3 5
Past etar ul xaylni charxi baland.
Tarki adabdin biri kulgu durur,
Kelgu adab tarkiga belgu durur,
Kelgu adab tarkiga belgu durur.
Qahqahadin
kabk navo kelturub,
Boshig‘a ul kulgu balo kelturub.
G‘uncha kulub bo‘ldi ochilmoq anga,
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga¾
Kulguki o‘z haddidin o‘ldi yiroq,
Yig‘lamoq andin ko‘p erur yaxshiroq¾
*
*
*
¾Biri erur makrumati volidayn,
Balki munung qilag‘idur farzi ayn.
Bu ikkining xizmatini bir bil,
Har
necha ifrot esa, taqsir bil.
Boshni fido ayla, ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a¾
Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin—quyosh.
So‘zlaridin
chekma qalam tashqari,
Xatlaridan qo‘yma qadam tashqari¾
Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak,
Ulki kichikroq anga shafqat kerak¾
Yana budurkim, toni xizmat chog‘in,
Ayla, vale aylamagandek sog‘in.
Yana bukim, yaxshi-yomon dema so‘z,
El yomon-u yaxshisiga solma ko‘z¾
Nasriy bayoni:
Ey, talab uyida qaddini xizmat yuki eggan kishi. El xizmati
yo‘lida gard bo‘lib, ana shu gard bilan kibr ko‘zini ko‘r qilding.
Qiyinchiliklar tufayli to‘kkan ko‘z
yoshlaring bilan nafs-u havo
olovlarini o‘chirding
Bu yo‘lning talab sharti shu: odob tavoze bilan birga yashaydi.
Oyning o‘rog‘i tavozega egilgani uchun kundan-kun uning kamoloti
osha boradi. Falak tavoze bilan egilgani uchun jahon eli uning
amriga tobedirlar.
Nasab va amal kishiga sharaf emas. Hayo va odob tufayli kishi
sharaf qozonadi. Hayo yog‘in manbayi bo‘lgani
uchun uning har
tomchisi tuproqni qiyomga aylantiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 6
Odobsiz kishilar mo‘tabar bo‘lmaydilar, yuksak falak ularni
tubanlashtiradi
Odob buzilishining bir belgisi qattiq kulgidir. Qattiq kulgi
odobsizlik belgisidir. Kaklik qah-qah otib sayragani uchun boshiga
u kulgi balo. Olib keladi (ya’ni ovchi qo‘liga tushadi).
G‘uncha
kulib ochilgani uchun, darhol yaproqlari sochila
boshlaydi. O‘z haddidan ortiq kulgidan ko‘ra yig‘lamoq afzaldir¾
*
*
*
Biri buki: ota-onani aziz tutmoq kerak. Bu ishni shart va farz
deb bil. Ularning har ikkisiga birday xizmat qil. Har qancha ko‘p
xizmat qilsang, oz deb bilgin.
Ota qoshiga boshni fido qil. Ona boshiga taningni sadqa et. Ularni
tun-kuningga nur sochuvchi oy va quyosh deb bilgin. So‘zlaridan
tashqari chiqma, chizgan chiziqlaridan tashqariga qadam qo‘yma¾
Yoshi ulug‘roq kishilarga xizmat qilish kerak.
Kichik yoshlilarga
nisbatan shafqatli bo‘lmoq lozim.
Yana biri buki, xizmat paytini bilmoq kerak. Xizmat qilish
kerag-u, o‘zni xizmat qilmagandek olib yurish ma’qul.
Yana biri: bo‘lar-bo‘lmas so‘zlarni vaysayverma. Elning yaxshi-
yomon tomonlariga tahqirli nazar solma¾
Uchinchi maqolat
Do'stlaringiz bilan baham: