65
predmetni, uning biror sifatini aytish bolalarning lug‗at boyligini,
qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi.
Katta guruh bolalari uchun stol ustida o‗ynaladigan bosma o‗yinlar
qiziqarli bo‗lib, ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport
tasvirlanadi, "Kim nimada yuradi, suzadi, uchadi", ertak qahramonlari
ishtirok
etadi.
Bu
va
shunga
o‗xshash o‗yinlar bolalardan
mashg‗ulotlarda, ekskursiyalardagi kuzatish prosessida o‗zlashtirilgan
bilimlarni eslash va qo‗llashni talab etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun
mazmunida, o‗yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik, aniqlik,
tezkorlik, idroklilik elementlari bor bo‗lgan o‗yinlar
qimmatli va
qiziqarlidir. Har bir bolalar bog‗chasida juda ham rang-barang o‗yinlar
yig‗indisi bo‗lishi hamda mustaqil faoliyat uchun ajratilgan vaqtda
bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi kerak.
Ovutuvchi - o‗yinlar alohida guruhni tashkil etadi. Ularda
ajoyiblik, kutilmaganlik, kulgililik elementlari aniq ifodalangan bo‗lib,
hazil, yumor bor. Ularning asosiy vazifasi - bolalarni xursand qilish,
kuldirishdan iborat. Ko‗pchilik o‗yinlarning mazmuni va qoidalari yoki
tez bajariladigan o‗yin harakatlarini, yoki kichiklashtirilgan harakatlarni
talab etadi. Ularning ba'zilari tez, ko‗pincha tasodifiy reaksiya uyg‗otadi,
boshqalari esa bolalarni irodaviy zo‗r berishga o‗rgatadi.
"Quyonchani
tutib
ol",
"Qo‗ng‗iroqchali
bekinmachoq",
"Suratlarni kim tezroq yig‗adi" kabi o‗yinlar ovituvchi - o‗yinlar
qatoriga kiradi.
Ijodiy o‗yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni
tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o‗yin faoliyati tizimida asosiy
komponent sifatida o‗z
ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va
personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o‗yinlarda hayoliy vaziyatning
mavjud bo‗lishi bolaning tafakkurini o‗stirib, sujet va rollar o‗yin
mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o‗yinlaming o‗ziga xos
sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalaming kattalar bilan
birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning
yoshiga qarab, o‗yin mazmuniga qarab o‗zgarib boradi. Kichik yoshdagi
bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar
bo‗lsa, bola katta bo‗lgan sari o‗yindagi kattalar harakatlarini va
munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo‗lib xizmat qiladi.
Shunga ko‗ra, o‗yinlami sujeti, mazmuniga ko‗ra 3 guruhga bo‗lish
mumkin:
1. Maishiy o‗yinlar (oila, bolalar bog‗chasi
va boshqa voqelikni aks
ettiradigan).
66
2.Mehnat mavzusidagi o‗yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok
etish, o‗z-o‗ziga xizmat va b.).
3.Ijtimoiy mavzudagi o‗yinlar.
Milliy xalq o‗yinlari ikki guruhga bo‗linadi:
1. Milliy harakatli o‗yinlar.
2. Milliy xalq o‗yinlari.
Milliy harakatli o‗yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari
bilan aloqador bo‗lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda
rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan
baquvvat, sog‗lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo‗lib
o‗sishlarida muhim omil bo‗lib hisoblanadi. Xalq milliy o‗yinlarida
millatning o‗tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter
xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.
1-2 yoshli
bolalar bilan o‗ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqa-
barmoq», «G‗oz-g‗oz», «G‗oz tursin», «Bo‗p-bo‗p», «Toy-toy»,
«Poyezd», «Achom-achom» o‗yinlari go‗dak endi bir-ikki qadam
tashlashni o‗rganayotgan vaqtda gavdasini to‗g‗ri tutishga yordam
beradigan o‗yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli
bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o‗yin», «Kesak
qo‗ydi», «Ko‗z boylagich», «Guli chambar», «Aval-akam», «Tayoq
irg‗itish», «Quloq cho‗zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi»,
«Uchdi-uchdi».
4-5 yoshli
bolalar bilan o‗ynaladigan o‗yin turlari: «Chir aylanma»,
«Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‗yin», «Ko‗pkari»,
«Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
Katta yoshdagi
bolalar uchun o 'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga
tort», «Do‗ppi yashirma», «Charxpalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko‗k
terak». Bu o‗yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‗z-o‗zini boshqara olish
va o‗ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko‗nikmalari shakllanadi,
fikrlashga o‗rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob
bo‗lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq milliy o‗yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy,
estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‗z
Vatanini
sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini
hurmat qilish, milliy kuy va qo‗shiqlardan zavqlanish tuyg‗ulari,
shuningdek o‗sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr toqatlilik,
tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‗yinlarini maktabgacha ta‘lim muassasalarida tashkil
etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
67
- xalq milliy o‗yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‗llari,
usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o‗yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-
odatlarimizni kundalik hayot
jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida
tarbiyalashda xalq milliy o‗yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og‗zaki ijodi durdonalaridan unumli
foydalanish;
- bolalarning o‗ynashlari uchun shart-sharoit (o‗yin uchun jihozlar,
atributlar) yaratish;
- maktabgacha ta‘lim muassasalari, oila va mahallalar o‗rtasida
milliy o‗yinlar bo‗yicha ko‗rik tanlovlari va musobaqalar o‗tkazish.
Xalq harakatli o‗yinlarini tashkil etish va bolalarga o‗rgatishda
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
bolani ruhiy jihatdan o‗yinga tayyorlash;
o‗yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh
xususiyatlariga e'tibor berish;
har
bir
o‗yinning pedagogik tomonlarini nazardan
qochirmaslik;
o‗yinlarni ijtimoiy-foydali
mehnat bilan boglagan holda
hayotga tatbiq etish;
o‗yin davomida o‗zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash;
jamoa bo‗lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga
hurmat va e'tiborli bo‗lish.
Do'stlaringiz bilan baham: