Bolalar folklori,ma’naviy so’z o’yinlari,harakatli o’yinlar va tez aytishlar
Xalq ogʻzaki ijodi turlaridan biri boʻlmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining koʻp qaytarilishi yoki tovushlarning soʻz va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab boʻladi. Oʻzbek tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.Tez aytish — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining bir turi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va soʻzlar ritm, urgʻular bilan tez aytiladi. Mas., Besh mis barkash, besh mis barkashning ichida besh ming mis barkash. Tez aytishda har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart.Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda,toʻylarda tez aytishda musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini,nutqini shakllantiradi,soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi.
Lekin koʻpchilik turkiy tillarda tez aytishlar talaffuz qilinayotganda odamning yanglishib ketishi holatini koʻzda tutgan holda nomlangan, masalan qirgʻizchada Жаңылтмач, qоzоq va qoraqalpoq tillarida жаңылтпаш, turk tilida yaniltmaҫ,turkmanchada yangiltmach, ozarbayjonchada yangiltmach.Eng sara tez aytishlar sizlarga qulay bo’lishi uchun tez aytishlarni alifbo tarzida joyladik. Mazkur tez aytishlardan turli tadbirlarda, dars jarayonida dam olish daqiqalarida foydalanishingiz mumkin. Shuningdek siz o’quvchilar uchun qiziqarli topishmoqlarni ushbu sahifadan, mantiqiy savollarni esa mana bu sahifadan topishingiz mumkin.
Ana alpdek asil archa,
Ayiq, arslon ildi zarcha.
Asalari asalini ayiqdan ayamadi.
Bashar bilan Yashar yashil yarim sharda yashashar.
Bedanalar bedanazorda sayrayverib,
Berdiboyni bezor qildi.
Belbogʻini belga bogʻlab,
Bogʻbon bobo boqqa bordi.
Bir tup tut tagida bir tup turp.
Bobo, bobo qorbobo,
Bogʻ-rogʻlarga boq bobo.
Botir, Boir, Bahodir,
Bilagi zoʻr bahodir
Bulut bulutga, burgut burgutga ergashadi.
Chang koʻchani changitib chuqur soyda choʻmildim.
Chirq-chirq-chirq, chugʻurladi chugʻurchuq.
Chori chayilgan choynakka choyni chamalab soldi.
Tug’ilgandan boshlab, bola bir qator taassurotlar oladi, ular orasida musiqa ham bor.Bu, birinchi navbatda, onaning ovozi, jozibali yoki jonli intonatsiyalar, bolalar musiqa o’yinchoqlarining tovushlari. Musiqa bolaning faol harakatlariga sabab bo’lish xususiyatiga ega. U olingan barcha taassurotlardan musiqani u ta’kidlaydi, shovqindan ajralib turadi, unga e’tibor beradi, jonlanadi, tinglaydi, quvonadi,ba’zan erta kattalar bilan qo’shiq aytishni boshlaydi. Shuning uchun, agar musiqa hayotining dastlabki yillarida bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatsa, uni pedagogik ta’sir vositasi sifatida ishlatish tabiiydir. Bundan tashqari, musiqa bola bilan kattalar bilan muloqot qilish uchun boy imkoniyatlar yaratadi, ular o’rtasida hissiy aloqa uchun asos yaratadi.Bola hayotida qo‘shiq, o‘yin, mashg‘ulotlardan tanaffus bo‘lmaydi. Yuqorida tilga olingan mavsum-marosim qo‘shiqlari bolalar ijodi daryosining bir sharsharali irmog‘i xolos. Undan ham mukammalroq, to‘laroq, voqyealari murakkabroq qo‘shiqlar bor. G‘.Jahongirov bunday qo‘shiqlar haqida: «Biz ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, afsonaviy qo‘shiqlar, voqyeaband bola termalari deb atasak ham bo‘ladi. Negaki, bolalarning jo‘shqinligi va harakatchanligi to‘lib-toshgan bunday qo‘shiqlar ularning sermahsul fantaziyasi bilan ham yo‘g‘rilgan», - deb yozadi. G‘. Jahongirov bola termalari deb nomlagan va ta’rif bergan bunday qo‘shiqlar Namangan bolalar folklori namunalari orasida ham ancha. tiniq, jarangdor so‘zlardan tuzilgan, siqiq jumlalari bir-biriga zanjir bo‘lib eshilib ketgan mana bu qo‘shiqqa e’tiborni qarating: Kichkina qaychi qo‘limni kesdi, bobochalar yo‘limni to‘sdi. -qaqa borasan?
-Toqqa boraman.
-Tog‘da nima bor?
-Tog‘da pista bor.
-Nima qilasan?
-Pista chaqaman.
Pistani mag‘zi,
Shahantti qanti.
Boshqa viloyat bolalari tilida xuddi shu qo‘shiqning quyidagi kabi varianti bor:
Qaychi-qaychi,
Po‘lat qaychi.
Qo‘limni kesdi.
Mullavachchalar
Yo‘limni to‘sdi
Qaqqa borasan?
-Toqqa boraman.
-Tog‘da maqasan?
-Pista chaqaman.
-Pistani mag‘zi
qo‘qonni qanti
Ba’zi joylarda oxirgi uch yo‘l shunday o‘zgaradi:
-Chilim chekaman,
-Chilim achchiq.
Taqa chumchuq.
Yoki:
-Tog‘da nima bor? -Chodir tikaman. -Chodir kimniki?
-Otaboyniki.
-Otaboy qochdi,
-Sumalagi toshdi,
-Otaboy baxshi
-O‘lgani yaxshi.
She’rni keskin o‘qib yoki biror satrini tashlab ketib bo‘lmaydi – qo‘shiqning dinamikasi buziladi. Biroq ohangni buzmagan holda uning voqyeasini faqat o‘ziga teng keladigan ekvivalent bilan almashtirish mumkin. Odatda ikkinchi yarmida shunday qilinadi. Yuqorida shunga variantlar keltirdik. Ikkinchi misolda ikki yo‘l oshiqcha. U bilan she’r tempi buzilmadi. Bunga sabab voqyea yana bir qarama-qarshilik, satirik elementning qo‘shilishi hisobiga boyidi. Bola Otaboyning qochishiga, «sumalagining toshishi» ga befarq qarayolmaydi, balki unga laqab qo‘yib («Otaboy baxshi»), uning ustidan hukm chiqaradi («O‘lgani yaxshi!»). qo‘shiqdagi hamma detallar hayotdan olinadi – pista tog‘da o‘sadi, mag‘zi yemish, shirinligi Shahandning qandidek, chodir boyniki, odamlar chilim chekadi, Chekuvchilar yaxshi odamlar emas («taka chumchuq») va hokazo. Tadqiqotchi M.N. Melnikov bu xil qo‘shiqldarni dialoglarga asoslangan qo‘shiqlar turkumiga qo‘shadi. Haqiqatan ham bu turdagi qo‘shiqlarda dialoglar ustunlik qiladi. Namangan bolalar folkloridagi bu turkum qo‘shiqlar ham dialog asosiga qurilgan bo‘lsada, Hozirda ikki kishi tomonidan emas, bir kishi tomonidan (Savol beruvchi ham, javob beruvchi ham yakka shaxs) kuylanadi. Bunga Namangan bolalar folklorida mavjud bo‘lgan «Tomda kim bor?» qo‘shig‘i misol bo‘la oladi:
-Tomda kim bor?
-Nilufarxon bor.
-Nima qilyapti?
-Olma uzyapti.
-Olmasidan bitta tashlasin.
-Achasi so‘kadi.
-Achasi o‘lmasin,
Xudoyim saqlasin qo‘shiq bolani erkalatib, o‘ynatish jarayonida kattalar tomonidan kuylanadi. Bunda bolani o‘ynatayotgan kishi chalqanchasiga osmonga qarab yotib, bolani qo‘ltig‘idan olgan holda baland ko‘tarib shu qo‘shiqni kuylaydi. Baland havoda muallaq turgan murg‘ak tasavvurli bola o‘zini tomda turgandek, tomdan turib olma terayotgandek his qiladi va zavqlanib qiqir-qiqir kuladi.Ikkinchi qo‘shiq xayotiy-maishiy mavzudagi termalar bo‘lib, bunda ham yumor, komizm elementlari ko‘zga tashlanadi.Toshkent va farg‘ona vodiysida «Chuchvara qaynaydur» qo‘shig‘i keng tarqalgan. Odatda u atigi to‘rt yo‘ldan iborat edi:
Chuchvara qaynaydiyo
Enam menga bermaydiyo,
Bermasa bermasino, Oq uyimga kirmasino.
Do'stlaringiz bilan baham: |