BOLALARGA KO‘RSATIL ADIGAN TIBBIY YoRDAM
ASOSLARI.
O‗zbekistan Respublikasida ambulator poliklinika yordamni ko‗rsatish
O‗zbekiston Sog‗liqni saqlash vazirligining № 537 (12.10.92 y.) bo‗yrugi asosida
olib boriladi. Unda uchastka shifokori va tibbiyot hamshirasining va tor mutaxasislar,
bo‗lim boshliqlari va bosh shifoqorning funksional vazifalari ko‗rsatilgan, hamda
kunduzgi statsionar, statsionargacha bo‗lgan tez yordam ko‗rsatish, uyda statsionar
tashkil qilishi bo‗yicha yo‗l-yo‗riqlari berilgan. Xomilalik boshlanishi bilan
xomilador ayol - ayollar konsultatsiyada hisobga o‗tib, u yerda xomiladorlikning
birinchi yarmida 1 marotaba, ikkinchi yarmida 2 marotaba, xomilalikning oxirgi
oyida har haftada quruqdan o‗tishi lozim. qonsultatsiyada xomilador ayolni
vrachlardan akusher-genekolog, terapevt, lozim bo‗lsa boshqa mutaxasislar quruqdan
o‗tkazadi. Xomilador ayol sog‗lig‗ida o‗zgarish kuzatilsa, uy sharoitida agar lozim
bo‗lsa, tug‗ruqxonada yoki ginekologiya bo‗limlarida davolanadi.
Onalar konsultatsiyasi o‗z navbatida xomilador ayol haqida mazkur
territoriyaga oid bolalar poliklinikasiga ma‘lumot beradi. Poliklinikaning vrach
pediatri yoki uchastka tibbiyot hamshirasi bu xabarni olgach, xomilador ayolni uyiga
borib, bola tug‗ilishidan oldingi patronaj (fransuzcha so‗z bo‗lib «o‗z ximoyasiga
olish» ma‘nosini bildiradi) o‗tkazadi.
Bunga antenatal patronaj deyiladi. Bunda maqsad oilaning ijtimoiy va iktisodiy
sharoiti, salomatligi, xo.miladorlikning kechishi haqida ma‘lumot olish va sog‗lig‗iga
salbiy ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash, hamda xomiladorlikning keyingi davrida
rioya qilinishi zarur bo‗lgan kun tartibi, ovqatlanish, kiyim- kechak gigienasi, oilani
farzand tug‗ilishiga tayyorlash borasida tavsiyalar berishdan iborat. Shu bilan bir
qatorda mahalla tibbiyot hamshirasi xomilador ayolni poliklinika qoshida tuzilgan
kunduzgi yosh onalar maktabiga taklif etadi. Bola tug‗ilguncha o‗tkaziladigan
ikkinchi patronajni xomiladorlikning 31-32 haftalarida o‗tkaziladi. Bundan maqsad
birinchi patronajda berilgan tavsiyalarni bajarilganligini tekshirish, xomilador
ayolni salomatligini va xomiladorlikning kechishini aniqlash, shu davrda xomilador
ayolning o‗tkazgan kasalliklarini va qabul qilgan dori-darmonlarini aniqlashdan
iborat. Bu davrdan boshlab raxit kasalligining antenatal profilaktikasi o‗tkaziladi.
Yosh onalar maktabida uchastka shifoqori tomonidan xomilador ayolni qiziqtirgan
mavzularda ma‘ruzalar uyushtiriladi. Poliklinikaning sog‗lom bola xonasida
ko‗rgazmalar, kitobchalar yordamida xomilador ayol bolani parvarish qilish,
ovqatlantirish (emizish texnikasini), kiyim kechak, kerakli jihozlarni tayyorlash, bola
uchun alohida xona yoki xonaning bir burchagidan joy ajratib, uni jihozlash haqida
ma‘lumotlar berib o‗rgatiladi.
Agar xomiladorlik patologik kechsa, ekstragenital kasallik kuzatilsa, iqtisodiy-
ijtimoiy sharoit qonikarli bo‗lsa, bunday xomilador ayollarga mahalliy shifoqor yoki
hamshira tomonidan uchinchi patronaj ham o‗tkaziladi.
Bola tug‗ilgach tug‗ruqxona ma‘muriyati, bu haqda turar joyga taaluqli bolalar
poliklinikasiga xabar beradi. Bola tug‗ruqxonadan chiqgach, 1-2 kun davomida
uchastka pediatri va tibbiy hamshira uni borib ko‗radi va bolani tug‗ilgandan keyingi,
ya‘ni postnatal patronajni o‗tkazadi. Bunda bolani diqqat bilan quruqdan o‗tkazib,
tug‗ruqxonadan berilgan xujjatlarni o‗rganib, onada laktatsiya holatini aniqlab, bolani
18
ko‗krak bilan emizish va parvarish qilish bo‗yicha to‗liq ko‗rsatma beriladi. Tibbiyot
hamshirasi bolani emizish, cho‗miltirish, yo‗rg aqlash, kindik yara, teri, shilliq,
qavatlarni toza saqlash va hakozo parvarish omillarini onaga o‗rgatadi. Birinchi oy
davomida, ya‘ni bolaning chaqaloqlik davrida vrach uni qoida bo‗yicha 3 marotaba
quruqdan o‗tkazadi, zarurat tug‗ilganda esa har kuni ko‗radi. Chaqaloqlarning
uchinchi patronaji poliklinika qoshida uchastka shifoqori qabulida o‗tkaziladi va
bunda
antropometrik
o‗lchamlari
olinib,
chaqaloqning
qay
darajada
rivojlanayotganiga baho beriladi. Chaqaloqlik davriga epikriz yoziladi (f. 112 ga),
individual emlash kalendari tuziladi (SanPIN № 0002-1992 № bo‗yicha).
Vrach-pediatr sog‗lom bolani bir yoshga tug‗ilguncha har oyiga bir marotaba
poliklinikada quruqdan o‗tkaziladi va uning sog‗lig‗i jismoniy, asab va ruxiy
rivojlanib borishini baholaydi. Agar bu ko‗rsatkichlarda o‗zgarish kuzatilsa, darhol
qo‗shimcha tekshirish va davolash choralarini ko‗radi.
Sog‗lom bolani quruqdan o‗tkazishda, uning uchun jismoniy tarbiya va
chiniktirish uslubini belgilash muhim hisoblanadi. Vrach va maxsus tibbiyot
hamshirasi boshqaruvida har qaysi ona bolani yoshiga mos mashg‗ulotlar
kompleksini o‗rganib, bularni uyda mo‗tassil ravishda o‗z farzandi bilan o‗tkazib
borishi lozim. Sog‗lom bolalarni ko‗ruvdan o‗tkazib borish vazifasi o‗z ichiga
bolalarda ko‗proq uchrab turadigan raxit, kamqonlik, gipotrofiya kasalliklarini oldini
olish choralarini qo‗llab borishlik va emlash profilaktikasini o‗tkazishni kuzatib
borish vazifasini ham o‗z ichiga oladi. Chala tug‗ilgan, tug‗ilishda jarohatlangan,
gemolitik kasalik, pnevmoniya, sepsis va boshqa kasali bor chaqaloqlar vrach-pediatr
va bo‗lim boshlig‗ini
alohida diqqat e‘tiboriga ega bo‗lgan ko‗ruvda bo‗ladi. Bulardan tashqari bir
yoshgacha bo‗lgan bolalarni bir gurux mutaxasislar (jarrox-ortoped, nevropatolog va
oftalmolog) quruqdan o‗tkazadilar. Keyinchalik bolani vrach-pediatr ikki yoshligida
har kvartalda, uch yoshligida har yarim yilda, keyingi yoshlarda esa har yiliga bir
marotaba quruqdan o‗tkazishi kerak. Bog‗cha yoki maktabga qatnaydigan bolalar
maxalliy vrach-pediatr va bolalar muassasalari vrachi kuzatuvida bo‗ladilar. Bolaning
ikki, uch yoshlik davrida ko‗rsatiladigan eng asosiy profilaktik choralarni, kun
tartibini yaratish, ovqat xilini o‗zgartirish, jismoniy tarbiyalab chiniqtirish, ruxiy
rivojlanib borishini ta‘minlash tashkil qiladi. Keyinchalik profilaktik kuzatuvga
boshqa xil mutaxasislarni jalb qilib borgan holda, bolani maktabga borishga tayyorlab
boriladi. Bunday kuzatuv bolaning uch yoshligidan boshlanadi. Chunki, bunda agar
bolaning rivojlanishida biror o‗zgarish yoki kasallik kuzatilsa, uni o‗z vaqtida
oldindan davolab olish imkoniyati tug‗iladi. Bu davrda bolalar stomatolog,
nevropatolog, oqulist, otolaringolog, xirurg-ortoped, agar lozim bo‗lsa boshqa
mutaxasislar kuzatuvidan o‗tadilar. Poliklinikaga boladagi biror o‗tkir yoki surunkali
kasallik bilan murojaat qilinganda, uni uyda yoki shifoxonada davolashni vrach
pediatr hal qiladi. Uyda davolanganda zaruratga qarab vrach pediatr har kuni bemorni
borib ko‗radi, tibbiyot hamshirasi esa bolani holidan xabar olish bilan barcha har xil
tibbiy mulojalarni bajarib boradi. Hozirgi vaqtda sog‗liqni saqlash tizimida
ambulatoriya va poliklinika yordami mahalliy territoriyaga bulingan prinsipda tashkil
qilinadi. Bu prinsip afzalligi shundaki, bunda har bir vrach- pediatr va tibbiyot
hamshirasiga bola yashayotgan va tarbiyalanayotgan muhitni chuqur o‗rgangan
19
holda, uni uzluksiz kuzatish orqali yuqori darajali profilaktik va davolash ishlarini
tashkil qilish va ijobiy natijalarga erishish im qoniyati tug‗iladi. Poliklinika
strukturasiga ham o‗zgartirish kiritildi. Bunda pediatrik bo‗lim - 0 yoshdan - 18
yoshgacha bolalarga, terapevtik bo‗lim - kattalarga tibbiy yordam ko‗rsatadi.
Pediatrik bo‗lim ikki bo‗limga ajratilgan: 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‗lgan bolalarga
maxalliy shifoqor pediatr tibbiy yordam ko‗rsatadi. Bunda bitta maxalliy shifoqor-
pediatri kuzatuvida 450-500 ta bola bo‗lishi ko‗zda tutilgan (№ 505 - bo‗yruk,
07.12.92 i.). 7 yoshdan 18 yoshgacha bolalarga maktab-o‗smirlar shifoqori tibbiy
yordam ko‗rsatadi. Bunda 1 shifoqor kuzatuvida 1000 ta bola bo‗lishi ko‗zda tutilgan
(302 son bo‗yruk, 27.05.92 y.). Bunda shifoqorlar sog‗lom bolalarni muntazam
ravishda profilaktik quruqdan o‗tkazib, bemor bolalarni sistematik ravishda aktiv
kuzatib borgan holda kompleks ravishda zarur sog‗lomlashtirish va davolash ishlarini
olib boradi. Buning uchun vrach pediatr keng darajada ilmiy klinik bilimga ega
bo‗lishi, keng mikyosidagi profilaktik ishlar bilan bir qatorda turli xildagi
kasalliklarni o‗z vaqtida aniqlay olishi va davolash choralarini ko‗rishi lozim. Bunda
o‗nga bolani muntazam ravishda kuzatgan holda uni yaxshi bilishi, bolanig ota-onasi
bilan doimiy muloqatda bo‗lib, ular ishonchini qozonib olgani katta yordam beradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, ko‗rsatilayotgan profilaktik va davolash choralarining
natijasi faqat mahalliy vrach pediatrga bog‗liq bo‗ladi, chunki ko‗p xildagi
kasalliklarning oqibati to‗g‗ridan to‗g‗ri ularni aniqlangan vaqti bilan bog‗liq bo‗ladi.
Bolalar muassasasida ishlaydigan vrachlar ham bolalar poliklinikasi shtatida
bo‗lishib, har bir vrach pediatr kuzatuvida yaslilarda yoki yasli gruppali bolalar
bog‗chasida 250, bolalar bog‗chasida 700 bola bo‗ladi. Bu muassasa vrachlarning
vazifasiga bolalar sog‗lig‗ini kuzatish, kasalliklarni aniqlash va davolash, o‗tkir
kasalliklar va baxtsiz xodisalarda shoshilinch yordam ko‗rsatishlar kiradi. Bundan
tashqari ular kun tartibi, ratsionga oid ovqatlanishni epidemiyaga qarshi choralarni
tashkil qilib, sanitar oqartiruv ishlarini olib boradilar. Bolada o‗tkir kasallik, baxtsiz
xodisa kuzatilganda, bolalar poliklinikasi navbatchisi yoki shoshilinch tez yordam
muassasasiga murojaat etiladi. Bolalar shifoxonasida asosan kasallikni aniqlash va
davolash ishlari amalga oshiriladi. Shifoxonaga bemor bolalar reja asosida maxalliy
vrach pediatr yo‗llanmasi bilan yoki shoshilinch ravishda bolalar poliklinikasining
navbatchi vrachi yoki tez yordam xizmati yo‗llanmasi bilan keladilar. Bolalar
kasalliklari shifoxonasi yuqumli kasallik uchun alohida yuqumli bo‗lmagan
kasalliklar uchun alohida tashkil etiladi. Bolalardagi o‗tkir kasalliklar ko‗pincha
infeksiya ta‘sirida kelib chiqishini nazarda tutgan holda shifoxona bo‗limlarini,
bolalarni mumkin qadar bir-biriga qo‗shmaslik maqsadida, boks yoki yarim boks
holida tashkil etiladi. Shifoxona bo‗limlari umumiy, ixtisoslashtirilmagan yoki
ma‘lum kasalliklar bo‗yicha ixtisoslashtirilgan bo‗lishi mumkin. Bolalarga
ixtisoslashtirilgan yordamni rivojlantirish, yirik shifoxonalarda chaqaloq bolalar,
pulmonologiya, kardiologiya, gastroenterologiya, nevrologiya, otolaringologiya va
boshqa bo‗limlarni tashkil etishga olib keldi. Pediatriya shifoxonalari intensiv
yordam palatasi yoki bo‗limi va reanimatsiya bo‗limlarini mavjudligi, davolash im
qoniyatlarini kengaytiradi.
Oxirgi yillarda keng qo‗llanilayotgan bemor bolalarni bosqichma- bosqich
davolash uslubi o‗zining yaxshi natijalarini bermoqda. Ko‗pincha uch bosqichda,
20
ya‘ni bemor bola oldin shifoxonada, keyin shifoxonadan shu bemor kasalligiga oid
sanatoriyaga o‗tkazilib davolangach, poliklinikani dispanser kuzatuviga o‗tkaziladi.
Bolalar shifoxonasi vrachlari bo‗limlarda 20-25 bemorni kasalini aniqlab davolaydi
va reja asosida shifoxonada navbatchilik qiladi. Oxirgi yillarda bolalarga
extisoslashtirilgan tibbiyot yordamini takomillashtirishda, o‗zining qonsultatsiya
xonalari, shu davrgacha qo‗lga kiritilgan yutuqlar, hamda kelgusida davolash va
kasallikni oldini olish masalalarini takomillashtirish masalalari muxoqama etilgan.
O‗zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlatimizni hamma
jabxalari, shu jumladan, sog‗liqni saqlash sohasi masalalariga ham yangicha
yondoshishga to‗g‗ri keldi. Shu davrgacha bizda sog‗liqni saqlash tizimini rivojlanish
mezoni davolash muassasalaridagi joy (koyka) sonini ko‗payishi va vrachlar sonini
ortishi bilan ulchanar edi. Bunday qaraganda 1991 yilda O‗zbekiston davolash
muassasalaridagi joy (256,7 ming) va vrachlar soni (71,1 ming) jixatidan sobik
ittifoqda oldingi birinchilar qatorida bo‗lgan, ammo kutilgan natijalarga erishilmagan.
Aholi o‗rtasida kasallik va o‗lim ko‗p bo‗lgan. O‗zbekistan Respublikasi uzoq yillar
davomida ona va bola salomatligi ko‗rsatkichlari bo‗yicha sobiq ittifoq respublikalari
ichida ayanchli o‗rinlardan birini egallab kelgan. Bunday noxush vaziyatni tugatish
maqsadida Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Prezident I.A. Karimov
rahbarligida O‗zbekiston xukumati sog‗liqni saqlash tizimida onalik va bolalikni
muhofaza etish ishlariga alohida ahamiyat karatildi. Bu muhim vazifani xal qilishga
katta ichki va tashqi imkoniyatlar safarbar qilindi. Natijada xalqimizning moddiy va
ma‘naviy turmush darajasini yaxshilash, kishilar salomatligini muhofaza qilish
borasida muhim ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda.O‗z navbatida
O‗zbekiston Sog‗liqni Saqlash Vazirligi bu yo‗nalishda muhim tashkiliy va amaliy
ishlarni hayotga tadbiq etib keldi va tadbiq etib kelmoqda. 1992 yil 8 dekabrda qabul
qilingan O‗zbekiston Respublikasi qonstitutsiyasi xalklarimizni asriy orzularini
ruyobga chiqarishda fuqarolarning xuquq va erkinliklarini maksimal darajada
ta‘minlovchi eng demokratii qonstitutsiya hisoblanadi. 1993 yil 7 mayda 1 va 2
darajali «Sog‗lom avlod uchun» ordeni ta‘sis etildi. Bu ordenga o‗sayotgan avlodni
sog‗lomlashtirishda o‗zining o‗lkan xissasini qo‗shgan kishilar munosib bo‗lmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1996 yil 21 mayida 182-sonli
qarori qabul qilindi. Bu karorda qishloq sog‗liqni saqlash tizimini rivojlantirish, yangi
qishloq vrach punklarini qo‗rib, punkt ishlarini optimal variantini tanlash ko‗zda
tutilgan. 10 Noyabr 1998 yilda O‗zbekiston respublikasi prezidenta I.A. Karimov
«O‗zbekiston respublikasida sog‗liqni saqlash tizimini islox qilish davlat dasturi
to‗g‗risida» farmoniga imzo chekdi. Farmonda oldinga qo‗yilgan asosiy vazifa
O‗zbekiston Respublikasida aholi salomatligini saqlab yaxshilab boruvchi
,
sog‗lom
avlod tarbiyasi sharoitlarini ta‘minlab berib boruvchi sog‗liqni saqlash tizimini
yaratishdan iborat. Farmonda O‗zbekiston Respublikasida sekin asta navbatma-
navbat sog‗liqni saqlash milliy modeliga o‗tish ko‗zda tutilgan bo‗lib, bunda
profilaktik tabobat, sog‗lom hayot tarzini hayotga tadbiq qilib singdirish muhim o‗rin
egallaydi. Bunda strukturaviy qayta o‗zgartirish birinchi navbatda Vatanimiz
aholisini 70% istiqomat qiladigan qishloq sog‗liqni saqlash tizimidan boshlash ko‗zda
tutildi.
21
Respublikamiz sog‗liqni saqlash vazirligi sog‗liqni saqlash tizimi rivojlanish
rejasini tubdan o‗zgartirib yangidan qabul qilingan qonsepsiya bo‗yicha ish olib
bormoqda. Hozirda sog‗liqni saqlash muassasalarida asosiy yo‗nalish profilaktika
yo‗nalishi bo‗lib qolib, buning asosida ambulatoriya - poliklinika xizmati faoliyatini
intensifikatsiya qilish, iqtisodiy jihatdan tejamli bo‗lgan yangi tibbiy yordam
ko‗rsatish formalari: kunduzgi davolash bo‗limi, uyda davolash, ixtisoslashtirilgan
ambulator davolash kompleksi, mahallada davolash punktlarini tashkil qilishdan
iborat. Bizning ezgu niyatimiz, kelajagimiz buyuk davlat va erkin jamiyat ko‗rish.
Bizning taraqqiyot strategiyamiz sog‗lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni
rivojlantirishga qaratilgan. Respublikamiz Prezidentining bu so‗zlari Mustaqillik
yillarida millat genefondini sog‗lomlashtirish, sog‗lom avlodni tarbiyalash, ma‘naviy
boy, jismoniy baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni yetishtirishga
yunaltirilgan keng qo‗lamli vazifalarni asl moxiyatini ifodalaydi. Mamlakatimizda
1997 yil «Inson manfaatlari yili», 1998 yil «Oila yili», 1999 yil «Ayollar yili», 2000
yil «Sog‗lom avlod yili», 2001 yil «Onalar va bolalar yili» bo‗lib tarixga kirdi. Shu
munosabat bilan qabul qilingan davlatimiz dasturining aniq maqsad vazifalari amalga
oshirilib bormoqda. 2000 yil 27-29 sentabrida Toshkent shaxrida O‗zbekiston
pediatrlarining IV s‘ezdi bo‗lib o‗tdi. S‘ezd kundaligida mamlakatimiz mustaqilligi
davrida pediatriyaning erishgan yutuqlari va dolzarb muammolari, hamda bolalarga
tibbiy yordam ko‗rsatishning yangi shakllarining amaliyotga taqdim qilinishi,
bolalarda somatik, yuqumli va jarrohlik kasalliklari muammolari, hamda oldinga
qo‗yilgan muhim vazifalar har tomonlama muxoqama etildi. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq
yo‗naltirilgan tarzda qo‗llab- quvvatlashni kuchaytirish to‗g‗risida» 25 yanvar 2002 y
farmoniga asosan, o‗sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy, aqliy va ma‘naviy
jihatdan barkamol insonlar bo‗lib voyaga yetishishi uchun shart-sharoit yaratish
maqsadida: Bola ikki yoshga to‗lgunga qadar uni parvarishi bo‗yicha, onalarga
berilib kelayotgan oylik nafaqalar mikdori 2002 yilning 1-fevralidan boshlab eng
kam oladigan ish haqining 170% mikdorida berilib, 2003 yilning 1-yanvaridan
boshlab esa 200% mikdorida berila boshlandi. 16 yoshgacha bolalari bo‗lgan nafaqa
oluvchi oilalar kengaytirilib, umum ta‘lim maktablarida, akademik litsey va kasb-
xunar kollejlarida o‗qiydigan 18 yoshgacha bolalari bo‗lgan muhtoj oilalar oladigan
nafaqa mikdoriga shu tariqa qo‗shimchalar kiritilmoqda. Hozirda ona va bola
salomatligi yo‗lida mamlakatimizda yuz berayotgan tub o‗zgarishlar, tashkiliy
yangiliklar, barcha shahar va qishloqlarda sog‗lomlashtirish davolash muassasalarini
ishga tushurilishi ehtisoslashtirilgan malakali tibbiy yordam ko‗rsatishni tashkil
etilishi, oila mustahkam bo‗lib, farzandlar sog‗lom tug‗ilib, garmonik rivojlanishi
uchun «Oila», «Ona va bola», «Ona-bola skringi» kabi ko‗plab markazlarni tashkil
etilishi natijasida, bu bo‗lim onalar va bolalar uchun davolash va profilaktika
muassasalari tarmoqlarini tashkil etib, kengaytirish borasida ko‗p ishlarni amalga
oshira boshlagan. 1922 yilga kelib Toshkent shaxrida Roza Lyuksemburg nomli 100
o‗rinli maxsus bolalar shifoxonasi va ikkita bolalar konsultatsiya ochilgan. 1924 yilda
O‗zbekistonda 2 ta bolalar shifoxonasi va Turkiston davlat universiteti tibbiyot
fakultetining bolalar kasalliklari klinikasi, bitta sut oshxonasi, 10 ta bolalar va xotin
qizlar konsultatsiya, 7 ta go‗d aqlar uyi, 980 o‗rinli 14 ta bolalar internati mavjud
22
bo‗lgan. Shu yili O‗zbekistonda birinchi bor bolalar vrachlari jamiyati tashkil etilgan.
Keyinchalik onalar va bolalar uchun tashkil etilgan va ko‗rilgan davolash va
profilaktik muassasalari soni yil sayin ko‗payib ko‗rsatiladigan yordam sifati
takomillashib borgan. Sog‗liqni saqlash shu qatori ona va bola sog‗lig‗ini saqlash
muassasalarni tashkil etib kengaytirib borilishi soha mutaxasislarini, jumladan vrach
pediatrlarni tayyorlash extiyojini tug‗dirdi.
1920 yilda Toshkentda, O‗rta Osiyoda birinchi bor Turkiston Davlat
dorilfununini ochilishi va uni tarkibida tibbiyot fakultetati tashkil etilishi
Respublikamizda mahalliy tibbiyot xodimlarini tayyorlash imkoniyatini yaratdi.
Tibbiyot fakulteti qoshida akusher-ginekologiya va bolalar kasalliklari klinikasi
tashkil etilib, uni 1920-1922 yillarda professor A.N.Ustinov, 1924- 1930 yillarda
professor N.I.Osipovskiy, 1930 yildan R.S.Gershenovichlar boshqarishgan. Bu
davrlarda ona va bola sog‗lig‗ini saqlash ishlari kengaya borib, soha bo‗yicha
mutaxasislar tayyorlab borilgan.
1927 yilda Toshkentda O‗zbekistan davlat onalik va bolalikning muhofaza
qilish ilmiy tekshirish institutini (hozirgi pediatriya instituti) ochilishi onalar va
bolalar sog‗lig‗ini saqlash ishlarini har tomonlama keng mikyosda olib borishga yo‗l
ochib bergan. 1931 yilda Turkiston davlat dorilfununi tarkibidagi tibbiyot fakulteti
alohida O‗rta Osiyo tibbiyot oliy bilimgohi bo‗lib ajralib chiqib, uning tarkibida
onalik va bolalikni muhofaza qilish fakulteti tashkil etilgan bo‗lib, u 1935 yildan
pediatriya fakulteti deb atala boshlagan. 1942 yilda O‗zbekistan sog‗liqni saqlash
xalq komissariyatida onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‗yicha xalq komissari
o‗rinbosari lavozimi ta‘sis etilib, bu vazifaga pediatriya sohasi bo‗yicha tajribali
tashkilotchi S.N. Yuldasheva tayinlangan. Toshkent davlat tibbiyot institutining 1-
kategoriyali oliy bilimgohga aylanilishi va institutga, jumladan pediatriya fakultetiga
qabul qilinuvchi talabalar sonini ortib, klinika bazalarining kengayib borishi sababli
1945 yilning sentabr oyidan pediatriya kafedrasidan 3 ta alohida kafedralar: Bolalar
kasalliklari propedevtikasi, fakultet pediatriya va gospital pediatriya kafedralari
tashkil etilgan. Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasining asoschisi va birinchi
mudiri prof. V.I. Lыsenko (1885-1946) kafedrani faqat 4 oy boshqargan holos. U 10
yanvar 1946 yilda to‗satdan vafot etgan. 1946- 1951 yillarda kafedrani dotsenti M.Z.
Lyubetskaya 1951-1972 yillarda B.Karaxodjaev Samarkand tibbiyot institutining
bolalar kasalliklari kafedrasini 1950-1954 va 1957-1977 yillar davomida boshqargan
va uning raxbarligida o‗sha davrlarda viloyatda keng tarqalgan bezgak, leyshmanioz,
revmatizm kasalliklari, hamda kichik yoshdagi bolalarda modda almashinuvining
surunkali buzilishi sohasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. U pediatriya sohasida 15
ta fan nomzodi va 1 ta fan doqtori tayyorlagan. U O‗zbekistonda birinchi bor o‗zbek
tilida chop etilgan «Bolalar kasalliklari propedevtikasi» darsligini muallifidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |