Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Irsiy tugallanmagan amelogenez(ITA)



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
5.8.1. Irsiy tugallanmagan amelogenez(ITA) 
Bu juda kamdan-kam uchraydigan, fan tamonidan deyarli o`rganilmagan 
tish emal to`qimasining rivojlanish nuqsoni bo`lib, uning bir necha xil klinik 
shakllari, xar xil klinik ko`rinishi va avloddan avlodga xar xil yo`l bilan berilishi 
farqlanadi. Mazkur nuqsonni paydo bo`lish sabablari asosida embrion ektodermal 
varag`idagi nasliy rivojlanmay qolgan soxalar yuzaga kelishi yotadi. ITA aloxida 
mustaqil nuqson sifatida, ba’zan esa qo`shma sindromlar va xromosom 
kasalligining klinik belgisi sifatida xam yuzaga kelishi mumkin. Tish emal 
to`qimasining ushbu nuqsonida emalning rangi o`zgaradi, u yupqalashadi, tish toj 
qismi o`lchamlari kichrayadi. Tish toj qismida chuqurchalar, oval kemtiklar va 
egatchalar kuzatiladi. Bu xil klinik belgilar va nuqsonlar estetik kamchilik sifatida 
bemor bolalar tomonidan qayd etilib, shikoyatlar paydo bo`ladi. Irsiy 
tugallanmagan amelogenezni u yoki bu xil klinik ko`rinishlarda namoyon 
bo`lishiga rivojlanayotgan emal matritsasidagi buzilishlar sabab bo`ladi. ITAning 
gipoplastik turining
kelib chiqishi emal matritsasidagi shakllanishning buzilishi 
bilan bog`liqligi etirof qilinadi; 
gipomaturatsiyali 
turi esa matritsaning me’yoriy 
yetilishining buzilishi bilan bog`liq; 
gipominerallashgan 
turi- matritsaning 
mineral tuzlarga to`yinishining buzilishi oqibatida yuzaga kelishi taxmin qilinadi. 
Kasallikni klinik ko`rinishlari uning turiga, qaysi yo`l bilan irsiy berilganligiga, 
klinik kechishiga bevosita bog`liq bo`ladi. Mazkur emal nuqsoni 3 xil irsiy yo`l 
bilan berilishi (autosom-dominant, autosom-retsessiv, X-yopishgan dominant yoki 
retsessiv) mumkinligini, 3 xil klinik shakli (gipoplastik, gipomaturatsiyali, 
gipominerallashgan), 12 xil klinik ko`rinishini nazarda tutsak, ushbu emal 
nuqsonini qanchalik darajada xilma-xilligini tasavvur etishimizga to`g`ri keladi.
ITAning g`oyatda xilma-xil shakli, turi va klinik namoyon bo`lishi 
shifokordan juda extiyotkorlik va etibor bilan bemorni ko`rikdan o`tkazib 
tekshirishni taqozo qiladi. Shifokorlar mazkur kasallikning xar bir shakli, turi 
o`ziga xos klinik belgilarga ega ekanligini yaxshi bilib, ularni ajrata olishi kerak.


93 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish