Ikkinchi kichik guruh.
Kattalik. Ikkinchi kichik guruhda
tarbiyachi bolalarga uzunligi, kengligi, balandligi, shuningdek, kattaligi
bo‗yicha butunlay keskin farq qiluvchi buyumlarni (lentalar, qog‗oz,
karton brusoklar va boshqalar) taqqoslashni o‗rgatadi. Buyumlarning
o‗lchamlari bo‗yicha nisbatatlarini aniq so‗zlaridan foydalanib
ifodalashga o‗rgatadi: uzun – qisqa, uzunliklari bo‗yicha bir xil (teng);
keng – tor, kenligi bo‗yicha bir xil (teng) baland – past, balandligi
bo‗yicha bir xil (teng), ortiq – kam, miqdori bo‗yicha bir xil (teng).
Bunday taqqoslash uchun avval bir – biridan kattaligi bo‗yicha
biror a‘lomatiga ko‗ra farq qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi
jihatdan bir xil, bir xil rangl, bir xil materialdan tayyorlangan,
uzunliklari bo‗yicha bir xil bo‗lgan lentalarni berish mumkin. Bir lenta
ikkinchisidan biroz uzunroq (qisqaroq0 bo‗lishi kerak. Bu bolalarning
buyumlardagi masofa elementlarini ajratishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalik alomatlari bo‗yicha
buyumlarni taqqoslashga o‗rgatishda u yoki bu obektning uzunligi
kengligi, balandligi, deb nimani aytilishini qo‗l harakati bilan ko‗rsatish
zarur. Masalan, 2 ta lentaning uzunliklari bo‗yicha taqqoslashda
tarbiyachi qo‗lini birinchi lenta bo‗ylab ham, ikkinchi lenta bo‗ylab ham
(chapdan o‗ngga) yuritib, ―bu lenta uzunroq, bu lenta esa qisqaroq
(kaltaroq)‖ deb tushuntiradi. Shundan keyin bolaga barmog‗i (kafti)
bilan lenta bo‗ylab (uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha)
o‗tishni taklif qiladi. Obektlarning balandliklari bo‗yicha taqqoslashda
tarbiyachi qo‗lini buyum bo‗ylab pastdan yuqoriga, asosidan ustki
qirrasigacha o‗tkazadi; buyumlarning butunicha kattaligi bo‗yicha
taqqoslashda tarbiyachi qo‗lini oldin birinchi, keyin ikkinchi buyum
atrofida aylantirib chiqadi.
Bolalar buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi bo‗yicha
yonma – yon qo‗yib va birini ikkichisining ustiga qo‗yib taqqoslashga
o‗rgatiladi. Dastlab buyumlarni yoniga qo‗yib taqqoslashdan boshlash
maqsadga muvofiq, chunki taqqoslash uchun bir xil rangdagi buyumlar
beriladi, bunday buyumlar bir – birining ustiga qo‗yib taqqoslansa,
qo‗shilib ketadi. Har xil rangdagi buyumlardan foydalanayotganda
ustiga qo‗yib taqqoslash usulidan foydalanish kerak. Tarbiyachi bu
usullardan foydalanish kerak. Tarbiyachi bu usullardan qanday qildib
to‗g‗ri foydalanishni ko‗rsatadi: buyumlarning uzunligini yoniga qo‗yib
taqqoslaganda buyumlarni shunday qator qilib qo‗yish kerakki, ularning
96
bir tomondagi (masalan, chapdagi) oxirlari yonma- yon tursin. Ustiga
qo‗yish usulidan foydalanganda buyumlarning nafaqat (chapdagi)
oxirlarini, balki ularning ustki va ostki qirralari (chekkalari) ni ham
ustma – ust joylashtiriladi. Tarbyaichi bir qismi ko‗rinib turgan buyum
uzunroq ekanini tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarga ajratilgan belgilarni, taqqoslanayotgan ikkala
buyumning nomini so‗zlar bilan aytishni o‗rgatadi (―Qizil lenta yashil
lentadan uzun, yashil lenta esa qizil lentadan qisqa‖).
Tarbiyachi
buyumlardagi
belgilarni
(kenglik,
balandlik)
taqqoslashga doir mashqlarga bolalarning qiziqishlarini oshirish uchun
har xil o‗yin vaziyatlarini hosil qiladi. Masalan, ayiqchalarga sharflar
bog‗laydi, qo‗g‗irchoqlarga esa lentalar taqishadi. Bitta sharf (lenta)
bog‗lanadi, ikkinchisi esa bog‗lanmaydi. Nega? Bir sharfni (lentani)
ikkinchisiga yonma- yon qo‗yib, tarbiyachi birinchisi ikkinchisidan
qisqa ekanini ko‗rsatadi. Ikkinchi bir o‗yin o‗yin vaziyatida nega bir
ko‗prikchadan parovoz o‗tgan–u, ikkinchisidan nega o‗tmaganini
aniqlash; mashina qaysi darvozadan o‗tgan, qaysi darvozadan
o‗tmaganini, nega aniqlash talab qilinadi. ―Kimning barmoqlari uzun?‖
―Kimning uyi baland‖, ―Kimning sharfi keng?‖ va boshqa turdagi o‗yin
–mashqlarni o‗tkazish ham mumkin.
Shundan keyin bir xil shakldagi, har xil rangdagi bittadan boqsha
komponentlari (parametrlari) teng buyumlarni taqqoslashga kirishiladi,
bunda (balandligi yoki uzunligi va b.) bolalarning e‘tibori teng
bo‗lmagan parametrlarga qaratiladi. Ajralib turgan parametri, kattaligi
bo‗yicha kontrast bo‗lgan buyumlar taqqoslash uchun olinadi, bu hol
ularni ajratishni ancha osonlashtiradi. O‗yin vaziyatidan foydalanish
mumkin. Masalan, ikkinchi kichik guruh bolalari bilan o‗tkaziladigan
mashg‗ulotlarda (uzunlik haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda)
tarbiyachi har qaysi bolaga bir –biridan uzunligi bilan farq qiluvchi
ikkitadan rangli qalam beradi. O‗yinchoq quyon uzun qalamlarni,
o‗yinchoq mushuk esa kalta qalamlarni ―yig‗adi‖. Tarbiyachi
bolalarning e‘tiborini quyonning quloqlari uzun, dumi esa kalta ekaniga,
mushukning dumi uzun, quloqlari esa kalta ekaniga qaratadi.
Shundan keyin tarbiyachi bolalarni ajratilgan parametri bo‗yicha
buyumlarni bevosita taqqoslashga o‗rgatadi. Bu bosqichda bolalar
amaliy harakatlar (ustiga qo‗yish, yoniga qo‗yish va b.) ni
o‗zlashtirishadi. Bunday harakatlar natijasida bolalar nisbiy kattalikni
aniqlaydilar. Shu maqsadda taqqoslanuvchi parametrlari kontrast
bo‗lmagan buyumlardan foydalanishadi. Shu bilan bir vaqtda
97
bolalarning tenglik haqidagi tasavvuri (―balandligi, uzunligi. Kengligi‖
va b. Bo‗yicha teng) tarkib topadi. Chunonchi, ―baland – past – teng‖
(balandligi bo‗yicha) ekanligi haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda
balandlikning
o‗zini ajratilganidan keyin bolalarga, masalan,
balandlikning o‗zini ajratilganidan keyin bolalarga, masalan, balandligi
bo‗yicha (kontrast bo‗lgan) farq qilmaydigan ikkita minorachani berish
mumkin. Tarbiyachi ikkita minorachani stolning har xil chetlariga
qo‗yadi va bolalardan ular balandliklari bo‗yicha teng yoki teng
emasliklarini so‗raydi. Odatdagidek bolalarning fikrlari bir xil
bo‗lmaydi. Ulardan qaysilari haq, qaysi minora baland ekanini qanday
bilish mumkin? Tarbiyachi ikkila minorani yonma- yon qo‗yib, o‗z
harakatlarini tushuntiradi. Bunday holatda qaysi minoracha baland ekani
hammaga ko‗rinib turadi.
Bolalarning masofalarni aniqlashlarini osonlashtirish uchun atrof –
muhitdagi shunday buyumlardan foydalanish kerakki, ularda masofa
ko‗proq
o‗rinni egallasin, shu bilan bir qatorda dastlabki
mashg‗ulotlarda yassi byumlardan ko‗proq foydalanish kerak.
Bundan tashqari, bolalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan,
har xil faoliyatlardan ular keng foydalanadigan buyumlardan
foydalanishga harakat qilish kerak; bular har xil uzunlik va kenglikdagi
lentalar, har xil uzunlikdagi sakragichlar, qurilish materiallari detallari
(har xil uzunlikdagi brusoklar, kengligi har xi plastinalar, yo‗g‗onliklari
har xil silindrlar, tayoqlar), har xil balandlikdagi piramidalar, keng
archachalar va boshqa ko‗pgina buyumlar va o‗yinchoqlar bo‗lishi
mumkin. Har qaysi mashg‗ulotda bolalarga tarqatma material (kengligi
teng bo‗lgan holda har xil uzunlikdagi qog‗oz poloskalar va aksincha,
uzunligi teng bo‗lgan har xil kenglikdagi qog‗oz poloskalar; har xil
uzunlikdagi, har xil kenglikdagi qog‗oz poloskalar, iplar, har xil
qalinlikdai latta puttalar va b.) bilan ishlash imkonini berish kerak.
Tarqatma materiallar bilan ishlash har bir bolaga buyumlarning
kattaliklarini har tomonlama tekshirish imkonini beradi.
Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli
atamalar bilan aniqlash malakalari tarkib topishiga va shakllanishiga
imkon bergan ba‘zi mashg‗ulotlarni qaraymiz.
Ikkinchi kichik guruhda o‗tkazilgan birinchi mashg‗ulotning dastur
mazmuni quyidagilardan iborat:
1) bolalarga taqqoslash natijasida buyumlardagi masofani
ajratishni o‗rgatish;
98
2) yoniga qo‗yish va ustiga qo‗yish usullaridan foydalanib,
taqqoslash bilan uzun va kalta buyumlarni farqlash malakasini
rivojlantirish;
3) bolalarni har xil uzunlikdagi buyumlarni mos atamalar bilan
aniqlash bo‗yicha mashq qildirish.
Mashg‗ulotlar uchun har xil uzunlikdagi ikkita lenta va ikkita
chizg‗ich didaktik material bo‗lib xizmat qiladi; bolalar uchun va qisqa
(kalta) qog‗oz poloskadan foydalanishadi. Tarbiyachi bolalar e‘tiborini
doskadagi biri ikkinchisining tagiga qoqib qo‗yilgan lentalarga qaratadi
va ularning kattaliklarini topishni taklif qiladi. Bolalar bir lenta baland,
ikkinchisi past (Lola);, biri uzun, ikkinchisi qisqa (Zamira); biri kalta,
ikkinchisi esa katta (Said) deb javob berishadi. Ko‗rib turibmizki,
Zamiragina to‗g‗ri javob bergan. Bolalarning javoblarini aniqlashtirib,
tarbiyachi ta‘kidlaydi: ―Lentalar uzunliklari bo‗yicha har xil. Biri uzun,
ikkinchisi kalta‖. Tarbiyachi lentalarning kattaliklarini aytish bilan bir
vaqtda ularni ko‗rsatadi. (―Mana uzun lentaning uzunligi, mana kalta
lentaning uzunligi‖). Shundan keyin bolalar lentalarning uzunliklarini
ko‗rsatishadi, bunda ular ko‗rsatilayotgan lentaning kattaligini aytib
turishadi, 5-6 ta boladan so‗ralganidan keyin tarbiyachi yakun
yasagandek bo‗ldi: ―Bu lentalar uzunliklari bo‗yicha har xil. Bir lenta
uzun, ikkinchi lenta esa kalta‖. Har xil uzunlikdagi chizg‗ichlarning
kattaliklari ham xuddi shunday usul bilan taqqochlandi va aniqlandi.
Mashg‗ulotning ikkinchi qismida bolalarning hammasi tarbiyachining
ushbu topshirig‗ini bajarishadi: uzun, kalta poloskani ko‗rsat kalta
poloska tagiga uzun poloskani shunday qo‗yki, ularning chap oxirlari
tekis tursin; uzun, kalta poloskaga bayroqcha, kalta poloskaga koptok
rasmini chiz. Har bir topshiriq bajarilganidan keyin tarbiyachi
bolalardan so‗rab, ularni taqqoslanayotgan buyumlarning kattaliklariga
aniq ta‘rif berishga o‗rgata bordi. Mashg‗ulot oxiriga kelib, ba‘zi bolalar
hatto bunday yoyiq gaplarning ham uddasidan chiqishdi; ―Men uzun
poloskaga bayroqcha rasmni, kalta poloskaga koptok rasmini soldim‖.
Bolalarning hammasi uzun va kalta buyumlarni to‗g‗ri
ko‗rsatishdi, ammo ba‘zi bolalar poloskalarni katta va kichik poloska,
deb aniqlashni davom ettirishdi. Bunday aniqlashlarni bir mashg‗ulot
davomida amalga oshirib bo‗lmaydi. Shu sababli navbatdagi ikki
mashg‗ulot davomida tarbiyachi bolalarning uzun va kalta buyumlarni
mos atamalar bilan aniqlab taqqoslash va farqlash malakalarini
mustahkamladi. Bunda u bolalarda har qanday uzunlikdagi buyumlar
uzun – qisqa (kalta), uzunroq – kaltaroq buyumlar kabi umumiy
99
tasavvurni tarkib toptirish uchun taqqoslanadigan buyumlar doirasini
asta – sekin kengaytirib borishni lozim topdi.
Shunday mashqlar natijasida bolalar buyumning nisbiy kattaligini
asta –sekin ko‗z bilan chamalab aniqlashga o‗rgatiladi. Bolada kattalik
bo‗yicha munosabatlarni aniqlash usulining o‗zi shakllanadi.
―Keng – tor – teng‖ (kengligi bo‗yicha) tasavvuri ham buyumlarni
ustiga qo‗yish usuli bilan shakllantiriladi.
―Yo‗g‗on – ingichka – teng‖ (qalinligi (yo‗g‗onligi) bo‗yicha)
tasavvuri har xil buyumlarni bevosita taqqoslash (yoniga qo‗yish usuli
bilan) da shakllanadi. Buning qalinligi bo‗yicha har xil, yo‗g‗onligi
bo‗yicha har xil qalamlarni olish mumkin.
Bolalar har xil o‗lchamli buyumlarni taqqoslay oladigan va tegishli
belgilarni ajrata oladigan bo‗lganlaridan keyin ―Topshiriq‖ didaktik
o‗yini o‗tkaziladi. Topshiriqni tarbiyachi beradi (masalan, qo‗g‗irchoq
nomidan), bolalar esa u aytgan buyumni )qo‗g‗irchoqni), masalan,
baland archani, uzun qalamni, keng lentani (2 – 3 juft buyumlar orasidan
tanlab) ko‗rsatishlari yoki keltirishlari kerak.
Bolalar
kontrast
o‗lchamli
buyumlarni
taqqoslashga
o‗rgatilganidan keyin tarbiyachi ularni buyumlarning uzunliklari,
balandliklari bo‗yicha teng bo‗lish bilan tanishtiradi, uzunliklari
bo‗yicha bir xil (teng), balandliklari bo‗yicha bir xil (teng) degan
ifodalardan
foydalanishga
o‗rgatadi. Shu maqsadda ―shunday
uzunlikdagi lentani top‖, ―balandligi shunday archani top‖ kabi o‗yin
mashqlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |