatish darajasiga, mushak qonsistensiyasiga qarab hulosa
chiqariladi. Normada simmetrik uchastkalardagi mushak tonusi bir xil bo‗lishi
kerak. Chaqaloq bolalarda eguvchi muskullar gipertonusi mavjudligida "qaytish
simptomi" tekshiriladi. Bunda orqasi bilan yotgan bola oyog‗i asta yozilib,
to‗g‗rilangan holatda (5 sekund) ushlab turiladi va qo‗yib yuboriladi. Bunda bola
oyog‗i darhol eski holatga qaytadi. Agar mushak tonusi biroz pasaygan bo‗lsa, eski
xddatga qaytish to‗liq bo‗lmaydi. Erta yoshdaga bolalarda fiziologik gipertoniya
yo‗qolgach, mushak tonusi haqidagi ma‘lumotni bolaning ko‗krak sohasidan
kuchoqlab uning oyog‗idan boshini pastga yo‗naltirilgan holda asta ko‗tarib bir necha
sekund ushlab turib bilish mumkin. Bola mo‗shagining tonusi normada bo‗lsa,
uning boshi, tanasi bilan bir xil tik tekislikda, ammo osilib qolmagan holda bo‗lib,
qo‗li bir oz buqilgan, oyog‗i esa o‗zatilgan ko‗rinishda bo‗ladi.
Agar mushak tonusi pasaygan bo‗lsa bolani boshi va oyog‗i osilib
turgandek, gipotoniyani juda og‗ir xilida esa qo‗li ham osilib turgandek bo‗lib
qoladi. Mushak gipertoniyasida esa qo‗l oyoqlar buqilgan boshi orqaga kdrab
tashlangan holatda bo‗ladi.
Ko‗krak yoshidagi bolalarda qo‗l muskullari tonusini aniqlashda,
tekshiruvchi chalqancha yotgan bola bilagidan ushlab o‗ziga qarab tortib
o‗tkazmoqchi bo‗linadi. Bunda bola oldin ko‗lini yozib (birinchi faza) keyin
butun tanasi bilan huddi vrachga yordam bergandek, o‗zini ko‗tarmoqchi
(ikkinchi faza) bo‗ladi. Mushak tonusi oshsa, birinchi faza kamaysa,
ikkinchi faza yo‗qoladi. Bu yoshda muskul tonusini tekshirishda shuni yodda tutish
lozimki, chala tug‗ilgan bolalarda umumiy mushak gipotoniyasi 1,5-2 oygacha
saqlanib, ularda keyin paydo bo‗lgan bukuvchi muskullar gipertoniyasi 5-6
oygacha saqlanadi.
3 yoshgacha bo‗lgan bolalarda mushak kuchi tahminan bolaning u yoki
bu xoxlagan harakatida ko‗rsatgan qarshiligini sub‘ektiv sezishga
123
Do'stlaringiz bilan baham: |