Bolаlаr jаrroxligi klinikаsidа tibbiyotgа oid xujjаtlаrni olib borish



Download 9,35 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi9,35 Kb.
#628145
Bog'liq
BOLАLАR JАRROXL-WPS Office


BOLАLАR JАRROXLIGI KLINIKАSIDА TIBBIYOTGА OID
XUJJАTLАRNI OLIB BORISH
Shifoxonaga yotib davolanish uchun kelgan bemor qabul bo’limiga murojaat qilganda uning familiyasi, ismi, yoshi, maxsus shifoxonaga yotqizilgan va yotishdan bosh tortgan bemorlar ro’yxati olinadigan daftarga yoziladi. Bu daftarga bemor kim tomonidan va qachon yuborilgan, uning ismi yozilgan «kasallik tarixi»ning soni yozilishi kerak.
Shifoxonadagi eng muhim xujjatlaridan biri KАSАLLIK VARAQASI deb ataladi (№ 3 xujjat namunasi) va shifoxonaga qabul qilingan har bir odam nomiga albatta to’ldiriladi. Bu xujjat shifoxonadagi bemorni davolanish jarayonidagi ahvolini to’la aks ettirishga mo’ljallangan. Kasallik varaqasini yozish shifokorning vazifasi.
Dastlab bu xujjatni birinchi betiga bemorning familiyasi, ismi (yosh bolalar uchun ota-onalarning ismi, familiyasi, yoshi, ish joyi) undan keyin bemor qabul qilingan kun va soat, uni yuborgan tibbiyot muassasasining diagnozi (kasallik nomi) yoziladi.
Bemorni qabul qilib olgan shifokor kasallik varaqasiga o’zi qo’ygan diagnozni isbotlovchi ma’lumotlarni yozadi. Davolash bo’limidagi shifokor bemorni sinchiklab tekshirib kasallik tarixiga tekshirish natijalarini yozadi. Shundan keyin kundalik tekshirish davolash natijalari batafsil yozilib boriladi.
Bemor shifoxonadan javob berilayotganida kasallik tarixining oxirgi betida epikriz yoziladi. Bunda qisqa shaklda bemorni shifoxanaga kelib, unda tekshirish va davolanish jarayonlari qanday o’tgani va qanday natija bergani yoritiladi. Birinchi betda esa yakunlovchi diagnoz, kasallik oqibatlari, davolanish necha kun davom etganligi yoziladi. Bemorning (yoki uning ota-onasining) qo’liga kasallik tarixidan ko’chirma yozib beriladi.
Kasallik tarixini arxivga topshirishdan oldin davolovchi shifokor va bo’lim boshlig’i qayta tekshirib qo’l qo’yadilar. Davolovchi shifokor shifoxonadan javob berilgan bemorning statistik kartasini ham to’ldiradi.Kasallik tarixi bu nafaqat shifoxonalar ish sifatini ko’rsatadigan xujjat, balki huqukiy (yuridik) xujjat sifatida ham ishlatiladi. Shuning uchun bu xujjat toza va aniq yozilishi kerak. Bemorning o’zi yoki boshqa begona kishilarning qo’liga tushmasligi kerak. Tekshirish natijalarini yopishtirish kasallik tarixini tegishli joyda saqlash va uni asrash vazifasi tibbiyot hamshirasiga yuklanadi. Аgar kasallik tarixi yo’qolsa,bunga yo’l qo’ygan odam jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Qabul bo’limida yoki davolash bo’limlarida yuqumli kasallikka duchor bo’lgan yoki zaxarlangan bemorlar borligi aniqlansa, sanitariya epidemilogiya stantsiyasiga maxsus qog’ozda shoshilinch xabar yuboriladi.
Shifokor buyurgan davolash tadbirlari yozilgan daftar barcha bo’limlarda mavjud. Bunda tibbiyot hamshirasi shifokor tayinlagan hamma tadbirlarni yozib, ularni bajarilishini tashkil qilish kerak. Odatda buyurilgan tadbirlar kasallik tarixidagi maxsus varaqaga yozilib, shundan ko’chiriladi. Shaklan bu daftarni yozilishi quyidagicha bo’lishi mumkin. Tayinlangan bemorlarning ismi, tayinlangan kun familiyasi tadbirlar.
Shifoxonаdа qаbul qilingаn vа undаn jаvob berilgаn bemorlаrning ro’yxаti. Daftarini davolash bo’limining katta hamshirasi olib boradi. Bunda bemor qabul qilingan kun, javob berilgan kun, shifoxonada o’tkazgan kunlar soni va diagnozlar yoziladi.
Jarrohlik bo’limlarida bajarilgan operatsiyalar kasallik tarixida tavsiflanadi va undan maxsus OPERАTSIYALАR YOZILАDIGАN DАFTАRGА ko’chiriladi. Bu hamshiraning vazifasi har bir davolash bo’limida bemorlarga qo’yiladigan qon va qon o’rnini bosadigan SUYUQLIKLАR RO’YXАTGА OLINАDIGАN DАFTАR bo’lishi shart. Bu daftarning bemorning ismi, familiyasi, diagnozi, qon guruhi gruppasi va qo’yilgan suyuqlikning tegishli ma’lumotlari yoziladi. Daftarni olib borish bo’limda ishlab turgan shifokorlardan biriga tayinlanadi.
Download 9,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish