Bolalar jismoniy tarbiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi tizimida



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

 
4.4.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi tizimida 
umumrivojlantiruvchi mashqlar. 
“ Mashq” sо‘zi tasirning qayta yo’naltirilganligini bildirib, uni takomillashtirish 
odamning jismoniy va ruhiy xususiyatiga ta’sir etish maqsadida qо‘llaniladi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga jismoniy mashq sifatida qarash mumkin. 
Chunki bu mashqlarni bajarish davomida yuqorida aytib о‘tkanimizdek ham 
jismonan ham ruhan ta’sir qilib insonning vujudini tabiiy extiyojini qondirishi 
mumkin.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarga 
bajartiriladigan 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlardan maqsad shuki, ularni yoshligidan boshlab jismoniy tarbiyaga 
qiziqtirish va shu qiziqishlari natijasida о‘zlari uchun tо‘g‘ri keladigan sport turini 
tanlay olish imkoniyatlarini yaratadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar kо‘proq ayrim bо‘g‘inlar, organizmning aloxida 
bо‘laklarida bajariladigan ya’ni har tomonlama jismoniy tayyorgarlik uchun 
organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qadi – qomatni 
tarbiyalash uchun qо‘llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim mushak gruppalariga, 
tana a’zolariga alohida shuningdek, tayanch –harakati aparatiga umumiy ta’sir 
kо‘rsatadi va hilma hil harakat usullari, kо‘nikmalarini о‘zlashtirish jarayonini 
yengillashtiradi. Bu mashqlar har bir kishiga dastlabki elementar kо‘nikma va 
malakalarini egallab olish imkonini beradiki, ulardan inson keyinchalik turmush 
tarzida о‘zining harakat qobiliyatlarini takommillashtirish maqsadida har qanday 
murakkablikka ega bо‘lgan harakatlantiruvchi faolliyatni tuzadi va undan maqsadli 
foydalanadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan doimo shug‘ullanish mushak, yurak qon- 
tomir, nafas va asab sistemalarini rivojlantiradi. Organizmning ish qobiliyatini va 
hayotga bо‘lgan intilishini kuchaytiradi. Ular yordamida deyarli barcha jismoniy 
sifatlar – kuch va kuch bardoshligi mushaklarning qisqarish tezligi va 
egilluvchanligi, harakat uyg‘unligi, nafis ijro etish texnikasi, qaddi qomatni tо‘g‘ri 
shakllantiradi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida gavda qismlari va mushak 
guruhlariga alohida tasir kо‘rsatish mumkin. Bu xususiyat shug‘ullanuvchilar 


47 
organizimiga har tomonlama tasir kо‘rsatish va butun tana mushaklarini mutanosib 
rivojlantirish imkonini beradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarilishi juda 
oddiy, о‘rganish uchun kо‘p vaqt talab qilinmaydi.
Harakat hajmi tanlanadigan mashqlarga va ularning soniga bog‘liq. 
Mashqlarning ta’sir kо‘rsatish darajasi quydagi usullarda amalga oshiriladi: 
takrorlash sonini kо‘paytirish, bajarish tezligi usulini о‘zgartirish orqali boshqarish 
mumkin. Bu mashqlar asosan bajarilayotgan joyga, bajaruvchining yoshiga qarab 
bо‘lib beriladi. Shundagina samaraga erishish mumkin. Notо‘g‘ri tanlangan son va 
hajm bajaruvchida bir muncha vaqtdan va natijadan yiroqlashishga olib keladi. 
Mashqlarni 
bajarishga 
kirishishdan 
oldin 
bu 
mashqlar 
kim 
uchun 
mо‘ljallanganligini va qanday maqsadda qо‘llanilishini aniq tasavvur qilish lozim. 
Chunki tanlanadigan mashqlarning mazmuni, ularning bajarilish tartibi о‘tish usuli 
va mashg‘ulot shakli hal etiladigan maqsadga bog‘liq bо‘ladi. Mashqlar kompleksi 
quydagicha tuzilishi maqsadga muofiqdir:
1.
Bosh harakatlari
2.
Yelka va qо‘l harakatlari 
3.
Gavda harakatlari 
4.
Oyoq harakatlari 
5.
Aralash harakatlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda qomatni chiroyli rivojlantirish hamda tо‘g‘ri va 
chuqur nafas olishni о‘rganishda umumrivojlantiruvchi mashqlarni о‘rni boshqa 
hech qanday mashqlar bilan amalga oshirib bо‘lmaydi. Ular asosan kо‘krak qafasi, 
umurtqa pog‘onasi, oyoqlarda yuzaga keladigan nuqsonlarni bartaraf etishda muhim 
hisoblanadi. Shu sababdan umurivojlantiruvchi mashqlarni har bir darsga darslik 
sifatida kiritish lozim. Bu mashqlarni majmuasini tuzishda qо‘l, yelka kamari, oyoq 
va bо‘yin mushaklarini rivojlantirishga mо‘ljallangan mashqlarni kiritish kerak. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni turli saflarda turib ya’ni doirada, 1- 2 kishilik 
qatorda yoyiq yonma yon safda, turgan joyda va yurib turli buyumlar, bayroqchalar, 
arg‘amchilar, gimnastik tayoqchalar, chambaraklar, tо‘plar va boshqa sport 
anjomlari bilan bajarish mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni maktabgacha yoshdagi bolalarda 
amalga oshirish uchun har bir guruhning yoshiga mos ravishda belgilab berilgan. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish