HUKMLAGICH
MASXARALAMA
QAYTARMACHOQLAR.
O, shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g‘unchagina.
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa.
Bozorga otasi borsa,
Go‘shtu birinch ketirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.
“Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishtakishta”, “Kishtala-kishtal”
OVUTMACHOQLAR
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi?
Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi?
Yig‘lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega yig‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega big‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama
Ho‘-ba, ho‘-ba, san yig‘lama.
Ho‘-ba, ho‘-ba .. jo..o..on, jo..o..on,
Sadqa senga shirin jo..o..on.
QAYTARMACHOQLAR. Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko‘ra yuzaga kelgan badihalar bo‘lib, she’riy namunasi ko‘pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi.
“Kun, san nimadan kuchlisan?” qaytarmachog‘i dialog negizida qurilgan. Unda bolalarni qiziqtirgan “Dunyoda kim kuchli?” savoliga javob narsa va hodisalar bahsi asosida voqeadan voqeaning o‘sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos holda bayon qilingan:
Masalan, “Yumalandim yumoq topdim” satri bilan boshlanuvchi qaytarmachoqda lirik qahramon yumalab yumoq topadi (1), yumaloq ichidan taroq topadi (2), taroqni momoga beradi (3), momo unga churak (non) beradi (4), churakni cho‘ponga beradi (5), cho‘pon unga tayoq beradi (6), tayoqni daryoga tashlaydi (7), daryo unga ko‘pik beradi (8), ko‘pikni tutga surtadi (9), tut unga yaproq beradi (10), yaproqni molga beradi (11), mol unga sut beradi (12), sutni pishirib turganida qaydagi quyon uni to‘kib ketadi (13). Shuncha mehnati zoye ketadi. Ko‘rinayotirki, o‘n uchta epizod bir-biridan o‘sib chiqqan, o‘zaro uzviy mantiqiy ketma-ketlik hosil qilgan.
– Kun, san nimadan kuchlisan?
– Man kuchli bo‘lsam, bulut bosarmidi?
– Bulut, san nimadan kuchlisan?
– Man kuchli bo‘lsam, yomg‘ir yog‘armidi?
yomg‘ir → yerni, yer → o‘tni, o‘t → qo‘zini, qo‘zi → bo‘rini, bo‘ri → echkini, echki → sichqonni, sichqon → qumursqa (chumoli)ni
HUKMLAGICHLAR ham qadimgi ajdodlarimizning totemistik e’tiqodlariga daxldor marosim qo‘shiqlarining ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ta’sirida transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuariga o‘tgan va bolalarcha mushohadakorlik zamirida qayta sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar hisobiga to‘lishgan badihalar silsilasidir.
Xol, xol, xol,
Otang o‘ldi,
Onang o‘ldi,
Borib xabar
Olmaysanmi?
Beshiktervat, beshiktervat, Salima xolam nima tug‘adi?
MASXARALAMALAR. Tegishmachoqlar ham, masxaralamalar ham shovqin solib aytilishlariga ko‘ra o‘zaro o‘xshasalar-da, birinchisi – bevosita obyektga qaratilgan bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan ijro etilsa, ikkinchisi – ayni ijro jarayonida obyektga qaratilgan bo‘ladi
Yomg‘ir yog‘aloq,
Echki sog‘aloq.
Boylar bolasi
– Qorni dumaloq.
“Yomg‘ir yog‘ishi”–
“Boylar bolasi”
“Echkiday sog‘ayotgan”
Davrning tarixiy ruhiga muvofiq yovuzlar qiyofasini konkret an’anaviy ifodalarda fosh etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |