11-Rasm.
Shakllanmagan ildizli (A) va
shakllangan ildizli (B) kurak sut
tishlarini davolash.
A,a,b-davolashdan oldin; B, a, b-
davolash muolajasidan so`ng; 1-pasta,
2-dentin qavat, 3-plomba.
Kasallangan tish kariyes kovagi yaxshilab charxlanib, pulpa bo`shlig`i
kengaytirilib ochiladi. Pulpaekstraktor yordamida ildiz kanali chirigan,
parchalangan pulpa to`qimasidan ohistalik bilan bosqichma-bosqich tozalanadi.
Tozalangan ildiz kanali antiseptik moddalar bilan yaxshilab yuviladi. Kanalni
yuvish uchun antiseptik modda eritmasi sifatida 2% li xloramin, 0,1% li
xlorgeksidin, 1% gipoxlorit eritmasi, rivanol, furatsilin eritmalaridan foydalanish
mumkin. Vodorod peroksididan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bu
eritmaning sirt taranglik faolligi juda yuqori bo`lganligi sababli ildiz bo`shlig`idan
har xil mayda zarrachalarni o`ziga yopishtirib olib chiqib, yaxshi tozalaydi.
Yuvilgan kanalga yumshoq paxta qoplangan ildiz (Miller) ignasi kiritilib, ohistalik
bilan ildiz cho`qqi teshigining ochiq-ochiqmasligi tekshiriladi. Igna olinganda
paxta turundasining uch qismi qizg`ish rangda bo`lsa, bu cho`qqi teshigining
ochiqligidan dalolat beradi. Shundan so`ng ildiz kanali quritiladi va yumshoq
moyli asosga ega bo`lgan pastalar bilan plombalanadi. (11-rasm, v, g). Bunday
pastalarni tayyorlash uchun rux oksidi poroshogi, qalampirmunchoq, na’matak
moyidan yoki vitaminli moylardan birida qorishtiriladi. Bugungi kunda kanal
62
to`ldirish uchun ishlatiladigan Endofil (Septodont) plomba ashyosi yaxshi natijalar
berishi qayd qilingan.
Agar davolanayotgan tish toj qismi batamom yemirilib tushgan bo`lsa, ildiz
kanali bo`g`zigacha pasta bilan to`ldiriladi. Bu qatnovda qotmagan yumshoq moyli
pasta ustidan doimiy plomba qo`yilmaydi. Keyingi qatnov paytida pasta qotadi va
uni kichik hajmdagi fissur bor yordamida bir qismi ildizdan holi etilib, fosfat-
tsementdan, shishaionomer sementdan doimiy plomba tayyorlanadi va kovak silliq
qilib berkitiladi. Ana shunday qilinib berkitilgan to`mtoq tish almashinuv
paytigacha bemalol saqlanib, bir qadar o`z vazifasini o`taydi. (11-rasm, a, b).
Shakllangan bir ildizli doimiy tishlarni davolash bolalarda katta yoshdagi
kishilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Buning uchun kariyes kovagini
ko`ngildagidek yaxshilab charxlanadi, qo`shimcha kengaytirilib, tanglay yoki til
tomonga olib chiqiladi (toki ildiz kanaliga igna yoki pulpaekstraktor to`sqinliksiz
osonlikcha kira olsin).
Ildiz kanalini faqat pulpa chirindilaridan tozalashgina emas, balki kanalga
rashpil yoki fayllar yordamida uni kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu tarzda ildiz kanalining dentindan tashkil topgan devori unga mikrokanalchalar
orqali kirgan mikroorganizmlardan bir qadar tozalanadi. Ildiz kanali antiseptik
eritmalar bilan yaxshilab yuvilib, ildiz cho`qqi teshigi ildiz ignasi yoki burama
igna yordamida ochiladi.
Tozalab quritilgan ildiz bo`shlig`i ildiz cho`qqisigacha plombalanadi. Bir
ildizli tishlarni og`iz bo`shlig`ining oldingi qismida joylashganini nazarda tutgan
holda ildiz kanalini to`ldirish uchun tish rangini o`zgartirmaydigan plomba
materiallaridan foydalanish mumkin. Fosfat-tsement, intradont, endodent kabi
materiallar shu jumlaga kiruvchi, qattiqlashib qotuvchi materiallardan hisoblangan,
rux oksidining biror-bir o`simlik moyida (qalampirmunchok, oblepixa va
boshqalar) qorishtirilib hosil qilingan pastalari yumshoq plombalardan hisoblanadi.
Plombalangan ildizlarni rentgen tasviri orqali tekshirib ko`rish bunday hollarda
asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Rentgen tasvirini saqlab qolib, keyinchalik
vaqti-vaqti bilan suyak hosil bo`lish jarayonini tekshirib turish maqsadga
muvofiqdir.
Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarni davolash ish jarayonida birmuncha
qiyinchiliklarni tug`dirishi mumkin. (12-rasm, a).
Bu holda ildiz kanalining oxirgi qismi shakllanmaganligi natijasida u
anchagina keng bo`ladi va bo`shliqqa granulyatsiya to`qimasining o`sib kirishini
ta’minlaydi.
Bunday hollarda ildiz kovagini chirigan pulpa qoldiqlaridan tozalash paytida
og`riq paydo bo`ladi. Shuning uchun igna uchiga paxta o`rab (turunda), ildiz
kovagiga og`riq paydo bulguncha kiritiladi va rentgen tasviri olinadi. Bunday
tekshirish tish ildizining qay darajada shakllanishi, ildiz oxirgi qismining kengligi,
granulyatsion to`qimaning ildiz kovagiga qay darajada o`sib kirganligi to`g`risida
aniq ma’lumot beradi. Tasvirdan foydalanib, ildiz devorining butunligini va ayni
holda yallig`lanish jarayonini surunkali kechadigan gangrenoz pulpitdan farqlay
bila olamiz. Kerakli xulosa chiqargandan keyin ildiz kovagi granulyatsion
to`qimadan 2 yoki 3 ta pulpaekstraktor yordamida tozalanadi. (12-rasm, b).
63
Do'stlaringiz bilan baham: |