Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/119
Sana14.06.2023
Hajmi3,75 Mb.
#951050
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Bog'liq
MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

 
 
6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil 
etishda bolalarning o‗ziga xos belgilarga ega bo‗lgan yoshga doir 
xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. 
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: 
 
-
maktabgacha ta‘lim
 
tashkilotining ko‗rgazmali-rivojlantiruvchi 
muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy 
an‘analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‗lishi 
lozim; 
 
-muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, 
bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Nazorat uchun savol
lar. 
1.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarini ayting. 
2.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari necha bobdan 
iborat. 
3.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 1-bobini 
izohlang. 
4.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 2-bobini 
izohlang. 
5.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 3-bobini 
izohlang. 
6.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 4-bobini 
izohlang. 


189 
7.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 5-bobini 
izohlang. 
8.
Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalarining 6-bobini 
izohlang. 
 
 


190 
“Ilm yo„li” variativ dasturi 
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari 
O‗zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimiga katta 
e‘tibor 
qaratilmoqda. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
SH.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017-yil 30-
sentyabrdagi ―Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni tubdan 
takomillashtirish bo‗yicha chora-tadbirlar haqida‖gi 5198 - Farmoni 
ko‗ra, O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil 
etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy 
va o‗quv-metodik ta‘minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha 
ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
dekabrdagi ―Boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik 
tayyorlashga 
bosqichma-bosqich 
o‗tish bo‗yicha chora-tadbirlar 
haqida‖gi 999- sonli qarorini ijro etish doirasida O‗zbekiston o‗z 
zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‗lovsiz majburiy bir yillik 
tayyorgarligi bo‗yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish, ularga ta‘lim-tarbiya berish va maktabga 
tayyorlash maqsadida ―Ilm yo‗li‖ dasturini ishlab chiqish hamda uni 
tasdiqlash zarurati paydo bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining 
tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, 
ularga ta‘lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida ―Ilm 
yo‗li‖ variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan ―Ilk qadam‖ Davlat o‗quv dasturi, 
O‗zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning 
rivojlanishiga qo‗yiladigan Davlat talablari, ―Kadrlar tayyorlash 
bo‗yicha 
Milliy dastur‖, maktabgacha ta‘limni rivojlantirish 
Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi. 
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturi bolaning to‗laqonli rivojlanishi, 
tarbiyalanishi va o‗qishini, uning maktabda ta‘lim olishga samarali 
tayyorlanishini ta‘minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash 
bo‗yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat 
bo‗lib sanaladi.
Mazkur dastur o‗ziga xos bo‗lib, unga ko‗ra, o‗quv-tarbiyaviy 
faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 
80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. 


191 
Dastur idoraviy bo‗ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat‘iy 
nazar 
O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha 
maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida qo‗llanilishi mumkin: 

bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga 
ega bo‗lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat 
va nodavlat ta‘lim tashkilotlarida; 

maktabgacha va boshlang‗ich ta‘lim tizimi uchun kadrlar 
tayyorlashni amalga oshiradigan o‗rta-maxsus va oliy ta‘lim
muassasalarida; 

maktabgacha va umumiy o‗rta ta‘lim tizimi uchun pedagog-
kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda. 
Shuningdek, har bir maktabgacha ta‘lim tashkiloti, shu jumladan, 
maktabgacha ta‘limning muqobil shakllari hududiy, milliy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‗z muqobil 
shakllarini ishlab chiqishi mumkin. 
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar 
(jismoniy rivojlanish va sog‗lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-
hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‗qish va yozish malakalari; bilish 
jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‗yicha O‗zbekiston 
Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qo‗yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning 
o‗rgatuvchi 
jarayonidagi 
integratsiyalashgan 
yondashuv 
bola 
rivojlanishining yaxlitligini ta‘minlaydi. 
O‗zbekiston 
Respublikasida maktabgacha ta‘limi tizimini 
modernizatsiya qilish maktabgacha ta‘limga teng imkoniyatlar 
yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta‘limiga 
tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni 
taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‗qitish majburiy boshlang‗ich ta‘limga bir 
yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta‘lim sektori rejasi, maktabgacha 
ta‘limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda 
bolaga yo‗naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida 
shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta 
rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan 
belgilanadi:


192 

katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining 
dastlabki 5 yilida shakllanadi; 

maktabgacha ta‘limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 
17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam 
bo‗lmaganda); 

umumiy ta‘limda erishiladigan sezilarli yutuqlar; 

ta‘limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat 
mavjudligi; 
-g‗ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi. 
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun
quyidagilarni ta‘minlashni ko‗zda tutadi: 
-zarur bo‗lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun 
teng imkoniyatlarni vujudga keltirish; 
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‗ljallangan majburiy boshlang‗ich 
ta‘limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to‗liq kunli 
maktabgacha ta‘lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‗lmagan 
yoki muayyan sabablarga ko‗ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning 
talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;

6-7 yoshli bolalar uchun mo‗ljallangan majburiy boshlang‗ich 
ta‘limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta‘limga 
qo‗yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning 
har tomonlama rivojlanishini ta‘minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va 
sog‗lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, 
muloqot, o‗qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; 
ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‗un rivojlanishini ta‘minlashga 
mo‗ljallangan; 

maktab ta‘limiga umumiy psixologik tayyorgarlik. 
Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan 
holda:

istisnosiz barcha bolalarning ta‘lim olish va rivojlanishga teng 
imkoniyatga ega bo‗lishini ta‘minlashga; 

amaliyotga bola yo‗naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta‘lim 
tamoyillarini joriy etishga; 

oila va jamoalar bilan hamkorlik; 

ta‘lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan 
holda milliy qadriyat va ustuvorliklarni e‘tiborga olish; 

qulay, do‗stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga 
yo‗naltirilgan. 


193 
majburiy boshlang‗ich ta‘limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi 
ta‘lim jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan: 

bolaga yo‗naltirilgan ta‘limga yondashuvi; 

inklyuziv ta‘lim haqida mushohada yuritish; 

bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta‘minlaydigan ta‘lim 
muhitining xususiyatlarini belgilash

maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyatning etakchi turi – o‗yin 
asosida ta‘lim berish; 

bola – ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisi; 

rejalashtirish va baholash samaradorligi; 

bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni 
hamkorlik asosida jalb etish; 

interfaol ta‘lim;

integrativ o‗qitish. 
Dasturda 
ko‗zda 
tutilgan 
vazifalar 
nafaqat 
rivojlanish 
markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o‗yin jarayonida hamda 
pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham 
to‗liq bajarilishi lozim.

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish