Bolalar jamoasi va yagona pedagogik jarayoning asosiy shakli.
Reja:
1. Bolalar jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli.
2. Bolalar jamoasiga qo`yiladigan talablar.
3. Bolalar fikrlash qobiliyatini o`stirishdagi roli.
Tayanch so`zlar: bola, pedogogik jarayon, jamoa,
Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayoning asosiy shakli. Jamoada
mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa
faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va
puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish
joizdir.
Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga
ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos.
Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa
a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha
a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi.
Jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh
a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va
tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:
1.Agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish
kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi;
2.O’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli
ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar va bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan
do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; 3. Ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki
bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar
mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar6. Jamoa va uni shakllantirish
pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |