Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
Klinika. 
OIV infeksiyasi kechishini to`rtta davrga bo`lish mumkin. OIV 
infeksiyasini o`tkir davri zararlanishidan bir yoki bir necha haftadan so`ng 
rivojlanishi mumkin. Bu davrda OIVga seropozitiv reaksiya manfiy bo`lib, u 6-12 
haftadan so`ng kuzatiladi. Bu davrni klinik belgilari – isitmaning ko`tarilishi, 
limfoadenopatiya, kechki terlashlar, bosh og`rig`i va yo`tal ko`rinishida namoyon 
bo`ladi. 
1 davri hech qanday simptomsiz yoki persistrlangan tarqoq 
limfoadenopatiya (PTL) ko`rinishida kechadi. Bunda chov sohasidan tashqarida 
joylashgan diametri 1 sm dan oshgan bir yoki bir necha limfa bezlari kattalashuvi 
kuzatiladi. Bunday holat 3 oy va undan oshiq davom etishi mumkin. 


245 
2 davri OITS bilan bog`langan kompleks deb atashadi. Uning uchun 
quyidagi belgi va simptomlar xos: tana vaznining kamayishi, ich buzilishi, 
holsizlik, uyqusizlik, ishtahaning yo`qolishi, hotiraning pasayishiga olib keluvchi 
nevrologik holatlar. Ushbu belgilar davri qaytalanib turadi. Bu davr teri va shilliq 
qavatdagi o`zgarishlar bilan kechadi: sochli leykoplakiya, o`rab oluvchi temiratki, 
surunkali qaytalanuvchi gerpes. 
3 davri oraliq davr nomi bilan yuritiladi. Bu davr kasallikni erta simptomlari 
namoyon bo`lgandan keyin hosil bo`ladi. Lekin kasallikni butun klinikasi namoyon 
bo`lmaydi. Og`iz bo`shlig`ida 3 davrida kandidoz, sochli leykoplakiya, o`tkir 
gerpetik stomatit yoki surunkali gerpesni o`tkirlashuvi kuzatiladi. Alveolyar 
pnevmoniya, o`pka sili rivojlanishi mumkin. 
4 davrida OITSni butun og`ir klinikasi namoyon bo`ladi. Bu shartli patogen 
infeksiya chaqirgan har xil yallig`lanish jarayonlarini rivojlanishi. Kaposhi 
sarkomasi kabi o`smalarni hosil bo`lishi bilan kechadi. O`smalarni hosil bo`lishi 
hujayra immunitet tanqisligi bilan bog`liq bo`ladi. OITS infeksiyalariga protozoyli 
invaziyalar (pnevmotsistli pnevmoniya, toksoplazmoz) yoki virusli (tsitomegaliya) 
bakteriyali va zamburug`li invaziya xos. Shu davrda limfomaning og`ir shakllari, 
kaxeksiya va nevrologik o`zgarishlar (nevropatiya, hotiraning pasayishi, aql 
zaiflik) kuzatiladi. 
Organizmni immunitet himoyasiga zararli ta’sir ko`rsatadigan OIV 
infeksiyasini kirganligini birinchi belgilari og`iz shilliq qavatidagi o`zgarishlar 
hisoblanadi. 
OIV infeksiyasi bilan bg`liq bo`lgan og`iz shilliq qavati kasalliklariga kiradi: 
- kandidozning klinik formalari; 
- og`iz bo`shlig`i bakterial infeksiyalari; 
- og`iz bo`shlig`i virusli infeksiyalari; 
- paradontitning agressiv shakllari (VICH - paradontit); 
- surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit; 
- ideopatik trombotsitopenik purpura; 
- kserostomiya bilan kechuvchi so`lak bezi asalliklari; 
- eksfoliativ xeylit; 
- deskvamativ glossit; 
- sochli leykoplakiya; 
- Kaposhi sarkomasi; 
- yassi hujayrali rak. 
Tug`ma OIV – infeksiyasining ko`p uchraydigan klinik belgilari bo`lib tana 
vaznining kamayishi, gepatosplenomegaliya, trombotsitopeniya, anemiya, gepatit, 
o`sishdan qolish, mikrotsefaliya, peshona qismi do`ngligi, burun qalinlashishi, 
qiyshiq ko`z, ko`z yorig`ining uzayishi, havo rang sklera, lixoradkaning tez 
qaytalanuvchi simptomlari, enantemalar, diareya, limfoadenopatiyalar hisoblanadi. 
Bolalarda kechuvchi OITS klinikasi kattalarnikidan farq qiladi: 
1.
Kaposhi sarkomasi, limfomalar kam uchraydi. 
2.
Gepatit V virusi bilan zararlanishi kam kuzatiladi. 
3.
Gipergammaglobulinemiya – ko`p kuzatiladi. 
4.
Limfopeniya – ko`p uchraydi. 


246 
5.
Limfoidli interstitsial pnevmoniya. 
6.
Bakterial sepsis – o`limga olib boruvchi sabablardan biri hisoblanadi. 
7.
OIV – infeksiya boshlanishida o`tkir mononukleozga xos o`zgarishlar ko`p 
kuzatiladi. 
8.
OIV – infeksiya kechishida MNSning birlamchi zararlanganligini 
ko`rsatuvchi aniq psixonevrologik simptomatika kuzatiladi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish