Bolalar adabiyoti va mumtoz adabiyot namunalari. Alisher Navoiy va Gulxaniyning bolalar kitobxonligidagi oʻrni


Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar



Download 363,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.06.2022
Hajmi363,48 Kb.
#630316
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va mumtoz adabiyot namunalari.

Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar. 
Avval ta’kidlab 
o`tganimizdek, bu davr bolalari maktabga boradigan, o`zlari mustaqil ravishda ozmi-
ko`pmi kitoblar o`qiydigan darajada bo`ladilar. Bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya 
etiladigan ertaklarning ham ko`p qismini ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o`qish 
haqida bo`lishi talab etiladi. “Zumrad bilan Qimmat”, “Oltin tarvuz”, “Dehqon bilan 
ayiq”, “Non va tilla” (arab xalq ertagi), “Haqqush” (tojik xalq ertagi), “Danak” (qirg`iz 
xalq ertagi), “Qizg`anchiq Pak” (koreys xalq ertagi), “Kuch va topqirlik” (latish xalq 
ertagi), “O`tinchi yigit”, “Bo`ri bilan echki” singari ertaklar kichik maktab yoshidagi 
bolalar sevib o`qiydigan ertaklardir.
Bu yoshdagi bolalarga ko`proq ig`vo, g`iybat, munofiqlikdan yiroq bo`lgan ertaklar 
yoqadi. Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga hech bir ozor etkazmasligini, 
takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko`zi bilan qaramasligini, rostgo`y 
bo`lishini kitobxonlar avvalgi davr bolalar kitobxonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali 
bilib olishgan. Demak, o`zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, 
kular yuzli, shirin so`zli va xushmuomala bo`ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga 
xiyonat qilmaydi. Ig`vo, g`iybat munofiqlikdan o`zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini 
bajo keltiradi. Ularni o`zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug`laridan 
aloqasini uzmaydi, ularga mehr-oqibatli bo`ladi. Yomon yo`llardan, yaramas ishlardan, 
nojo`ya harakatlardan o`zini saqlaydi. Mana shularga o`xshash go`zal xislatli bolalarni el 
sevadi, e’zozlaydi. “Zumrad bilan Qimmat” ertagidagi Zumrad xuddi shunday hislatli 
obrazlardan biridir. 


O`rta va katta yoshdagi bolalarga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar. 
Maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar 
yuqorida ko`rib o`tganimizdek hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo`lishidan 
tashqari rasm va bo`yoqlar bilan boy bo`lishini ham ta’kidlab o`tgan edik. Bu ikki guruh 
kitobxonligidagi ertaklar vositasida kichkintoylarga tabiat, ona-Vatan, hayvonot olami 
haqida to`g`ri so`zli, odobli bo`lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash singari 
masalalar ularning ong-tushunchalariga etkazilishini eslatib o`tmasak ham bo`ladi.
Endilikda bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning katta-
ko`pchiligi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo`lish, xalq 
va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi ertaklardan iborat bo`ladi. “Pahlavon 
Rustam”, “Birlashgan o`zar”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Ona yer 
farzandi», “Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo`lgani” (turk xalq ertagi), “Ilon terisini 
yopingan pahlavon” (no`g`ay xalq ertagi), “Donishmand qiz” (xitoy xalq ertagi), 
“Qadrdon uyingning mixi” (shved xalq ertagi), “Chollar, ho`kizlar, bo`rka va pop” 
(gruzin xalq ertagi) singari ertaklarni o`qish uchun tavsiya etish mumkin. 
Ota-boblarimizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish insonning o`ziga 
bog`liq. U nechog`li to`g`ri so`zli, aqlli, tadbirli, pok ko`ngilli bo`lsa; do`stga, vatanga 
xiyonat qilmasa; yolg`on gapirmasa; topshirilgan ishni va’da qilgan kunida bajarib 
va’dasiga vafo qilsa bunday zotni el yurakdan yaxshi ko`radi.
Kimki zolim va takabbur bo`lsa, bir kuni buning jazosini tortadi. G`arib, bechoraning 
ko`nglini og`ritmasa, dangasalik qilmay mehnat qilsa, katta davlat va qudratga ega 
bo`ladi. Beva-bechoralarga rahm-shafqat qilmaganlar yo`qchilik, kambag`allik o`tida 
qovuriladilar. Ertaklardan ana shu fikrlarni uqish mumkin. 
Bizga ozgina bo`lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, 
dunyoga kelishimizga sababchi bo`lgan, o`stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga 
doimo muhabbat, hurmat, rioyat va xizmat qilish – bo`ynimizdagi sharafli burchdir. Bu 
sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini olgan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, 
saodatli bo`lib yashaydi. Buning yorqin namunasini “Uch og`a-ini botirlar” ertagida 
ko`rish mumkin. Ertakda ota uzoqni ko`zlab ish ko`radiganlardan. O`g`illariga yaxshi 
tarbiya beradi. Natijada o`g`illari ota izidan komil insonlar bo`lib kamol topadilar. Ota 
duosi, o`git-nasihatlarini dillariga jo qilib olganliklari uchun ular hayotda kam 
bo`lmaydilar.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin 
atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehroqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, 
mehnatni sevishni o‘rganadilar. 
Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotini 
yuksaltirishga barakali hissa qo‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalaming 


quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. Uning asarlari bolalarni yaxshi o‘qishga, fan 
asoslarini chuqur egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi.
Xullas, kimki xalq og`zaki ijodiga mehr qo`ysa, ayniqsa, ertaklarni ko`proq o`qisa, 
albatta, yomon bo`lmaydi.



Download 363,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish