87
Maktabgacha yoshdagi bolalarni 2 raqami bilan tanishtirish uchun
yuqorida tavsiflangan usullardan ham, yangi usullardan ham foydalanish
mumkin. Masalan, tarbiyachi xonadagi buyumlarning qaysilari haqida
―ikkita‖ yoki ―ikkitadan‖ deyish mumkinligini so‗raydi (buyumlar
oldindan tayyorlab qo‗yilgan bo‗lishi kerak), yoki flanelegrafga 2-3 juft
buyumni qo‗yadi va ularning nechtaligini raqam bilan belgilash
mumkinligini aytadi va uni ko‗rsatadi. Bolalar beshta raqamning
hammasi bilan sekin –asta ana shunday tanishtiriladi.
Bilimlarni
mustahkamlash har xil amaliy mashqlar jarayonida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlar asosida bolalar qaysi son katta ekanini faqatgina real
buyumlarda emas, balki raqamlarda ham ko‗rsata oladi. Tarbiyachi
bolalarga ko‗rsatgan raqamga mos keladigan miqdordagi buyumlarni
ajratib sanashni;
buyumlarni qayta sanab, natijasini ovoz chiqarib
aytmaslikni,
uni
raqamlar
yordamida
ko‗rsatishni;
raqamli
kartochkalarga nisbatan orientir olib, qaysi son qaysi sondan katta va
qancha katta (kichik) ligini aniqlash (raqamni ko‗rsatish bilan)
topshiriqlarini bajarish mumkin.
Raqamlarni o‗zlashtirish kichik sonlarning hosil bo‗lishiga doir
mashqlar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyachi 5 ta buyum qo‗yadi.
So‗ngra 1 ta buyumni olib qancha qolganini raqam bilan ko‗rsatishni
so‗raydi. 1 tadan buyumni olish to 0 raqamini ko‗rsatguncha davom
ettiriladi.
Raqamlar yordamida bolalar keyingi (oldingi)
sonni aniqlash va
aytishga o‗rgatiladi. Masalan, bolalarga 6 raqami beriladi va keyingi
sonni raqam bilan ko‗rsatish so‗raladi? 7 raqamini ko‗rsatib, oldingi
sonni ko‗rsatishni so‗raladi va h.k.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning sonning 2 ta kichik
sondan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi. Sonni 2 ta
kichik songa ajratish va 2 ta kichik sondan bitta katta son hosil qilishga
o‗rgatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni sonlarni 10 ichida
hosil qilish va yoyish (ajratish) ning mumkin bo‗lgan hamma hollari
bilan tanishtirish kerak. Bu bilan bog‗liq bo‗lgan mashqlarni 3
sonidan
boshlash maqsadga muvofiq. Tarbiyachi flanelegrafga 3 ta eman
yaprog‗ini joylashtiradi, yaproqlar nechta va ular qanday rangda
ekanligini so‗raydi. So‗ngra 1 ta yashil yaproqni 1 ta sariq yaproq bilan
almashtiradi. Nima o‗zgarganligini, yashil yaproqlar nechtaligini va
sariqlari nechtaligini so‗raydi (2 ta yashil va 1 ta sariq, jami 3 ta, demak,
3 – bu 2 va 1). Yana sariq yaproq o‗rnini
almashtirib, uni yashil
yaproqlardan oldinga qo‗yadi va jami yaproqlar qanchaligini, qaysi
88
yaproqlar qanchaligini so‗raydi (1 ta sariq va 1 ta yashil, demak, 1 va 2
yana 3).
Boshqa sonlarning tarkibi bilan ham bolalarni shunga o‗xshash
tanishtirish kerak:
4 – bu 3 va 1; 1 va 3; 2 va1;
5 – bu 4 va 1; 1 va 4; 3 va2; 2 va 3;
6 – bu 5 va 1; 1 va 5; 4 va 2; 2 va 4; 3 va 3;
7 – bu 6 va 1; 1 va 6; 5 va 2; 2 va 5; 4 va 3; 3 va 4;
8 – bu 7 va 1; 1 va 7; 6 va 2; 2 va 6; 3 va 5; 4 va 4;
9 – bu 8 va 1; 1 va 8; 7 va 2; 2 va 7; 6 va 3; 3 va 6;
10 – bu 9 va 1; 1 va 9; 8 va 2; 2 va 8; 7 va 3; 3 va 7; 6va 4; 4va 6;
5 va5.
Sonlarning 2 ta kichik sondan iborat tarkibini o‗rganishda bolalarni
faqat katta bilan kichikni (7 va 1 – bu 8) ham mashq qildirish ta‘vsiya
etiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning sonning 2 ta kichik
sondan iborat tarkibigi doir bilimlarini
mustahkamlash uchun
kartochkalar, buyumlar bilan, keyinroq esa raqamlar bilan har xil
mashqlardan, ―Topchi, ikkinchi qo‗limda nechta?‖, ―Sanoq lotosi‖,
―Senda qancha?‖, ―Qo‗sh, ol‖ kabi o‗yinlardan foydalanish kerak.
Sonning tarkibi bilan tanishtirish bolani qo‗shish va ayirishga doir sodda
masalalarni echishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: