Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Sistemali emal gipoplaziyasini davolash



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
5.2.8. Sistemali emal gipoplaziyasini davolash. 
Bugungi kunda bemorlarga ko`rsatiladigan zamonaviy stomatologik yordam 
sistemali gipoplaziyada klinik belgilarni kay darajada rivojlanganligiga bog`liqdir. 
Kosmetika nuqtai nazardan tish emali nuqsonlarini bartaraf qilish uchun, bemor 
yoshini inobatga olgan xolda stekloionomer sementi, kompomer materiallar, 
kompozit materiallar, kimyoviy yoki nur yordamida kotuvchi plomba ashyosidan 
keng foydalaniladi. Kuchli rivojlangan destruktiv xolatlarda ortopedik yordam 
ko`rsatish xam tavsiya qilinadi. Yuqorida keltirilgan plomba ashyolari nuqsonlar 
charxlanib ma’lum shakl berilgach ajratuvchi tagliklardan foydalanilgan xolda 
kariyes kavaklarini davolagandek tishlarning anatomik shakli tiklanadi. Kosmetik 
nuqsonlar, dog`lar, rang o`zgarishlari bartaraf qilinadi.
Sistemali emal gipoplaziyasi mavjud bolalar dispanserizatsiyada kariyes xavfi 
bor guruxga kiritiladi. 
 
5.2.9. Tish emalining maxalliy gipoplaziyasi. 
Tish qattiq to`qimalari xastaligining bu turida mineralizatsiya jarayoning 
buzilishi xar xil sabablar oqibatida bir yoki ikkita tish emalida kuzatiladi. Emal 
maxalliy gipoplaziyasi tish follikulasi taraqqiyoti davrida mexanik tarvmasi 
natijasida tish kurtagining infeksiya tushishi oqibatida yallig`lanishi natijasida 
(surunkali periodontit davolanmasligi oqibati) yuzaga kelishi qayd qilingan. 


81 
Sut tishlarda maxalliy emal gipoplaziyasi kamdan-kam xollarda: a) jag`larning 
mexanik travmasi oqibatida sinish chizigi kurtak soxasidan o`tsa; b) jag` 
suyaklarining yiringli yallig`lanishi (osteomiyelit); oqibatida sodir bo`ladi. Doimiy 
tishlarda maxalliy emal gipoplaziyasi tez-tez uchrab turishi amaliyot shifokorlari 
tomonidan e’tirof etilgan. Bunday xolga olib keluvchi sabablardan biri ildiz 
shakllangan sut tishining (ko`pchilik xolda oldingi kurak tishlari) mexanik travma 
oqibatida 
ildizning 
ichkariga 
koqilishi 
sababli 
doimiy 
tish 
kurtagini 
shikastlanishidir. Koqilish paytida doimiy tish kurtagini sut tishi ildizidan to`sib 
turuvchi kortikal suyak plastinkasi butunligi buziladi, oqibatda doimiy tish 
kurtagiga shikast yetadi, natijada kurtakning shikastlangan soxasida dog`, egatcha 
yoki chuqurcha paydo bo`ladi. Keyinchalik shu kurtagi shikastlangan doimiy tish 
chiqqanda toj qismi satxida dog`, egatcha yoki chuqurcha mavjudligi kuzatiladi. 
Dog` xar xil o`lchamli, shaklli, kamdan-kam xollarda rangi oq, odatda sarg`ish, 
jigarrang tusda bo`lib, yaltiroqligi bo`lmaydi. Shu soxalarda emal kalinligi 
o`zgarmagan bo`ladi. Chuqurcha, egatchalar soxasida, ularning tubida emal 
yupqalashgan va pigmentlashgan bo`ladi.
Maxalliy emal gipoplaziyasida klinik belgilar rivoji, darajasi travma ta’sir 
kuchiga, yallig`lanish jarayonining og`irligi va xukm surgan vaqtiga bolaning 
yoshiga bog`liq bo`ladi. Kuchli mexanik travma, og`ir va uzoq kechgan 
yallig`lanish jarayonlari emal to`qimasining o`choqli yoki to`liq aplaziyasini sodir 
qilishi mumkin. Ayrim xollarda tish kurtagining ulishiga xam sabab bo`ladi. 
Ba’zan odatda uchramaydigan o`lchamli, shaklli Turner tishlari nomi bilan ma’lum 
tishlar yorib chiqadi. Emal to`qimasining chuqur shikastlangan soxalarida kariyes 
jarayoni kechib, kavaklar xosil bo`lishi mumkin.
Bemorlar ana shunday tishlar soxasida kosmetik nuqsonga, tishlar sezgirligini 
oshganligiga, giperesteziyaga shikoyat qilishadi. Xarorat va kimyoviy 
ta’sirotlardan og`riqlar paydo bo`lishi ularni bezovta qiladi.
Maxalliy 
emal 
gipoplaziyasining 
dog`li 
shakli, 
sistemali 
emal 
gipoplaziyasining shu xil shakli bilan, kariyesning dog`li boskichi bilan, o`choqli 
odontodisplaziya bilan, autosom-dominant gipomaturatsiyali irsiy tugallanmagan 
amelogenez («qorli kepka») kabi xastaliklar bilan qiyosiy tashxis qilinadi.
Maxalliy emal gipoplaziyasining chuqurchali va egatchali shakllarini sirkulyar 
kariyes, autosom-dominant gipoplastik chuqurchali-egatchali irsiy tugallanmagan 
amelogenez, chkurchali, egatchali sitemali emal gipoplaziyasi bilan, autosom-
dominant gipoplastik donador irsiy tugallanmagan amelogenez kasalliklari bilan 
qiyosiy tashxis utkaziladi.
Rentgen tasvirda chuqurchalar va egatchalar soxasida qoramtir dog`lar yoki 
qoramtir tasmalar aniqlanadi. Ba’zi bir xollarda tish ildizining o`suvchi soxasining 
shikastlanganligi oqibatida tish ildizi shakllanmay qolganligini kuzatish mumkin. 
Tish ildizi atrofi suyak to`qimasida surunkali periodontit uchun xos bo`lgan 
rentgenologik o`zgarishlar mavjud bo`ladi.

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish