Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 x- gistiotsitoz xastaliklarida parodont to`qimasining yalpi yallig`lanishi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

6.9.3. x- gistiotsitoz xastaliklarida parodont to`qimasining yalpi yallig`lanishi. 
Bugungi kunda mazkur guruxga kiruvchi kasalliklar (Taratыnov – eozinofil 
granulyomasi, Xend – Shiller – Krischen va Litterer – Ziv xastaliklari) kechishi, 
patologik jarayoniga limfoid, suyak to`qimasini tortishi va ichki a’zolarda sodir 
qiladigan salbiy o`zgarishlarni hisobga olib to`rt xil klinik turga bo`linadi: 
I – Parodontoliz va biror bir skelet suyagining destruktiv jarohatlanishi - 
Taratыnov – eozinofil granulyomasi 
II – Parodontoliz va suyak sistemasining yalpi destruksiyasi - Xend – Shiller 
– Krischen sindromi 
III – Parodontoliz va suyak hamda limfatik sistemaning yalpi jarohatlanishi
IV – Parodontoliz va suyak, limfatik sistema hamda ichki a’zolarning 
jarohatlanishi - Litterer – Ziv xastaliklari 
Kasallikninig boshlanishi birinchi turida (I) juda sekin boshlansa IV turida 
(Litterer – Ziv xastaligi) keskin shiddatli boshlanadi. Xastalikning birinchi belgilari 
bo`lmish uyquchanlik, bo`shashish, oriqlash, ishtaxa susayishi, uyquning buzilishi 


122 
ko`pchilik hollarda umumiy pediatriyaga xos kasallik deb hisoblanadi. Keyinchalik 
bolalar terisida mayda toshmalar, papullalar yoki dog`lar paydo bo`lishi, ularni 
po`stloqlar bilan qoplanishi, po`stloqlarning qovjirab tushishi, teri tashlash hollari, 
ayniqsa kallaning sochli qismida, quloq orqasi, ko`krak terisida ko`proq uchraydi. 
Xastalikning IV shaklida bu klinik belgilar juda tez ko`payib unga og`ir 
limfodenit, stomatit, ekzoftalm, otit, chanqash, poliuriya, diareya, taloq va 
jigarning kattalashuvi va yurak qon tomir yetishmovchiligi belgilari qo`shiladi. 
Aksariyat hollarda kasallik o`tkir infeksiya xastaligiga o`xshab boshlanib, shiddatli 
tusda kechadi va noxush oqibatlar bilan tugashi mumkin. Bunday hollarda yarali 
nekrotik gingivit, stomatit va destruktiv o`choqlar nafaqat alveolyar suyak 
o`sig`ini, balki jag` suyagi tanasini, kalla suyagini va boshqa skelet suyaklarini 
ham jarohatlaydi. Bu narsa X – gistiotsitoz uchun xos hisoblanadi. 
X – gistiotsitozning II III shakllari patologik jarayonning unchalik keng 
tarqalmasligi (suyak to`qimasi bundan mustasno) bilan tavsiflanadi. 
Bunda xastalik sekin, o`tkirlashuv jarayoni remissiyalar davri bilan 
almashinib kechadi. Jarayonning rivojlangan davri uchun ekzoftalm, chanqash 
(bola 10 litrgacha suv ichadi), taloq, jigar kattalashuvi, limfodenitlar, gigivit va 
stomatitlar harakterlidir. 
Xastalikning dastlabki davrlarida yuzaga keladigan gingivit boshqa belgilar 
(adinamiya, oriqlash, dermatit, limfodenit va boshqalar) bilan birgalikda xastalikka 
erta to`g`ri tashxis qo`yish uchun xizmat qilishi mumkin. 
Bu xastaliklarda parodontit – parodontoliz belgilari bo`lib: yarali gingivit, 
tishlarning qimirlashi, tish ildizlarining ochilib qolishi, chuqur, granulyatsiya 
to`qimasi bilan to`lgan tish milk patologik cho`ntaklarning mavjudligi, og`izdan 
qo`lansa hid tarqalishi hisoblanadi. 
Kasallik to`lqinsimon tusda kechadi va doimo skelet suyaklari, jumladan 
jag` suyaklarining jarohatlanishi xususiy xoldir. Rentgen tasvirlarda destruktiv 
suyak jarohatlanishining boshqa xastaliklardan farqi lakunar tipdagi suyak 
so`rilishi hisoblanadi, ayniqsa alveolyar suyak o`sig`i sohasida. 
Xastalikning I shakli (Taranыnov eoztnofil granulyomasi) surunkali 
yo`sinda kechib, skelet suyaklaridan faqat bittasini shikastlaydi va oqibati bilan 
ancha yengil hisoblanadi. Shu jarayon jag` suyagida kechsa, og`iz bo`shlig`ida 
suyak destruktiv jarohatlanish sohasida og`ir parodontoliz holati kuzatiladi. 
Mazkur 
xastaliklarni 
aniqlashda, 
ularga 
qarshi 
davo 
tartiblarini 
rejalashtirishda albatta pediatrlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarur. Chunki 
faqat og`iz bo`shlig`ida olib boriladigan simptomatik davo choralari yaxshi samara 
bermaydi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish