Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
1.1.
 
Cut tishlarining anatomiyasi va fiziologiyasi 
Sut tishlarining umumiy tuzilishi doimiy tishlar tuzilishiga o`xshasada, ba’zi 
bir xususiy belgilari bilan ulardan farq qiladi. Sut tishlari doimiy tishlardagidek toj 
- toj, buyin va ildiz qismlaridan iborat. Sut tishlari o`z o`lchamlari bilan doimiy 
tishlardan bir qadar kichikdir. Ayniqsa, ularning toj qismida bu farq yaqqol 
namoyon bo`ladi. Sut tishlarining ildizlari nisbatan uzunroq bo`ladi. Doimiy 
tishlarga nisbatan sut tishlarining toj qismi pastrok va eniga kengroq bo`ladi 
Ma’lumotlarga qaraganda, doimiy tishlarda toj qismi o`lchamining umumiy tish 
o`lchamiga nisbati 1:1,33 ni hosil qilsa, sut tishlarida bu ko`rsatkich 1:1,66 ga 
tengdir. Doimiy tishlarda toj qismining kengligi, tish umumiy o`lchamining 1:3,2 
qismini, sut tishlarida bu nisbat 1:2 ni tashkil qiladi. 


13 
Sut tishlari doimiy tishlardan o`ziga xos oqish-ko`kimtir rangi bilan farq 
qiladi. Sut tishlarining o`ziga xos belgilaridan biri - toj qismining ildizga yaqin tish 
sohasidagi emalning qalinlashib, bolishsimon shaklni olishidir. Bu ayniqsa 
chaynov tishlarida yaqqol namoyon bo`ladi. 
Sut tishlarining bo`shlig`i doimiy tishlarnikidan kengrok bo`ladi. Tish 
pulpasining shoxlari o`tkirlashib, tishning kesuvchi yoki chaynov yuzasiga keskin 
yaqinlashadi. 
Sut tishlarining ildizlari ancha kerilgan bo`lib, bu ko`p ildizli tishlarda 
ayniqsa yaqqol seziladi. Sababi, ular o`zlarining orasida doimiy tish kurtaklarini 
saqlaydi. Tish ildizi cho`qqisiga yaqin joyda hosil bo`lgan qo`shimcha ildiz 
kanalchalari doimiy tishnikidan son jihatidan ozroq bo`ladi. 2,5-3 yoshda 
shakllanib chiqqan sut tishlari bir-biriga zich yopishib turadi. 4 yoshdan boshlab 
tishlar orasida tirqish hosil bo`la boshlaydi. Bunday holat fiziologik diastema deb 
ataladi. 6 yoshdan boshlab tishlar orasidagi masofa sezilarli darajada kengaya 
boshlaydi. Fiziologik diastema - tirqishning hosil bo`lishi jag` suyaklarining o`sishi 
va doimiy tish kurtaklarining kattalashuvi bilan bog`liqdir. Sababi, keyinchalik sut 
tishlarining o`rnini doimiy tishlar egallashidir. Fiziologak diastema - tishlar 
orasidagi masofaning kengayishi ko`p hollarda yuqori jag`da yaqqol ko`rinadi. 
Agar 6 yoshlik bolada fiziologik diastema kuzatilmasa, bu xol jag` suyaklarining 
me’yordagi o`sishi buzilganligidan darak beradi va o`sib chiqishi zarur bo`lgan 
doimiy tishlar uchun joy tanqisligini bildiradi. Buni nazarda tutgan holda 
ortodontik tadbirlar qo`llab, diastema hosil qilinadi. Jag` suyaklari o`sishida faol 
chaynov jarayoni yaxshi yordam berishini shifokorlar bilishlari zarur. 
Yuqorida zikr etilgan o`zgarishlardan tashqari sut tishlarida doimiy 
tishlardagidek yemirilish jarayoni qayd etiladi. Bu hol fiziologik jarayon bo`lib, 3 
yoshdan boshlab kuzatiladi. Sut tishlarining chaynov faoliyati davomida 
yemirilishi bolalarda chaynov a’zolarining to`g`ri shakllanib rivojlanishini 
ta’minlaydi. To`liq chiqib shakllangan tishlar ovqat mahsulotlarini kesish, uzib 
olish, chaynab maydalash, aralashtirish kabi jarayonlardan tashqari, so`zlashish, 
yutinish, tovush o`zgartirish kabi vazifalarni bajaradi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish