Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Markaziy asab sistemasi xastaliklarida parodont to`qimasidagi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
6.9.5. Markaziy asab sistemasi xastaliklarida parodont to`qimasidagi 
o`zgarishlar 
Markaziy asab sistemasining tug`ma xastaliklarida parodont to`qimalarida 
yallig`lanish jarayonlari parodontoliz tarzida kechadi. Bu jarayon oligofreniya (esi 
pastlik) mavjud bo`lgan bolalar orasida 61% ni, ensefalopatiyada 41,3% ni tashkil 
qiladi. 
Milklar qizarib shishadi, klinik va parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi. 
Milklarda yiringli yallig`lanish aniqlanib, tishlarning liqillab tushib ketishi 
kuzatiladi. Milklardagi yallig`lanish belgilari og`iz bo`shlig`ida fiziologik o`z 
o`zini tozalash jarayonining sustligi, og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya 
qilinmasligi va kasallikni davolash uchun qabul qilinadigan dori darmonlar 
oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastaliklar mavjud bo`lgan bemor bolalarda 
57,4% hollarda tish atrofi to`qimalarining yallig`lanishi parodontoliz tarzida 
kechadi. 
 
6.9.6. Qandli diabet xastaligida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar 


124 
Qandli diabet bilan og`rigan bolalarning parodont to`qimalaridagi 
yallig`lanish, destruktiv-distrofik va degenerativ jarayonlar davolanmagan yoki 
noto`g`ri davolangan bemor bolalar o`rtasida uchraydi. Bunday bemorlarda jarayon 
juda tez rivojlanib, kataral, gipertrofik-granulyatsiyalanuvchi milk yallig`lanishiga 
olib keladi. Milklar yallig`lanishi bilan bir qatorda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi 
qizaradi, ba’zan esa dog`li qizg`ish-eritema belgilari yuzaga keladi. 
Qandli diabet xastaligida atsidozli (kislotali) muhit vujudga kelishi oqibatida 
parodont to`qimalaridagi kollagen tolalar bo`kib, ularning yo`g`onlashuvi va 
g`ovaklashuvi 
natijasida 
parodontal 
cho`ntaklar 
hosil 
bo`lishi, 
granulyatsiyalanuvchi to`qima o`sib chiqishi kuzatiladi. Cho`ntaklarda yiringli 
ekssudat paydo bo`ladi. Tishlar liqillab, chaynov bosimiga bardosh berolmay, har 
tomonga qiyshayadi (patologik okklyuziya). 
Rentgen tasvirida molyar tishlar ildizini o`rab turgan alveolyar suyak 
o`siqlarida voronkasimon yoki likopchasimon, kurak tishlarning alveolyar 
o`siqlarida esa gorizontal yemirilishlar qayd etiladi. Bu xil yemirilishlar suyak 
cho`ntaklarining paydo bo`lishiga olib keladi. Tish ildizlarining 1/3, 2/3 
qismigacha alveolyar suyak o`sig`ining yemirilishi, ba’zan suyak o`sig`ining 
batamom parchalanib, erib ketish hollari kuzatiladi. Suyak to`qimalarining so`rilish 
darajasi tishlar atrofidagi milklarda sodir bulayotgan yallig`lanish jarayonining 
chuqurligiga mos keladi. Milklar va suyak to`qimalaridagi o`zgarishlar dastlab 
distrofik tarzda kechib, keyinchalik yallig`lanish jarayoni ham qo`shilishya tufayli 
shiddatli tus oladi. 
Suyak alveolyar o`siqlaridagi so`rilish jarayonini bir gurux olimlar moddalar 
almashinuvi buzilishining natijasi deb bilishsa, boshqa gurux olimlar diabet 
xastaligi oqibatida sodir bo`ladigan qon tomir devorlarining buzilishi (angiopatiya) 
deb bilishadi. Ushbu xastalikda suyak to`qimalarida yuz beradigan o`zgarishlar 
atsidoz muxit va natijada suyak to`qimasidan kaltsiy, fosfor tuzlarining erib chiqib 
ketishi sababli ro`y beradi. 
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, diabet xastaligi oqibatida yuzaga 
keladigan parodont to`qimasidagi o`zgarishlar, ularda tez sur’atlar bilan 
rivojlanayotgan struktura buzilishlari va yallig`lanish jarayonlari bilan kechib, 
sanoqli yillar ichida tishlarning to`kilib ketishiga sabab bo`ladi. 
Qandli diabet xastaligini to`g`ri aniqlashda kasallik tarixini surishtirish, qon 
va siydikni tekshirishdan olingan ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish