Organ va organlar sistemasi haqida tushuncha
Biror shaklga ega bo'lgan va bir qancha to'qimalar yig'indisidan iborat morfologik birlik organdeb ataladi. Organda birorta to‘qima ko‘proq qismni tashkil etadi. Masalan, skelet muskullarning tarkibida, asosan, ko‘ndalang-targ‘il muskullar bor. Shuningdek, zichlashgan biriktiruvchi to‘qima, tomirlar va nervlar bo‘ladi. Organlar organizmda ma’lum funksiyalarni bajaradi va organizmni tashqi muhitga moslashtiradi. Organizmdagi organlar bir-biriga bogMiq bo'lib, bir butun organlar sistemasini hosil qiladi. Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi organlar birlashib, organlar sistemasiniyuzaga keltiradi. Organlar sistemasi tayanch va hara- kat, hazm, nafas, siydik-tanosil, yurak-qon tomirlari sistemasi, endokrin organlari sistemasi, nerv sistemasidan iborat.
Odam embrionining rivojlanishi
Odam embrionining rivojlanishini embriologiya fani o'rganadi. Embrion rivojlanishining ba’zi davrlarini qisqacha ko‘rib o‘tamiz. Erkak organizmidagi jinsiy bezlarda urug‘ hu- jayralar — spermatozoidlar, ayol jinsiy bezlarida esa tuxum hu- jayralar yetiladi. Urug‘ hujayra bilan tuxum hujayra ham boshqa hujayralarga o‘xshash protoplazma va yadrodan tuzilgan. Jinsiy hujayralarda 23 ta xromosoma mavjud. Tuxum hujayra rivojla- nish davrida murakkab o‘zgarishlarga uchraydi. Tuxum hujayra urug‘ hujayraga nisbatan kattaroq boMadi. Urug‘ hujayra — sper- matozoid mayda va harakatchan bo‘lib, uning boshi, bo‘yni va dumi bor. U bachadon nayidagi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Natijada, ikkita hujayraning qo'shilishidan 46 xromosomali yagona hujayra hosil bo‘ladi. Bu yangi hujayrada ota-onadagi barcha irsiy omillar saqlanadi.
Urug‘langan tuxum hujayra zigota deyiladi. Uning dastlab 2 ga,
8, 16, 32 va undan ziyod geometrik bo‘linishidan ko‘p hujayrali shar — blastomer hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra teng bo‘linmaydi. Shuning uchun blastomerning bir pallasida tuxum sarig‘i ko'proq tushgan yirik hujayralar, ikkinchi pallasida esa maydaroq hujay- ralar yig‘iladi.
Embrion rivojlanishining ikkinchi — blastula davrida embri- on devorini hosil qilib turgan ba’zi hujayralar juda tez ko‘payib, tuguncha shaklida to'planadi va asta-sekin blastula bo‘shlig‘iga cho‘kadi. Natijada embrioblast, ya’ni qo‘sh qavatli tovoqsimon davr boshlanadi. Embrioblastdan gastrula yuzaga keladi. Bu davr- da embriondan birlamchi ichak bo‘shlig‘i va uning old tomonida tashqariga ochilgan og‘iz paydo boiadi.
Embrioblastlarning ikkinchi qismi ajralib, blastotselga tushib ko‘payadi va mezoderma hosil qiladi, ya’ni mezoderma ektoder- madan hosil bo'lgan birlamchi ichak hisobiga yuzaga keladi. Bu davrda tashqi — ektoderma, ichki — endoderma, o‘rta — mezoderma embrion qavatlari paydo bo‘ladi.
Organizmdagi barcha organlar ana shu ektoderma (nervlar, teri), mezoderma (suyaklar, muskullar, tomirlar va boshqalar) va endoderma (ichki organlar)da rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |