Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

3 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI 
3.1. Pulpa yallig`lanishining bolalarda kechadigan klinik xususiyatlari. 
Tish pulpasining yallig`lanishining har xil yoshdagi bolalarda uchratishimiz 
mumkin. Chaynov tishlarda kesuvchi tishlarga nisbatan pulpa yallig`lanishi 5-6 
marotaba ko`proq uchraydi. 
Pulpitlarni chaqiruvchi asosiy sabab, kariyes davolanmaganligi oqibatida 
mikroblar va ularning toksinlarini yupqa dentin qavat va keng dentin 
kanalchalari orqali tish bo`shlig`iga pulpa to`qimasiga sizib o`tishi hisoblanadi. 
Bundan tashqari kimyoviy ta’sirot (kariyes davolanganda), mexanik travma 
(tishlar singanda, kariyes kovagi charxlanayotganda) va kamdan-kam hollarda 
mikroblarni infeksiya o`chog`idan qon orqali pulpa to`qimasiga olib kelishi 
hisobiga ham pulpa yallig`lanishi ro`y beradi. 
Bolalar yoshida sut va shakllanmagan doimiy tishlarda kechadigan 
pulpitlarning o`ziga xos qator xususiyatlari mavjudkim, bu xususiyatlar katta 
yoshdagi kishilarda uchramaydi. 
1. Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda uncha chuqur bo`lmagan kariyes 
kovagi mavjud bo`lsa, pulpa yallig`lanishi sodir bo`lishi mumkin. Bunga yupqa 
dentin qavat, dentinning kam minerallashganligi va dentin kanalchalarining 
kengligi sabab bo`ladi. 
2. Bolalar yoshida pulpa to`qimasida yallig`lanish jarayoni tez tarqalib ketadi. 
Bunga pulpa to`qimasining yoshga qarab shakllanishi sabab bo`ladi. Bolalar tish 
pulpasida kattalarnikidan farqli o`laroq, hujayra elementlari, asosiy amorf 
modda ko`proqq bo`lib, tolali strukturalar oz miqdorda bo`ladi. Qon tomirlar 
bilan ta’minlanishining faolligi tezda ekssudatli jarayonning boshlanishiga olib 
keladi. 
Ildiz 
kanallarining 
kengligi, 
ko`pchilik 
hollarda 
apikal 
teshikning 
shakllanmaganligi, ildiz kanali to`qimasining toj pulpasi bilan bir xil struktura 
tuzilishi ham sodir bo`lgan ekssudat va mikroblar, ular toksinlarini tez tarqalib 
periodont to`qimasigacha o`tib ketishini ta’minlaydi. 
3. Bolalar yoshida surunkali pulpitlar o`tkir pulpitga nisbatan ancha ko`p 
uchraydi. Bunga sut tishlarida birlamchi surunkali pulpitlar sodir bo`lishi sabab 
bo`ladi. Cho`qqi teshigining kattaligi ildiz kanallarining kengligi va dentin 
kanalchalarining keng va qisqa bo`lishi ana shunga imkon yaratib beradi. Sanab 
o`tilgan shart – sharoitlar yallig`lanish ekssudatini tezda tarqalib ketishiga olib 
keladi. 
4. Yuqorida keltirilgan anotomik va fiziologik xususiyatlar bolalarning har xil 
yoshida bir xil pulpa yallig`lanishining har xil klinik belgilar bilan kechishiga 
sabab bo`ladi. Masalan yallig`lanishning o`tkir chegaralangan davri sut 
tishlarida, ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda qisqa muddat, deyarli 


37 
simptomsiz kechsa, shakllangan ildizi doimiy tishlarda klinik belgilarining 
o`tkirligi bilan kattalardan farq qilmaydi. 
5. Bolalarda surunkali pulpitlar deyarli shikoyatsiz kechadi. Ayrim hollardagina 
bemor anamnezidan harorat va mexanik ta’sirotlardan shikoyat bo`lganligini 
aniqlaymiz. 
6. Bolalarda pulpaning yiringli yallig`lanishi belgilari barcha pulpitlarda 
patomorfologik usulda aniqlangan. Sababchilari bo`lib, aralash infeksiyadan 
agressivi, ko`pchiligini hosil qiluvchi stafilakokklar hisoblanadi. Bunda 
bolalarda immunogenez jarayonining susayishi, jarayonning keng ko`lamda tus 
olishi, sensibilizatsiya va avto sensibilizatsiya hollari, kuchli zaharlanish 
belgilari qayd etilishi mumkin. 
7. Kattalarnikidan farqli o`larok o`tkir va o`tkirlashgan surunkali pulpitlarda 
periodont to`qimasi yallig`lanish jarayoniga tortiladi. 
Sut tishlari va ildizi shakllanmagan doimiy tishlar pulpitida periodont 
to`qimasining yallig`lanish jarayoniga tortilishining sabablari bo`lib, pulpa 
to`qimasi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, bar’er funksiyasini sustligi, ildiz 
kanallarining kengligi, apikal cho`qqi teshigining kattaligi hisoblanadi. Buning 
oqibatida periodont to`qimasiga virulent infeksiyaning va ular toksinlarining 
ekssudat bilan oqib kirishi, periodont to`qimasining to`liq shakllanmaganligi 
tezda yallig`lanish jarayoniga qo`shilib ketishiga olib keladi. 
8. Bola organizmining umumiy javob reaksiyasi pulpaning diffuz 
yallig`lanishida, asosan surunkali pulpitlarning o`tkirlashgan hollarida 
giperergik tus olishi mumkin. Bu o`z navbatida bola organizmi reaktivligi 
yuqoriligi, 
periodont 
to`qimasi 
strekturasining 
takomillashmaganligi, 
ekssudatsiyaga 
moyilligi, 
markaziy 
asab 
sistemasining 
mukammallashmaganligi, gormonal va umumiy immunitet holati, pulpa 
to`qimasining mikroblar bilan sensibilizatsiyasi bilan bog`liqdir. Yosh bolalarda 
bu jarayon harorat ko`tarilishi, bosh og`rigi, bo`shashish, uyquga tortilish, 
leykotsitlar sonini, eritrotsitlar cho`kish tezligining oshishi bilan kechadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish