Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Alisher Navoiy
(1441—1501)
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va  adabiy tilining asoschisidir.
Shoirning besh yirik dostondan iborat „Xamsa“, to‘rt devonni
o‘z ichiga olgan „Xazoyinul-maoniy“ asari unga jahonshumul
shuhrat keltirdi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida  inson va insoniylikni ulug‘ladi.
Odamlar bir-birlariga g‘amxo‘r, mehribon va jonkuyar bo‘lib
yashashlarini orzu qildi. Buyuk shoirning ko‘pgina asarlarida bu
masala  qayta-qayta ta’kidlandi.
Alisher Navoiy o‘zining mashhur dostonlaridan biri —
„Hayratul-abror” da odob va kamtarinlikni ulug‘laydi, ta’lim va
tarbiya haqida qimmatli fikrlar aytadi. Ayniqsa, ota-onani hurmat
qilish, e’zozlash, ularning pand-nasihatlarini quloqqa olish
foydadan xoli bo‘lmasligini yozadi:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin — quyosh!
So‘zlaridan chekma qalam tashqari,
Xatlaridin qo‘yma qadam tashqari!
Alisher Navoiy yoshlarning kasb-kor egasi bo‘lib kamol
topishlarini juda orzu qiladi. „Farhod va Shirin” dostonining bosh
qahramonlaridan biri Farhod ko‘pgina kasb-hunar egasi. Tosh
yo‘nish hunari esa bularning ichida eng a’losi hisoblanadi.
Arman mamlakatida Farhod:
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir!—
3 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 4
deya tosh yo‘nuvchilarga yordam berib, minglab kishilarning
ishini yengillashtiradi.
Alisher Navoiy halollik, rostgo‘ylikni sevadi. Kimki nopok
bo‘lsa, birovlarni aldasa, yaxshilikka olib kelmasligiga, xalqni bir
aldagan kishi uning qahr-g‘azabiga uchrashiga alohida urg‘u berib
yozadi:
Bor emish avval zamonda bir kishi,
Doimo yolg‘onchilik qilgan ishi.
Bir kuni uyini o‘t olgan emish,
Qutqaring, deb dod-voy solgan emish.
Ammo hech kim unga yordamga kelmaydi. Chunki u yolg‘on
gapirib, xalqni aldagan.
Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas asarlari bilan xalqimiz tilida va
dilida yashayveradi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish