Rasm. Mushak kuchini qo‘lda
Rasm.Mushak kuchini oyoqda aniqlash aniqlash
asosan aniqlanadi (masalan o‗yinchoqni qo‗lidan olib kuyishda). Katta bolalarda
mushak kuchi dinamometr yordamida tekshiriladi.Normada o‗ng ko‗l panjasi
dinamometri ko‗rsatkichi quyidagicha: 7 yoshda qiz bolalarda 9 kg, o‗g‗il
bolalarda 11 kg, 11 yoshda muvofiq ravishda 20 va 23 kg, 15 yoshda muvofiq,
ravishda 30 va 33,5 kg. Muskul sistemasini tekshirishda mexanik va elektrik
qo‗zg‗aluvchanlikni asbob-uskunalar yordamida aniqlanadi. Elektromiografiya usulida
mushaklarni bioelektrik farqligi aniqlanadi. Klinik va elektromiografik usulida
tekshirish harakatning buzilishi markaziy yoki periferik asab sistemasi yoki
mushak apparatining jarohatlanishidan ekanligini farqlash imqoniyatini beradi.
Xronoqsimetriya usulida elektr qitiqlash berilgan vaqtdan mushak qisqarguncha
ketgan minimal vaqti aniqlab, mushak qo‗zg‗aluvchanligi aniqlanadi. Mushak
tizimining irsiy kasalliklarini aniqlashda bioximik usuldagi tekshirishlar, ya‘ni
qon va siydikda aminoqislota va fermentlar miqdorini aniqdanadi. Bu
kasalliklarga siydik bilan ajralib chiqadigan aminoqislotalar mikdorini oshib
ketishi harakterlidir.
So g‗lo m o‗z yo shiga monand o‗sgan bolalarda muskullar
nor mal taranglikda, tananing simmetrik sohalarida, bir xil rivojlangan
bo‗ladi. Muskullar assimetriyasi bir turdagi guruh muskullarni bir xilda
rivojlanmaganida kuzatilib, buni tanani bir yeridagi simmetrik sohani ko‗zdan
kechirish, yelka, bilak, son, boldir aylanalarini kuzatish orqali aniqlanadi.
Mushak sistemasida turli kasalliklarda qator o‗zgarishlarni kuzatish
mumkin. Mushaklar vaznini kamayishi, bo‗shashishi, og‗ir hastalikda,
ozib ketganda, kam harakatda kuzatiladi. Mushak atrofiyasi nevrit,
polimielitda, uzoq vaqt davom etgan falajlikda professiv mushak distrofiya
kasalligida, gapotrofiyani II, III darajasida kuzatiladi. Mushaklar vaznining
ortishi (gipertrofiya) sport bilan muntazam shug‗ullangan bolalarda
kuzatiladi. Biron bir mushaklar guruhi tonusini oshishi yoki kamayishi
kasallik alomati hisoblanadi. Mushaklarning ingichkalashib ketishi, mushak
124
tonusining kamayishi bilan kechadi. Bunda qorin kattalashib, pastki qismi
osilib qoladi, bel sohasnda lordoz ko‗payadi, kurak suyaklari qanotsimon
bo‗lib, nafas olganda ko‗krak qafasidan orqada qoladi, gavdani to‗tib turish
buziladi. Bunda «shalviragan yelka» simptomi (vrach bolani ikki yelkasidan
ikki qo‗li bilan ko‗targanda, bemorni boshi ikki yelka oralig‗ida qolib, yelka
qo‗loq uchiga tegadi) ijobiy bo‗ladi. Yaxshi sifatlik tug‗ma gipotoniyada
mushak vazni normada bo‗lib, faqat uning harakat rivojlanishi, boshini vaqtida
tutishi, mustaqil o‗tirishi, yura boshlashi orqada qoladi. Mushak
sistemasining umumiy gipotoniyasi raxit, xoreya, progressiv mushak
distrofiya kasalligida, organizmga kaliy yetishmovchiligida kuzatiladi.
Chegaralangan gipotoniya poliomielit, nevritda uchraydi. Bunda kasallangan
asab boshqaradigan mushaklar gipotoniya, atrofiya holatida bo‗ladi. Umumiy
gipertoniya markaziy asab sistemasining jarohatlanishida, ensefalitda, miya
qobig‗ining yaxshi taraqqiy etmaganligida yoki bosh miyaga suv
yig‗ilishida kuzatiladi.
C h e g a r a l a n g a n m u s h a k t o n u s i n i o s h i s h i k o r i n p a r d a s i n i n g
yallig‗lanishi natijasida, mushak yallig‗lanishi miozitda, meningitda kuzatiladi.
Qorinni sovuq qo‗l bilan paypaslanganda, muhofaza sifatida bolada qorin
devorining reflektor taranglanishini kuzatishimiz mumkin. Ba‘zan bemorlarda
tirishishlik holati ham kuzatiladi. Bunda beihtiyor xuruj bilan mushaklar
qisqarishi kuzatilib, bu umumiy (ko‗p gurux muskullar ishtiroqida) yoki
maxalliy (ayrim guruh muskullar ishtiroqida) bo‗lishi mumkin. Tirishishlik
klonik yoki tonik xilida kechishi mumkin. Klonik xilida mushaklarning tez-tez
qisqarishi oralig‗idagi juda qisqa vaqtdan keyin qaytariladi. Tonik qisqarish
uzoq, vaqt davomida kechadi. Agarda tonik qisqarish uzoq vaqt, soatlab, xatto
kunlab davom etsa, b o‗nga tetanik qisqarish (tetanus) deyiladi.
Bolalar kasalliklarida uchraydigan tirishishlikning asosiy sabablari
birlamchi, infeksion toksikoz, yuqori harorat, markaziy asab sistemasini
yallig‗lanishi bilan kechuvchi infeksion kasapliklar (meningit, ensefalit),
metabolik jarayonini o‗zgarishi, (gipoqalsemiya, gipoglekemiya), epilepsiya,
o‗tkir zaharlanish, jarohatlanish va boshqalar hisoblanadi.
Bolalarda faol harakat kichik yoshda guruxlarda har xil o‗yin mashg‗ulot
vaqtida, katta yoshda gimnastik mashg‗ulotlarida, mashg‗ulotni bajarilishi
harakatlariga qarab baholanadi. Bola hayotining birinchi to‗rt oyligida qo‗l-
oyoq bo‗g‗imlarida harakatning biroz chegaralanganligini ko‗zga tashlanib, bu
shu yoshga xos fiziologik gipertoniya bilan bog‗lik bo‗ladi. 4-7 oydan so‗ng, bola
harakati tez va shaxdam bo‗ladi. Faol harakatning chegaralanishi yoki yo‗qolishi
har turdagi asab kasalliklarida, yengil yoki og‗ir turdagi falajlikda, mushak, suyak
bo‗g‗imlarining jarohatlanishida kuzatiladi. Bolalarda passiv harakat qo‗l va oyoq
bo‗g‗imlarida bukish yoki yozish orqali tekshiriladi. Passiv harakatning
chegaralanishi yoki qiyinlashuvi mushak tonusini oshishida yoki bug‗imlarning
jarohatlanishida kuzatiladi. Passiv harakatning ko‗payishi, bo‗g‗imlarning
bo‗shashib qolishi muskullar tonusining kamayib ketishidan dalolat beradi.
Bolalarning 2-3 oylik davrigacha mimikasi biroz assimetrik bo‗lib, bu keyinroq
yo‗qoladi. muskullarda assimetrik holat tug‗ma rivojlanmaslik natijasida yoki
125
jarohatlanish oqibatida, yuz asab falajliklarida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |